|
1-Ma’ruza. Kirsh. Hayot faoliyat xavfsizligi fanining maqsad va vazifalari. Asosiy tushuncha va ta’riflarBog'liq 1-ma\'ruza (1)Texnogen xavflar - insoniyatning yaratuvchanlik, ijodkorlik faoliyati bilan bog‘liq holda yuzaga keladi. Texnogen
xavflarning asosiy manbasi, insonning o‘zi va u tomonidan yaratilgan texnik vositalar, binolar, ishlab chiqarish inshootlari va
umuman insoniyat tomonidan yaratilgan barcha texnosfera elementlari hisoblanadi. Foydalaniladigan texnik tizimlarning
zichligi va energetik darajasi qancha katta bo‘lsa, texnogen xavf zarari ham shuncha yuqori bo‘ladi. Insoniyat faoliyati doimiy
ravishda texnik vositalar bilan bog‘liq holda amalga oshadi va texnogen xavflarni keltirib chiqaradi. Texnogen xavflarnig
xavflilik darajasi texnik tizimlarning tavsifi va xavfli zonalarda insonning bo‘lish vaqti bilan baholanadi. Bunday xavflarning
tasnifi, manbalari, ta’sir darajasi, ulardan himoyalanish va bartaraf etish yo‘llari fanning “Ishlab chiqarishda hayot faoliyat
xavfsizligi” bo‘limida keng o‘rganiladi.
Ijtimoiy– jamiyatda tarqalgan va inson hayoti va sog‘ligiga tahdid soluvchi turli xil ko‘rinishdagi harakatlar, ta’sirlar va
hujumlardir. Ijtimoiy xavflar tabiatiga ko‘ra: insonga ruhiy ta’sir etuvchi (shantaj, firibgarlik, o‘g‘rilik va b.); jismoniy zo‘rlash
(bosqinchilik, banditizm, terror, zo‘rlash, nomusga tegish, insonlarni garovga olish va b.); istemol qilinib, inson organizmini
ishdan chiqaruvchi ( alkogolizm, narkomaniya, tamaki chekish va b); ijtimoiy kasalliklar (spid, teri-tanosil kasalliklari va b.), o‘z
joniga qasd qilish kabi turlarga bo‘linadi.
Xavflar yoshga oid belgilariga ko‘ra - bolalarga, yoshlarga, ayollarga, keksalarga doir xavflardan iboratdir.
Yuzaga kelish xarakteriga ko‘ra - qo‘qqisdan sodir bo‘luvchi yoki tashkil etilgan.
Tarqalish masshtabiga ko‘ra- mahalliy, hududiy va global ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.
Ijtimoiy xavflar jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar asosida yuzaga keladi. Bunday xavflarning tarqalishi davlat va
jamiyatning hamda davlatlar o‘rtasidagi xalqaro aloqalarning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.
Barcha turdagi xavflar potesial (yashirin) yoki real turlarga bo‘linadi. Potensial xavflarda ularning dastlabki belgilari
ko‘rinmaydi, inson o‘zining mavjud sezgi a’zolari va analizatorlari yordamida ularni payqab ololmaydi. Real xavflar belgilari
esa aniq ko‘zga ko‘rinarli tarzda namoyon bo‘ladi.
|
| |