O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT ARXITEKTURA-QURILISH UNIVERSITETI
TEXNOLOGIYA FAKULTETI
“QURILISH MUHANDISLIGI TEXNOLOGIYASI” KAFEDRASI
“BINO VA INSHOOTLARNI BARPO ETISH TEXNOLOGIYASI” FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu: Bir cho‘michli ekskvatorlar bilan handaqlarni qazish texnologiyasi
Topshirdi: 59-22 Mo’ Ahmadjonova M.
Tekshirdi: Yusupova Lobar
TOShKENT- 2024
BIR ChO‘MIChLI EKSKVATORLAR BILAN HANDAQLARNI QAZISh TEXNOLOGIYaSI
Kurs ishining vazifasi va maqsadi
Kurs ishini bajarishdan maqsad talabalarni “Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi” fanini o‘qib o‘rganish davomida olgan nazariy bilimini amaliy jihatdan mustahkamlab olishdir. Kurs loyihasini bajarish davomida talabalar foydalanayotgan me’yoriy xujjat va ma’lumotnomalar bilan ishlash ilmini egallashadi.
Loyihada qo‘llaniladigan mashina va mexanizmlar, ishlab chiqarish usullari ilg‘or bo‘lib, qurilish industriyasi talablariga javob beradigan, ish unumdorligini oshishini ta’minlaydigan, ishni muddati va qiymatini qisqarishiga imkon beradigan darajada bo‘lishi kerak.
Kurs loyihasining mazmuni.
Kurs loyihasining hajmi, standart A-I formatdagi bir oq vatman qog‘oz varag‘iga chiziladigan chizma va qo‘lyozma holda yozuv qog‘ozining (o‘lchovi 210x288) standart varaqlariga yoziladigan va taxminan 25-30 sahifali tushuntirish xatidan iborat.
I. Tushuntirish xatida:
1. Yer ishlarining hajmi hisoblanadi;
2. Bir nechta variantlarda texnikaviy-iqtisodiy solishtirish asosida, ekskavator va tuproqni tashish uchun o‘zi to‘kar mashinalar tanlanadi;
3. Ekskavatorni qazish o‘rni hisoblanadi;
4. Mehnat xarajatlari kalkulyatsiyasi hamda uning asosida yer qazish ishlari uchun taqvimiy grafik tuziladi;
5. Loyihani texnikaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari aniqlanadi;
6. Ekskavator ishlari uchun naryad-topshiriq tuziladi;
7. Texnika havfsizligi bo‘yicha tadbirlar tayyorlanadi.
Tushuntirish xati oxirida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati beriladi.
II. Loyihani chizma tasvir qismida:
1. Ekskavator qaziydigan yo‘l o‘qi o‘tkazilgan handaqda yer qazish ishlari tasvirini tarxi va handaq bo‘yicha qirqimi;
2. Ekskavator qazish o‘rnini tarhi va qirqimi;
3. O‘zi to‘kar mashinalarning harakatlanishi grafigi;
4. Yer qazish ishlarini taqvimiy grafigi;
5. Handaq ostini buldozer yordamida tozalash va tuproqni qayta to‘kishni tarx-tasviri;
6. Moddiy-texnikaviy vositalarni qaydnomasi;
7. Loyihaning texnikaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari;
8. Texnika xavfsizligi va yer qazish ishlari uchun qisqacha ko‘rsatmalar.
Kurs loyihasini bajarish uchun namunaviy misol:
Topshiriq:
Quyidagi boshlang‘ich ma’lumotlarga asosan handaqni bir cho‘michli ekskavator bilan qazish:
1. Handaqni o‘lchamlari: tubi bo‘yicha uzunligi - d = 65m, eni – c =40m va chuqurligi H =3.3m
2. Tuproq(grunt) – yog’liq tuproq
3. Ortiqcha tuproq, handaq ichidan 3 km masofaga transport yordamida olib borib to‘kiladi.
4. Mashinalarni o‘rtacha harakat tezligi - 30 km/soat.
5. Yer qazish ishlari muddati - 28 smena.
Loyiha yechimi.
Tuproqning fizik-mexanikaviy xossalarini aniqlaymiz.
I-jadvalda berilgan ma’lumotlarga binoan yog’liq tuproq uchun:
1. Boshlang‘ich yumshatilish koeffitsienti Kboshl.=1.27;
2. Qoldiq yumshatilish koeffitsienti Kqold.=1.055;
3. Yo‘l qo‘yilgan qiyalik tikkaligi 1: 0,5 (handaq yon devorlarni sun’iy mustahkamlanmagan holatida).
I. Yer ishlari hajmini hisoblash.
1. Handaq hajmi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
bu yerda: H =3.3 m – handaq chuqurligi;
c=40 m – handaqni eni;
d=65 m– handaqni uzunligi;
Handaqni yuqori yuza o‘lchamlarini (“a” va “v”) topish
2. Bo‘lajak binoning hajmini umumiy handaqdagi tuproqni 80% deb qabul qilamiz, ya’ni .
3. Qurilish maydonida o‘yiqlarni qayta to‘ldirish uchun qoldiriladigan tuproqni hajmi.
4. Handaqga kirish uchun tushish yo‘li qiyaligi 1:10 (m’=10) nisbat bilan qabul qilinadi.
Tuproqlarning fizik-mexanikaviy xossalari.
1-jadval
№
|
Tuproqlar
|
Solishtir. og‘irlik,m3.
|
K bosh.
|
K qold.
|
Tuproqning guruhi
|
Harxil chuqurlikdagi qiyaliklarni tiklash, m.
|
Eksk. uchun
|
Buld. uchun
|
1,5 gacha
|
1,5-3 gacha
|
3 va undan ortiq
|
1.
2.
3.
4.
5.
6.
7.
8.
9.
10.
11.
|
Yog‘liq tuproq
Karbonli tuproq
Og‘ir tuproq
Yumshoq lyoss
Qotgan lyoss
Yengil sog‘ tuproq
Og‘ir sog‘ tuproq
Qumloq
Yumshoq qora tuproq
Qotgan qora tuproq
Shag‘al-mayda tosh.
|
1,8
1,95
2,0
1,6
1,8
1,75
1,75
1,65
1,3
1,2
1,75
|
1,27
1,3
1,3
1,2
1,27
1,27
1,45
1,45
1,25
1,25
1,18
|
1,055
1,075
1,075
1,045
1,055
1,045
1,065
1,04
1,065
1,065
1,065
|
II
III
IV
I
V
I
II
I
I
II
I
|
III
III
III
I
III
I
II
II
I
II
II
|
1:0
1:0
1:0
1:0,25
1:0
1:0
1:0,25
1:0,25
1:0,25
1:0,25
1:0,5
|
1:0,25
1:0,25
1:0,25
1:0,5
1:0,5
1:0,5
1:0,5
1:0,67
1:0,5
1:0,5
1:1
|
1:0,5
1:0,5
1:0,5
1:0,75
1:0,5
1:0,75
1:0,75
1:0,85
1:0,75
1:0,75
1:1
|
5. Tushish yo‘li qiyaligidagi tuproq hajmi:
6. Tushish yo‘li qiyaligiga qayta tushirish uchun qoldiriladigan tuproq hajmi:
7. Qurilish maydonidan olib chiqiladigan tuproqning hajmi
8. Qurilish maydonida qoldirilgan tuproq hajmi:
|