• “Bir diniy konfessiyadagi dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar”
  • 5-mustaqil ish




    Download 4,72 Mb.
    bet2/6
    Sana21.05.2024
    Hajmi4,72 Mb.
    #248042
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    5-mustaqil ish dinshunoslik — копия

    Osiyo, Afrika mamlakatlarida katolik cherkovining nufuzini mustahkamlash maqsadida mahalliy ruhoniy kadrlar tayyorlashga e'tibor bera boshladilar. 1978 yildagi konklavlarda Afrikadan 12 kardinal, Osiyodan 9 kardinal ishtirok etdi. Qator missionerlik tashkilotlariga ega bo‘lgan protestant cherkovlari ham missionerlik bilan shug‘ullanadi. Protestantlarning (baptizm, adventizm va boshqalar) uyushmalari umumjahon ruhoniyligi prinsipiga amal qilib, har bir dindordan missionerlik qilishni talab etadi.
    Missionerlik – cherkov tashkilotlarining maxsus elchi-missionerlar orqali o‘z ta'limotini tarqatishga yo‘naltirilgan faoliyati. Xristian missionerligi Yevropa davlatlarining kolonial ekspansiyasi bilan bog‘liq edi. Protestantlardan birinchi bo‘lib missionerlik faoliyatini gernguterlar (1732) olib borganlar. XVII-XIX asrlar doirasida protestant missionerligining o‘sishi Angliyaning kolonial siyosati bilan bog‘liqdir. Ta'rif: Missioner biror diniy guruh tomonidan boshqalarni o‘z diniga targ‘ib qilish va kiritish uchun yuborilgan inson. Yuqorida keltirilgan ta'riflardan ko‘rinib turibdiki missionerlik tushunchasi asosan xristian diniga nisbatan qo‘llaniladi. Boshqa dinlarda bu narsa boshqa nomlar bilan ataladi, masalan Islom dinida missionerlik o‘rniga “da'vat”, “amri ma'ruf” kabi terminlar ishlatiladi. Missionerlik bilan deyarli barcha dinlar shug‘ullanadi, faqatgina Yahudiylik dini o‘z oldiga missionerlik maqsadini qo‘ymaydi. Chunki u milliy din.
    Katoliklik va Provaslavlikda missionerlik ixtiyoriy ish xisoblansa, Protestantlikda bu har bir a'zoning burchi hisoblanadi. Zero hozirgi kunda eng faol missionerlar va mintaqada muammoga sabab bo‘layotgan hodisalar aynan protestant missionerligi bilan bog‘liq. Missionerlik va prozelitizm tushunchalari orasidagi farq. Missionerlik bilan bir qatorda prozelitizm atamasi ha uchraydi.
    Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunda ham: “Davlat diniy konfessiyalar o‘rtasidagi tinchlik va totuvlikni qo‘llab-quvvatlaydi. Bir diniy konfessiyadagi dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm), shuningdek har qanday missionerlik faoliyati man etiladi.”, deyilgan. Xo‘sh prozelitizm va missonerlik bir ma'noni anglatadimi yoki farqi bormi? Agar bir ma'noni anglatsa, nimaga yonma yon ishlatilmoqda? Agarda ular orasida farq bo‘lsa, u farq nimada? Ana shunday savollarga ushbu bobda javob topishga harakat qilindi. Bu savoldan maqsad, prozelitizmga ta'rif berishda avvolo yuqorida keltirilgan qonundagi ta'rifni keltirib o‘tish o‘rinli; demak, prozelitizm bu: “Bir diniy konfessiyadagi dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar”

    Download 4,72 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 4,72 Mb.