1-Ma’ruza. KIRSH. HAYOT FAOLIYAT XAVFSIZLIGI FANINING MAQSAD VA
VAZIFALARI. ASOSIY TUShUNChA VA TA’RIFLAR
Reja: 1. Fanning maqsadi, vazifalari. Asosiy tushuncha va ta’riflar.
2. Xavflar tasnifi.
3. Xavfning taksonomiyasi, nomenklaturasi, kvantifikatsiyasi va
identifikatsiyasi
Adabiyotlar: 1,5,7,8,12,13,16,18,21,24,29,31,32,33,43,62,67
O‘quv-vizual materiallar: Slaydlar № 1,2,3.
Tayanch iboralar: hayot faoliyat xavfsizligi,
yashash muhiti, gomosfera, noksosfera, xavfli omillar, xavfsizlik, real va
yashirin xavf, xavf nomenklaturasi, kvantifikatsiyasi, identifikatsiyasi, tavakkalchilik, sonli baholash, sabab, oqibat.
1. Fanning maqsad va vazifalari. Asosiy tushuncha va ta’riflar
Hayot faoliyati xavfsizligi- inson hayoti, sog‘ligi hamda uning nasliga ta’sir etuvchi real xavflar aniq ehtimollik asosida
bartaraf etilgan inson faoliyati holatidir.
Hayot faoliyati – insonning o‘z manfaatlarini qondirish maqsadidagi kunlik mehnat faoliyati va dam olishi, ya’ni
insoniyat
yashashining muhim shartidir. Inson yashash davrida o‘zining moddiy va ma’naviy manfaatlarini qondirish maqsadida yashash
makonini, muhitini o‘zgartiradi. Shu sababli, ”Hayot faoliyat xavfsizligi” fani inson organizmi bilan uni o‘rab turgan muhit
o‘rtasidagi murakkab o‘zaro bog‘lanish va ta’sirni o‘rganadi. Ma’lumki inson o‘z
faoliyatini tabiiy, maishiy, ishlab chiqarish,
shahar muhiti va favqulodda holatlar sharoitida amalga oshirishi mumkin. Inson har qanday muhit sharoitida faoliyat yuritmasin
inson va muhit o‘rtasida o‘zaro qarama-qarshi ta’sir yuzaga keladi. Shu sababli inson faoliyati ikki maqsadga yo‘naltirilgan
bo‘ladi:
1. O‘z faoliyati davomida ma’lum samarali maqsadga, manfaatga erishish.
2. Faoliyati davrida yuzaga keladigan ko‘ngilsiz holatlarni bartaraf etish, ya’ni faoliyatni xavfsiz va zararsiz bo‘lishini
ta’minlash.
Ko‘ngilsiz holatlar deganda insonning hayoti va sog‘ligiga zarar yetishi tushuniladi. Inson faoliyati davomida uning hayoti
va sog‘ligiga zarar
yetkazuvchi har qanday holat, vaziyat, vositalar
xavflar deyiladi. Xavflar ta’sirida inson sog‘ligiga
zarar
yetadi, hayoti xavf ostida qoladi va organizmning me’yoriy faoliyati qiyinlashadi. Faoliyat davrida potensial xavflar ma’lum
shart-sharoitlar asosida yuzaga keladi va ular
baxtsiz hodisalarning sabablari deb ataladi.
Baxtsiz hodisalarning sabablari quyidagi turlarga bo‘linadi:
texnik-texnologik;
tashkiliy;
sanitar-gigienik;
psixofiziologik
Insonning har qanday faoliyati potensial xavfli hisoblanadi. Shu bilan bir vaqtda xavf darajasini, tavakkalchilikni boshqarish
mumkin. Xavfni boshqarish tavakkalchilikni maqbul konsepsiyasi mavjudligini tasdiqlaydi. Bu tushuncha har qanday sharoitda
ham absolyut xavfsiz faoliyat bo‘lmasligini asoslaydi.
Xavfsizlik – ma’lum ehtimollik asosida inson hayoti va sog‘ligiga ta’sir etuvchi xavflarni yuzaga
kelish sabablari bartaraf
etilgan va (yoki) ularni ta’sir darajasi chegaralangan faoliyat holatidir.