|
kvantifikatsiyasi va identifikatsiyasiBog'liq 1-ma\'ruza (1)kvantifikatsiyasi va identifikatsiyasi
Inson hayotiy faoliyatida uning sog‘ligi va ish qobiliyatiga salbiy ta’sir etuvchi, inson hayotiga, tabiatga va material
boyliklarga zarar yetkazish holatidagi har qanday ko‘rinishdagi ta’sirlar xavflar deb ataladi.
Barcha xavflar vujudga kelish manbasiga ko‘ra 4 turga bo‘linadi:
1. Tabiiy xavflar.
2. Antropogen xavflar.
3. Texnogen xavflar.
4. Ijtimoiy xavflar
Tabiiy xavflar - biosferadagi tabiiy ofatlar natijasida yuzaga keladi. Tabiiy ofatlarga yer qimirlashlar, suv bosishlar,
vulqonlar, (okeanda suv osti zilzilasi yoxud vulqonlarning otilishi natijasida hosil bo‘ladigan o‘lkan to‘lqinlar), sel oqimlari,
bo‘ronlar, o‘rmon va torf yong‘inlari, qor bosishlari, tosh ko‘chishlari, qurg‘oqchilik, uzoq muddatli yog‘ingarchilik, qattiq
sovuq, epidemiya, o‘rmon va qishloq zararkunandalarini ommaviy tarqalishi kabilar kiradi. Ularning asosiy xususiyatlari
qo‘qqisdan sodir bo‘lishi bilan belgilanadi va iqlimiy sharoitlar hamda yer relefiga bog‘liq bo‘ladi. Ta’kidlash joizki ayrim tabiiy
xavflar, jumladan kuchli issiq, sovuq, tuman, tabiiy elektromagnit maydon va nurlanishlar inson hayoti va sog‘ligi uchun uncha
katta xavf tug‘dirmaydi va shu sababli fanning ob’ekti sifatida ularni alohida o‘rganish talab etilmaydi. Tabiiy xavflar litosferaviy
( tog‘ va tosh ko‘chkilari), gidrosferaviy (suv eroziyasi, sel oqimlari, suv ko‘tarilishi), atmosferaviy (qor bosishi, jala), kosmik
(quyosh radiatsiyasi) kabi turlarga bo‘linadi.
Antropogen xavflar – insoniyatning xo‘jalik faoliyati tufayli yuzaga keluvchi antropogen omillar ta’sirida biosferaning
sifat jihatidan o‘zgarishi va natijada insonlar hayoti, o‘simlik va hayvonot dunyosiga hamda atrof-muhitga tahdid va katta xavf
tug‘diruvchi hodisalardir. Bunday xavflar ham inson sog‘ligi va hayotiga, ham atrof-muhitga katta salbiy ta’sir etadi. Shu sababli
ularni ekologik xavflar deb ham atash mumkin.
Bunday ekologik xarakterdagi antropogen xavflarga tuproqni intensiv ravishda degradatsiyalanishi va og‘ir metallar
(qadmiy, qo‘og‘oshin, simob, xrom va b.) hamda boshqa zararli moddalar bilan ifloslanishi, atmosferani zararli ximiyaviy
moddalar: shovqin, elektr magnit maydoni va ionli nurlanishlar bilan ifloslanishi; kislotali yomg‘irlar. ozon qatlamini yemirilishi,
yirik sanoat shaharlarida harorat inversiyasining («smog») yuzaga kelishi, suv resurslarini ifloslanishi va shu kabi boshqa inson
turmush tarzi sifatiga ta’sir etuvchi, ularning hayotiga tahdid soluvchi hodisalar kiradi. Ushbu xavflar tasnifi va tavsiflari fanning
“Hayot faoliyat xavfsizligining tabiiy asoslari va ekologiya” bo‘limida keng o‘rganiladi.
|
| |