|
15-mavzu. Transformatorlarni qizishi va sovushi
|
bet | 1/2 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 17,27 Kb. | | #256841 |
Bog'liq 15-mavzu. Transformatorning qizishi va sovishi
15-mavzu. Transformatorlarni qizishi va sovushi
Transformatorlarda energiyaning o’zgarishi quvvat isroflari bilan boliq ravishda bo’lib o’tadi. Quvvat isroflarining ko’p qismi transformatorning aktiv qismining magnit o’zagida va cho’lg’amlarida issiqlik ko’rinishida ajralib chiqadi. Transformatorlarning magnit o’zagidagi magnit isroflari birlamchi U1 kuchlanishning kvadratiga proporsional bo’lib, cho’lg’amlardagi elektrik isroflar esa, birlamchi va ikkilamchi cho’lg’amlardagi toklarning kvadratiga to’ri proporsional bo’ladi.
Transformatorlarning ish rejimi o’zgarganda ulardagi elektrik quvvat isroflari o’zgarib, birlamchi kuchlanishni kvadratiga proporsional bo’lgan magnit isroflar o’zgarmasdan qoladi. Quvvat isroflarining bir qismi transformatorlarning magnit maydonida joylashgan konstruktiv elementlarida (bakda, maxkamlash detallarida va boshqalar) mavjud bo’ladi.
Transformatorlardan ajralib chiqayotgan issiqlik uning elementlarini qizdiradi va elementlarini xarorati o’rab turgan muxit xaroratidan ortib ketadi.
Transformatorning xaroratini ortishi undan o’rab turgan muxitga uzatilayotgan issiqlik oqimini ortishiga olib keladi, chunki issiqlik oqimi transformatorni qizigan qismining xaroratini o’rab turgan muxit xaroratiga nisbatan ortishiga proporsional bo’ladi.
Transformatorning qaror topgan xarorati uning sovutish tizimiga boliq. Transformatorlarni va ularning sovutish tizimi shunday loyixalanishi kerakki, uning qismlarining xarorati ruxsat etilgan chegaradan ortib ketmasligi shart. Transformatorlarni qismlarining xaroratini ortishi uning ximoyalovchi materiallarini yemirilishiga yaoni elektrik va mexanik mustaxkamligini pasayishiga sabab bo’ladi.
O’tkazilgan tajribalarda, transformatorlarning xaroratini ruxsat etilgan qiymatlaridan 8S ga ortishi, uning ish muddatini ikki martagacha qisqartirishi mumkinligi aniqlangan.
Transformator nominal rejimda ishlaganda qismlarining xaroratini o’rab turgan muxit xaroratiga nisbatan ortishi Davlat standartida ruxsat etilgan S qiymatlardan ortib ketmasa, transformator 15-20 yil davomida ishlashi mumkin:
moyli transformatorlar uchun:
cho’lg’am …………………………………………………………………………………………… 65
magnit o’zakning va konstruktiv qismlarning tashqi
yuzasi ....….......................................................................………… 75
|
| |