• Qisqa tutashuv turlari
  • Releli himoya xaqida umumiy tushuncha




    Download 1.5 Mb.
    bet1/39
    Sana26.04.2024
    Hajmi1.5 Mb.
    #208041
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
    Bog'liq
    RELELI HIMOYA XAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA maruza (1)


    1. RELELI HIMOYA XAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA

      1. Shikastlanishlar va normal bo‘lmagan holatlar

    Elektr tizimlarining, elektr stansiyalarining elektr qurilma va
    asboblarida, elektr uzatish liniyalarida, elektr iste’molchilarida normal va
    ishdan chiqish, shikastlanish holatlarini uchratish mumkin. Ishdan chiqish
    yoki shikastlanish ko„p hollarda elektr tizimning elementlarida tokning
    me’yoridan oshib ketishi yoki kuchlanishning pasayishi bilan bog„langan.
    Me’yoridan oshib ketgan tok katta miqdorda issiqlik ajralib chiqishiga olib
    keladi. Buning natijasida elektr uzatish liniyalari va qurilmalari xavfli
    darajada qizishi va shikastlanishi mumkin. Kuchlanishning me’yordan
    pasayishi elektr iste’molchilarning normal ishlashiga yo„l qo„ymaydi va
    parallel ishlayotgan generatorga va energetika tizimining barqarorligiga
    salbiy ta’sir ko„rsatadi. Shuning qilib, elektr qurilmalarining shikastlanishi
    energetika tizimining va elektr iste’molchilariing ish rejimiga salbiy ta’sir
    ko„rsatadi. Elektr tizimlarining me’yordan tashqari holatlari esa energetika
    tizimining shikastlanishiga yoki ishdan chiqishiga olib keladi.
    Elektr tizimlari va iste’molchilarini normal ishlashlari uchun
    shikastlangan qurilma, elektr liniyalari tezda aniqlanilishi, o„chirilishi
    kerak va shu orqali qolgan elektr iste’molchilari va energetik tizimning
    normal ishlashiga sharoit yaratilishi kerak.
    Normal bo„lmagan holatlar vaqtida aniqlanib, choralar ko„rilsa
    xavfsizlik ta’minlanadi. Yuqorida ko„rsatilganlardan xulosa qilib shuni
    aytish mumkinki, elektr tizimlari va elektr iste’molchilarini shikastlanish
    va normal bo„lmagan holatlardan saqlash uchun uning elementlarini
    himoyalovchi avtomatik qurilma qurish va ishlatishga elektr tizimlarining
    talabi katta.
    Elektr tizimida dastavval himoya qurilmasi qilib eruvchan
    saqlagichlar qo‘llanilgan. Quvvat va kuchlanishning oshishi, elektr
    tizimlari ulanish sxemalarining murakkablashishi eruvchi saqlagichlarni
    ko„p kamchiliklarini namoyon qildi va buning oqibatida yangi
    himoyalovchi qurilma yaratildi. Bu himoyalovchi qurilma maxsus
    avtomat-rele bo„lib, uning yordamida amalga oshiriladigan himoya releli
    himoya deb nomlanadi.
    Releli himoya elektr avtovatikaning asosiy turi bo„lib, u ishtirokisiz
    hozirgi zamon elektr tizimlari normal va musthkam ishlay olmaydilar. U
    energetika tizimining barcha elementlarining holatlarini doimo tekshirib,
    nazorat qilib boradi.
    Energetika tizimida shikastlanish bo„lganda himoya uni aniqlaydi va
    energetika tizimining shikastlangan qismini maxsus katta tokga
    modjallangan kuch o„chirgichlariga ta’sir etib o„chiradi.
    Energetika tizimida normal bo„lmagan sharoit yoki holat bo„lganda
    himoya uni aniqlaydi va bu holatning xarakterga qarab, normal sharoitni
    tiklash uchun kerakli bo„lgan chora tadbirlarini qodlaydi yoki navbatchi
    shaxsga xabar beradi.
    Hozirgi zamon energetika tizimi releli himoyalar elektr ta’minotim tez
    tiklovchi va tizimni normal holatga keltiruvchi musthkam va aniq elektr
    avtovatika bilan ta’minlangan.
    Elektr avtovatikaning qurilmalariga qayta ulash avtovatika (AQU),
    chastota asosida signallash avtovatika (ACHT) va zaxiradagi manbani
    ulash avtovatika (ZAU) kiradi.

      1. Qisqa tutashuv turlari

    Energetika tizimidagi ko„pgina shikastlanishlar fazalarniig o„zaro va
    yer bilan qisqa tutashishlariga olib keladi. Shikastlanishlarning asosiy
    sabablariga izolyatsiyaning buzilishi, eskirishi, kuchlanishning me’yordan
    oshib ketishi, xizmat ko„rsatuvchi shaxslarning noto„g„ri amali va xatolari,
    ajratgichni kuchlanish ostida uzish, qisqa tutashtirgich ulangan holda
    kuchlanishni berilishlari kiradi.
    Barcha shikastlanishlar qurilmalarning kamchiligi va mukammal
    emasligi, noto„g„ri o„rnatilganligi, noto„g„ri loyihalanganligi, qurilmaga
    qoniqarsiz va noto„g„ri xizmat ko„rsatilganligi, qurilmaning noto„g„ri
    holatda ishlaganligi natijasida yuzaga keladi va ro„y beradi. Shuning uchun
    shikastlanishning oldini olish mumkin, lekin shikastlanish holatining
    muqarrarligini unutmaslik kerak.
    Qisqa tutashuv shikastlanishga olib keladigan eng xavfli va og„ir
    holatdir. Qisqa tutashuv paytida manbaning e.yu.k. transformator yoki
    liniyalarning kichik qarshiligi orqali tutashib qoladi (1.1.a-e rasm).
    E.yu.k.i qisqa tutashgan yopiq elektr konturlarida qisqa tutashuv toki
    deb nomlangan Iq.t. katta tok oqadi. 1.1-rasmda qisqa tutashuvning turlari
    keltirilgan.

    1



    а)


    b)





    d)



    A

    Download 1.5 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




    Download 1.5 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Releli himoya xaqida umumiy tushuncha

    Download 1.5 Mb.