Writing introduction




Download 15.17 Kb.
Sana23.04.2024
Hajmi15.17 Kb.
#205602
Bog'liq
Writing introduction
617-II 30.04.2004, Taqdimot shakli, Feruz kazus, Экология ҳуқуқи-2018, Nazariy-metodologik dastur-fayllar.org, metodologiya[1], Boburjon ustozim, Tahliliy, Ibratli hikmatlar, DHN oraliq, Turmush, 4, Davlat va huquq nazariyasi oraliq

WRITING INTRODUCTION | 1-XATO ✍️

Ko’pchilik o’rganuvchilar insho yozishni boshlashga shunchalik ishtiyoqmand bo’lishadiki, ularni savolni juda tez o’qishadi. Savolni juda tez o’qiganliklari tufayli, introductionda uni noto’g’ri paraphrase qilishadi. So’ngra body paragraphs ni yozish paytida esa savoldan yanayam uzoqlashib ketaverishadi. ❌

Bundan ham yomoni, ko’plab o’rganuvchilar faqat savoldagi umumiy mavzuni topishadiyu, yozishni boshlab yuborishadi. Natijada esa, savolda so’ralgan asosiy masala umuman inshoda yoritilmaydi.


Nima qilish kerak?

Savolni shoshmasdan o’qing. IELTSda hech qachon sizdan umumiy mavzuni muhokama qilish so’ralmaydi. Shuning uchun asosiy muhokama mavzusini aniqlamaguningizga qadar savolni o’qing. ☝️

Masalan, quyidagi savolga e’tibor bering:

In some countries, an increasing number of people are suffering from health problems as a result of eating too much fast food. It is, therefore, necessary for governments to impose a higher tax on this kind of food.

To what extent do you agree or disagree with this opinion?

Ko’pchilik bu savolni shoshib o’qishganida, bu savol fast food va uning oqibatida kelib chiqadigan semizlik haqida deb o’ylaydi va inshosini shu haqida yozadi. Afsuski, bu noto’g’ri. 🙅‍♂️🙅‍♀️

Savolni sinchiklab o’qisangiz, unda sizdan fast foodga soliqni hukumat tomonidan oshirish kerakmi yo’qmi shu narsa so’ralyapti. Inshoyingiz soliqni oshirishga bo’lgan munosabatingizni qamrab olishi kerak. Agarda siz fast foodning zararlari yoki semizlikning oqibatlari haqida yozsangiz, bu OFF-TOPIC hisoblanadi.

IELTS da ko’p takrorlanadigan 6 ta tur mavjud. Ular quyidagilar:

1. Discuss both views and give your opinion.
2. To what extent do you agree or disagree?
3. Do the advantages outweigh the disadvantages?
4. Is this positive or negative development?
5. Problem/causes – solutions/consequences
6. Two essay questions (ya’ni sizga bir emas, ikkita savol beriladi)

Ammo, fikrimcha, siz IELTSni savol turlari bo’yicha emas, mavzulashtirgan holda o’rganishingiz kerak. IELTSda ko’p takrorlanadigan mavzu turlari:

1. San’at
2. Biznes/pul
3. Muloqot/shaxsiyat
4. Jinoyat/jazo
5. Ta’lim
6. Atrof-muhit
7. Oila/bolalar
8. To’g’ri ovqatlanish
9. Hokimiyat
10. Sog’liq
11. Uy-joy bilan ta’minlash
12. Til
13. Hordiq
14. Ommaviv axborot vositalari
15. Kitob o’qish
16. Jamiyat
17. Fazoni o’rganish
18. Sport/mashg’ulot
19. Texnologiya
20. Turizm
21. Transport
22. Ish/kasblar

Sizga maslahatim, IELTS imtihoniga 6 ta savol turiga qarab emas, yuqoridagi mavzular asosida tayyorlaning. Nega deysizmi? Deylik siz “Discuss both views and give your opinion” turi bo’yicha 5 ta insho yozdingiz. Ammo, siz yozgan insholar hammasi texnologiya haqida. Agar imtihonda, sizga texnologiya haqida savol berilsa, uni yaxshi yoza olishingiz mumkin, ammo sog’liq yoki fazoni o’rganish kabi siz yaxshi bilmagan va tushunmagan mavzulardan biri berilsa, bu mavzu haqida tushunchangiz va lug’at boyligingiz cheklanganligi uchun yaxshi insho yoza olmaysiz.



Quyida, sizlar uchun ielts-liz.com saytida berilgan yuqoridagi mavzularga oid 100 savol linkini yuboryapman. Ularni yuklab oling, va iloji boricha mana shu 100 ta savolga javoban insho yozishga harakat qiling.

Yuqorida 22 ta mavzuning har biri uchun insho yozib chiqsangiz, academic writing da o’zingizga bo’lgan ishonch anchagina oshadi. Sizning imtihon kuningizda aynan shu savollar tushmasa ham, shunga yaqinroq yoki sizga tanish mavzulardan savol berilishi mumkin va siz ikkilanmasdan yoza olasiz.
Download 15.17 Kb.




Download 15.17 Kb.