|
5-mustaqil ish
|
bet | 1/6 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 4,72 Mb. | | #248042 |
Bog'liq 5-mustaqil ish dinshunoslik — копия MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI 5-MUSTAQIL ISH Bajardi: meyliyev boburbek. Tekshirdi: Temirova F. - Missionerlik targ`botida uslub va vositalarning zamonaviylashuvi: kiber makonda mafkuraviy tahdidlar.
- O‘zbekistonda faoliyati kuzatilgan missionerlik harakatlariva ular faoliyatining oqibatlari.
- Diniy aqidaparastlik (fanatizm), ekstremizm paydo bo’lishining ijtimoiy- tarixiy zaminlari va rivojlanishi.
- O’zbekiston davlat siyosatida radikal oqimlarga qarshi kurashning yo’nalishlari.
- O‘zbekistonning terrorizmga qarshi kurash tajribasi.
- O‘zbekiston yoshlarining diniy manbalardagi axloqiy tarbiyaga oid g`oyalarni o`rganishning ahamiyati.
Reja:
Bugungi kunda missionerlik va prozelitizm gʻoyasi tinchlik va barqarorlik, millatlararo totuvlik va dinlararo bagʻrikenglikka bevosita tahdid koʻrsatayotgan xatarli gʻoyalardan biriga aylanmoqda. Din, eʼtiqod masalasi insoniyat hayotida doimiy muhim ahamiyat kasb etadi. Ammo undagi muammo shundan iboratki, din targʻiboti ijobiy yoki salbiy maqsadlarga qaratilib, maʼlum bir dinning yoyilishi, insonlarning ongiga singdirilishida missionerlar alohida oʻrin tutishi mumkin. Bugungi kunda missionerlik va prozelitizm gʻoyasi tinchlik va barqarorlik, millatlararo totuvlik va dinlararo bagʻrikenglikka bevosita tahdid koʻrsatayotgan xatarli gʻoyalardan biriga aylanmoqda. Din, eʼtiqod masalasi insoniyat hayotida doimiy muhim ahamiyat kasb etadi. Ammo undagi muammo shundan iboratki, din targʻiboti ijobiy yoki salbiy maqsadlarga qaratilib, maʼlum bir dinning yoyilishi, insonlarning ongiga singdirilishida missionerlar alohida oʻrin tutishi mumkin. - Missionerlik targ`botida uslub va vositalarning zamonaviylashuvi: kiber makonda mafkuraviy tahdidlar.
XI asr boshlarida missionerlik va prozelitizm g‘oyasi tinchlik va barqarorlik, millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglikka bevosita tahdid ko‘rsatayotgan xatarli g‘oyalardan biriga aylanmoqda. Din, e’tiqod masalasi insoniyat hayotida doimiy muhim ahamiyat kasb etadi. Ammo undagi muammo shundan iboratki, din targ‘iboti ijobiy yoki salbiy maqsadlarga qaratilib, ma’lum bir dinning yoyilishi, insonlarning ongiga singdirilishida missionerlar alohida o‘rin tutishi mumkin.
Shu bois, avvalo missionerlikning lug‘aviy, ilmiy-falsafiy mohiyatiga, u qanday faoliyat ekanligiga e’tiborni qaratib, ushbu tushunchaning asl ma’nosini tushunib yetish muhim ahamiyat kasb etadi. Missionerlik so‘zi lotin tilidagi «missio» fe’lidan olingan bo‘lib, «yuborish», «vazifa topshirish», «missioner» esa «vazifani bajaruvchi», «missionerlik» esa belgilangan vazifalarni hal qilishga qaratilgan nazariy va amaliy faoliyat majmui ma’nolarini bildiradi.
Missionerlarning ko‘zlagan maqsadlari faqat siyosiy bo‘lib, bugunda demokratiyaga oid oddiy bir misol bo‘lib ko‘rinayotgan harakatlarining tagida ertangi kunga mo‘ljallangan, juda katta siyosiy nayranglar yotibdi va bu nayranglar quyidagi yovuz maqsadlarda yashiringandir. Birinchidan, an’anaviy musulmon bo‘lib kelgan, mafkurasi, urf-odati, butun boshli ma’naviy tarixiy ildizi bir xil bo‘lgan (aslida, mamlakatimizni kuch-qudrati ham shunda!) xalqimizning yuragini parchalab zaiflashtirish va parokanda qilish hamda turli-tuman siyosiy va iqtisodiy bosimlar bilan o‘z holimizcha yashashga yo‘l qo‘ymaslik.
Missionerlik «tabshir» (bashorat berish), «tansir» (nasroniylashtirish) kabi nomlar bilan ham atalib, ular asl faoliyatlarini niqoblash uchun turfa chiroyli nomlardan foydalanmoqda va saflariga qo‘shilganlarga«siz boshqalardan ajralib turadigan kishisiz» deb, ularga «xudoning bolalari», «muqaddas ruh bilan so‘zlashuvchilar» kabi har xil ilohiy sifatlarni bermoqda va shu tariqa o‘z saflarida tutib turmoqda.
2. O‘zbekistonda faoliyati kuzatilgan missionerlik harakatlariva ular faoliyatining oqibatlari.
Missionerlik (lot. yuborish, topshirish) biror dinni o‘z yurtidagi yoki o‘zga yurtlardagi g‘ayridinlar o‘rtasida tarqatish sohasidagi cherkov tashkilotlarining faoliyati. Missionerlik bosqinchilik urushlari davrida mustamlakachi imperiyalarni barpo etish va mustahkamlashda ideologik ekspansiya turlaridan bo‘lgan. Missionerlar oshkora yoki maxfiy ravishda Amerika, Osiyo, Afrika xalqlarini zabt etishda qatnashganlar. Iyezuitlar, fransiskchilar, bepediktchilar, dominikochilar va boshqalarning Katolik jamoalari missionerlik bilan shug‘ullanganlar.
Rim papasi Pi XII ning “FideyiDonum” (1957), Ioann XXIII ning “Prinseps postorum”(1959), Pavel VI ning “Populorum progressio”(1967) ensikliklari missionerlikka bag‘ishlangan II Vatikan soborida (1962-65) missionerlik masalalari muhokama qilinib, u haqida dekret tasdiqlangan. Missionerlar
|
| |