Xavfsizlik - ob’ektga ta’sir etuvchi turli xil moddalar, materiallar, energiya va ma’lumotlar oqimini maksimal ruxsat etilgan
miqdordan oshmaydigan holatidir. Har qanday xavf aniq bir ob’ektga ta’sir etgandagina real xavf hisoblanadi.
Turli xil xil xavflar oqimidan himoyalanadigan ob’ekt deganda, atrof –muhitning har qanday
komponentini tushunish
mumkin, ya’ni: inson, jamiyat, davlat, tashkilot (korxona, muassasa), tabiat, dunyo, kosmos va b.
Xavfsizlik
– tushunchasi deganda ishlash davomida
insonga
ta’sir etuvchi xavfsizlikni va inson salomatligiga
ta’sir etuvchi xolatdir.
Xavfsizlik tizimi
ob’ekt ximoyasi
bo‘yicha
qo‘yidagilarga
bo‘linadi:
Insonni xayot faoliyati
davomida shaxsiy va jamao
xavfsizlik tizimiga
Ekologik
xavfsizlik
tizimiga
Milliy xavfsizlik
tizimidagi
global xavfsizlik
tizimlariga
Texnogen
tizimlar
xavfsizligiga
Yashash (faoliyat) muhiti -
inson hayoti,
faoliyati, sog‘ligi va nasliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri
yoki bilvosita,
birdan yoki uzoq
vaqt davomida ta’sir etuvchi xavfli omillar majmui bilan xarakterlanuvchi muhit tushuniladi.
Xavfli omillar - fizikaviy, kimyoviy, biologik, psixofiziologik va ijtimoiy xarakterda bo‘lishi mumkin.
Yashash muhiti biosfera, texnosfera, hudud, ishlab chiqarish muhiti, maishiy muhit va boshqa ko‘rinishlarda bo‘ladi.
Biosfera – yer yuzining litosfera (yerning ustki qatlami), gidrosfera (suv bilan qoplangan qismi), troposfera ( atmosferaning
pastki qatlami) dan iborat inson yashayotgan qismidir. Insonning o‘zgartiruvchan hayotiy faoliyati ta’sirida biosfera qismlarga
ajraladi va texnosfera, hudud, ishlab chiqarish muhiti, maishiy muhit va boshqa ko‘rinishdagi ob’ektlar yuzaga keladi.
Texnosfera - inson tomonidan biosferani o‘zining material va ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlariga mos keltirish maqsadida turli
xil texnik vositalar yordamida o‘zgartirilgan qismi ( shahar hududi, ishlab chiqarish hududi va b.)