|
Hudud – biosfera yoki texnosferaning umumiy tabiiy va ishlab chiqarish tavsifiga ega bo‘lgan chegarasi.
Tabiiy muhitBog'liq 1-ma\'ruza (1)Hudud – biosfera yoki texnosferaning umumiy tabiiy va ishlab chiqarish tavsifiga ega bo‘lgan chegarasi.
Tabiiy muhit – ma’lum bir sub’ektning hayotiy faoliyati kechadigan tabiiy sharoitlar va ob’ektlar majmui.
Ijtimoiy muhit - inson o‘z ehtiyojlarini qondirish, tajriba va bilimlar ortdirish, ularni o‘zaro almashish maqsadida tashkil
etadigan va foydalanadigan muhit.
Ishlab chiqarish muhiti – insonning mehnat faoliyati amalga oshadigan maydon.
Insonning hayotiy faoliyat muhiti qulay (“komfort”), ruxsat etilgan, xavfli va favqulodda xavfli holatlarda bo‘lishi mumkin.
Qulay muhit – insonning hayoti va sog‘ligi kafolatlangan, ish qobiliyati to‘liq ta’minlangan, salbiy ta’sir etuchi omillar
bartaraf etilgan hayotiy faoliyat sharoitidir.
Ruxsat etilgan muhit - insonning ish qobiliyatini to‘liq namoyish etishi cheklangan, mehnat samaradorligini pasayishiga
olib keluvchi, lekin faoliyat davrida ta’sir etuvchi xavfli va zararli omillarning ruxsat etilgan miqdori ta’minlangan muhit.
Xavfli muhit – ishlab chiqarish omillari inson sog‘ligiga salbiy ta’sir etib, uzoq ta’sir etuvchi kasalliklarni yoki tabiiy
muhitning salbiy o‘zgarishiga olib keluvchi muhit.
Favqulodda xavfli muhit – ta’sir etuvchi omillar qisqa vaqt ichida turli xil jarohatlar yoki baxtsiz hodisalarni keltirib
chiqarishi va atrof-muhitni buzilishiga olib kelish xavfi bilan tavsiflanadi.
Noksosfera – doimiy yoki davriy xavf sodir bo‘ladigan yoki mavjud bo‘lgan maydon. Noksosfera maydonida xavfli va
zararli omillar miqdori (darajasi) doimo ruxsat etilgan miqdordan katta bo‘ladi,
S > REM (PDK); I > RED (PDU)
Gomosfera – inson o‘z faoliyat jarayonlari davrida bo‘ladigan muhit, joy, maydon.
1.2. Xavflar tasnifi. Xavfning taksonomiyasi, nomenklaturasi,
|
| |