5-mustaqil ish




Download 4,72 Mb.
bet6/6
Sana21.05.2024
Hajmi4,72 Mb.
#248042
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-mustaqil ish dinshunoslik — копия

Komil insonni tarbiyalashda jamiyatdagi ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga yordam beruvchi milliy va diniy bag‘rikenglik madaniyati g‘oyalarini yoshlar ongiga singdirish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki bag‘rikenglik madaniyati yoshlardagi o‘zgalarga nisbatan mo‘tadillik va murosasozlik fazilatlarini shakllantirishga xizmat qiladi. Bag‘rikenglik madaniyati keng qamrovli tushuncha bo‘lib, insonning mo‘tadillik, murosasozlik, sabr-toqatlilik sifatlarini ham tarbiyalashda ustuvor o‘rin egallaydi

Komil insonni tarbiyalashda jamiyatdagi ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga yordam beruvchi milliy va diniy bag‘rikenglik madaniyati g‘oyalarini yoshlar ongiga singdirish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki bag‘rikenglik madaniyati yoshlardagi o‘zgalarga nisbatan mo‘tadillik va murosasozlik fazilatlarini shakllantirishga xizmat qiladi. Bag‘rikenglik madaniyati keng qamrovli tushuncha bo‘lib, insonning mo‘tadillik, murosasozlik, sabr-toqatlilik sifatlarini ham tarbiyalashda ustuvor o‘rin egallaydi


6. O‘zbekiston yoshlarining diniy manbalardagi axloqiy tarbiyaga oid g`oyalarni o`rganishning ahamiyati.
Yoshlarda bag‘rikenglik madaniyatini shakllantirishga aksiologik-differensial yondashish, unda ijtimoiy-tarixiy tajribalarga tayanish, diniy va milliy qadriyatlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish lozimligi haqidagi fikrlar bag‘rikenglik madaniyati muammolari bilan shug‘ullanuvchi ijtimoiy fanlarni yangi g‘oya va yondashuvlar bilan boyitadi. Bag‘rikenglik madaniyatini rivojlantirish bilan birga, ularni yangi zamon talablariga mos ravishda takomillashtirib borish ham muhim masalalar sirasiga kiradi. Bunday xislatga ega bo‘lgan odam hech qachon o‘zgalarga hurmatsizlik qilmaydi, g‘ayriinsoniy illatlarga hamisha nafrat bilan qaraydi. Ya’ni, o‘z tabiatiga mos ravishda bag‘rikeng va muruvvatli bo‘ladi.
Yoshlarda bag‘rikenglik madaniyati ongi, tafakkuri va xulq-odobni shakllantirish nuqtai nazaridan ularni ijtimoiy-axloqiy jihatdan yuksaltirishni tahlil etishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar muhim ahamiyatga ega. Yoshlarning ijtimoiy-axloqiy yuksalishini bag‘rikenglik madaniyati nuqtai nazaridan tadqiq etish undan fuqarolar o‘rtasida kechirimlilik, konsensusni o‘rnatishning muhim omili sifatida foydalanishga qaratilgan266. Zero, bu holatda, bag‘rikenglik madaniyati boshqa e’tiqodlar, madaniyatlar, xulq-atvor, axloqiy qadriyatlarni mensimaslik, ularga nisbatan toqatsizlikni bartaraf etish mexanizmi sifatida ishlatiladigan me’yor va tamoyillar tizimi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, xalqimizning sog‘lom turmush tarzi, milliy, mintaqaviy va umuminsoniy ma’naviy ehtiyoj hamda intilishlarga to‘la javob beradi.
Ogoh bo‘lish, sodir bo‘layotgan voqealarga nisbatan befarq bo‘lmaslik hozirgi davrda yoshlarning ijtimoiy faolligini taqozo etadi. Bu esa yoshlarni mehr-oqibat, adolat, demokratiya ruhida tarbiyalash, ularda o‘z-o‘zini tarbiyalash va rivojlantirish tuyg‘usini shakllantirish, ijtimoiy faollikka bo‘lgan ehtiyoj, turli va keng ko‘lamdagi axborotlarni to‘g‘ri baholay olish va yangi bilim sohalarini o‘zlashtirish kabi xususiyatlarning shakllanishini jonlantiradi. “Zamonaviy ta’limning vazifalaridan biri yoshlar o‘rtasida ijtimoiy faollik va tolerantlikni rivojlantirishdir”. Jamiyat yoshlari ijtimoiy faol va bag‘rikeng bo‘lishi uchun respublikamizda inson huquqlari to‘g‘risidagi mavjud xalqaro konvensiyalarni ratifikatsiya qilish, yoshlar siyosatini amalga oshirishni ta’minlaydigan qonunlar qabul qilish bilan birga, jamiyatimizdagi barcha tabaqa kishilari va alohida shaxslar ongiga ularning mazmunma’nosini singdirish va o‘zlashtirish ishlariga yana ham kengroq imkoniyatlar yaratib, joriy etish maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
TUGADI!
Download 4,72 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 4,72 Mb.