Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari




Download 17.65 Kb.
Sana20.12.2023
Hajmi17.65 Kb.
#124663
Bog'liq
o\'zbek tili 8-topshiriq,Maqola
r.iq mu, Aloqa tizimlaridagi raqamli modulyatsiya turlari

Axborotlarni himoyalashda qonunlar


Buxoro davlat universiteti Axborot
texnologiyalari fakulteti “kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari”
guruhi talabasi Omonova Dilso’z
E-mail:dilsozomonova6@gmail.com
Anostatsiya: Umumjahon axborot globallashuvi jarayonlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini nafaqat mamalakatlar iqtisodiyoti va boshqa sohalarida joriy etish, balki axborot tizimlari xavfsizligini ta’minlashni ham taqazo etmoqda. Axborot texnologiyalarini hayotimizning har bir jabhasiga kirib borishi, insonlarning axborotga bo‘lgan talablarini ortishi, axborotni muhimlik darajasini ortishiga olib keladi. Buning natijasida esa, axborotni qo‘lga kiritishga qaratilgan hatti-harakatlar miqdori ortib kelmoqda. Bu esa o‘z navbatida har jabhada axborot xavfsizligini ta’minlash dolzarbligini bildiradi.

XXI asr axborot asri bo‘lib, axborot ahamiyati va qimmati oshib bormoqda. Bunday sharoitda uni qonuniy himoyalash ham dolzarb masalaga aylandi.


Axborotni himoyalash deganda quyidagilar tushuniladi: 1. Axborot butunligi va ishonchliligini ta’minlash; 2. Axborotni saqlash jarayonida elementlarining almashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaslik; 3. Maxsus ruhsatga ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan axborotlardan qisman yoki to‘liq foydalanishning oldini olish, umuman olganda axborotni o‘g‘irlashga, o‘zgartirishga yoki tizimni ishdan chiqarishga bo‘lgan intilishlardan himoya qilish tushuniladi..
Axborot xavfsizligini ta’minlashda quyidagi talablar qo‘yiladi: 1. Konfidensiallik (mahfiylik); 2. Butunlik (axborotni axborot jarayonlari davomida uni beruhsat o‘zgartirish yoki kuzatishga yo‘l qo‘ymaslik holati); 3. Qobillik (axborotning unga nisbatan berilgan axborot jarayonlarini bajarishga yaroqlilik va tayyorlik xossasi).
Kompyuter tizimlari va tarmoqlarida axborotni himoyalashning quyidagi usullari mavjud: 1. Tashkiliy; 2. Texnik-dasturiy; 3. Huquqiy; 4. Axborotni zahiralash va nusxalash; 5.Kriptografik.
Qonun hujjatlarida quyidagi masalalar ko‘rib chiqiladi: 1. Kompyuter jinoyatchiligi uchun jazolash me’yorlarini ishlab chiqish; 2. Dasturlovchilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish; 3. Axborotlashtirish sharoitlarida axborot sohasidagi huquq va erkinliklarni himoya qilish; 4. Axborot xavsizligi bo‘yicha xalqaro shartnomalarni qabul qilish va unga amal qilish me’yorlarini ishlab chiqish. .
Huquqiy vosita ahborot xavfsizligini ta’minlashda muhim o‘rin egallaydi. Uning asosini axborotni qayta ishlash va uzatish, ulardan foydalanish qoidalariga rioya qilishni ta’minlaydigan qonunlar tashkil etadi. Axborot xavfsizligini xuquqiy ta’minlashning asosini O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi normalari, Axborotlashtirish to‘g‘risidagi qonun, Elektron raqamli imzo to‘g‘risidagi, Elektron tijorat to‘g‘risidagi bir qator qonunlarda ko‘zda tutilgan moddalar tashkil etadi.
Axborotlashtirish qoidalarini ijtimoiy xavfliligi axborot egsiga yirik miqdorda zarar etkazishdan iborat. Bundan tashqari axborotni to‘plash, yig‘ish, qayta ishlash, uzatish, undan foydalanish, shuningdek noqonuniy ravishda axborotga ega bo‘lish tartibi buziladi.
Davlatning hokimiyat va boshqaruv idoralari, shuningdek, huquqiy va jismoniy shaxslar axborot egasi bo‘lishlari mumkin.
Axborotlashtirish qoidalarini buzish natijasida (masalan, axborot tizimidan ma’lumotlarni noqonuniy ravishda olish) mulk egasi o‘z axborotiga ega bo‘lish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etish imkoniyatidan mahrum etiladi. Bundan axborotga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish sohasida amal qiladigan ijtimoiy munosabatlar mazkur jinoyatning ob’ekti ekanligi kelib chiqadi.
Faqat axborot tizimlaridagi axborot jinoyatning predmeti bo‘lishi mumkin. Davlat idoralari, huquqiy va jismoniy shaxslar faoliyatning mahsuli sifatida axborot moddiy yoki aqliy (intellektual) mulk ob’ekti bo‘lishi mumkin. Axborot mulk ob’ekti sifatida ayrim hujjat yoki hujjatlar to‘plami olinishi mumkin.
Jinoyat kodeksining 174-moddasining 2-qismiga muvofiq kompyuter tizimlarida saqlanayotgan ma’lumotlar yoki dasturlarni o‘zgartirish maqsadida tegishli ruxsatsiz kompyuter viruslari yoki dasturlarini ishlab chiqish va tarqatish, shuningdek, ruxsati bo‘lmagan holda axborot tizimidan foydalanish ma’lumotlarning buzilishi, olib tashlanishi, yo‘q qilib yuborilishi yoki bu tizimning ishdan chiqishiga sabab bo‘lsa, eng kam ish haqining 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib uch oydan olti oygacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Bundan tashqari Jinoyat kodeksida qonunga xilof ravishda axborot to‘plash, uni oshkor qilish yoki undan foydalanish (191- modda) uchun javobgarlik ko‘zda tutilgan.
1993-yil 7-mayda qabul qilingan “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonun 2003-yil 11-dekabrda Oliy Majlisning sessiyasida qayta ko‘rib chiqilgan va u 23 moddadan iborat. Bu qonunga ko‘ra axborot resurslari va axborot tizimlarining texnika vositalarini sertifikatlashtirish, axborot tizimlarining tarmoqlararo bog‘lanishini amalga oshirish, axborot resurslari va axborot tizimlarini muhofaza qilish, xalqaro axborot tarmoqlaridagi ulanishni amalga oshirish, nizolarni hal etish, axborotlashtirish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan.
Download 17.65 Kb.




Download 17.65 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari

Download 17.65 Kb.