• Nazariy qism Xarakat qatnashchilari orasida ma’lum yo’l sharoitida YTX vujudga kelayotgan xavfli vaziyatda ular oz xarakatlarini davom ettirishlari ziddiyatli vaziyat
  • Ortacha
  • « ziddiyatli nuqta »
  • 4-amaliy mashg'ulot Mavzu: Bir sathli chorrahalarda ziddiyatli nuqtalarni aniqlash va ularni kamaytirish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqish. Ishdan maqsad




    Download 24.11 Kb.
    Sana23.06.2023
    Hajmi24.11 Kb.
    #75435
    Bog'liq
    4-amaliy ish
    107 19 Qurilishda metrologiya, standartlashtirish va sifat nazorati (4), «Ўзбекистон темир йўллари» датк, кўприк мустақил иш, 2Qur konstr Ishchi dastur сирт1, A X O\'roqov O\'quv qo\'llanma ko\'k конвертирован, Dars jadvali 2023-yil.1-semestr, ГЭСН-01, протокол, Bir chomichli yuklagichlar, Yo‘l qurilishida ishlatiladigan mexanizastiyalashgan asboblar, AYEQ fan oraliq nazoratTIE 4-KURS, Без названия, Файл (1), 2-amaliy ish

    4-amaliy mashg'ulot
    Mavzu: Bir sathli chorrahalarda ziddiyatli nuqtalarni aniqlash va ularni kamaytirish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
    Ishdan maqsad: bir sathli chorrahalarda ziddiyatli nuqtalarni aniqlash va ularni kamaytirish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqishni o'rganish.
    Nazariy qism
    Xarakat qatnashchilari orasida ma’lum yo’l sharoitida YTX vujudga kelayotgan xavfli vaziyatda ular o'z xarakatlarini davom ettirishlari ziddiyatli vaziyat deb tushuniladi.
    Ziddiyatli vaziyat usuli ko'prok bir satxdagi chorraxalarni, yo’lning rejadagi va bo'ylama qirqimdagi egri bo'laklarini, shuningdek, to'satdan tormoz berish joylarining xavflilik darajasini aniqlashda qo'llaniladi. Buning uchun xaqiqiy yo’l bo'lagidagi harakat tartibining o'zgarishini kuzatish yoki EXM yordamida harakatlanishning imitatsion modeli tuziladi.
    Kuzatishni harakat miqdori eng katta qiymatga ega bo'lgan soatda quyidagi usullardan foydalangan xolda olib boriladi:
    - transport oqimiga qo'shilib harakatlanuvchi avtomobil laboratoriyada ko'p marotaba (6-10 marta) tekshirilayotgan avtomobil yo’lining bo'lagidan o'tish - Bunda kuzatuvchilar haydovchining keskin tormoz berish, xarakat yunalishini uzgartirish va boshka YTX ning oldini olish uchun bajargan xarakatlarining joylarini xisobga olib boradilar;
    - YTX,ning vujudga kelish ehtimoli bor joylarda (bir satxdagi kesishmalar, temir yo’l kesishmalari, rejadagi kichik radiusli egriliklar va x.k. yaqinida), yo’l bo'yicha joylashgan postlarda kuzatuvchilar yordamida xarakatdagi keskin o’zgarishlarni o'lchab borish;
    - xarakatlanuvchi laboratoriya avtomobilida o'rnatilgan datchiklar yordamida yo’l buyicha tezlikning va yunalishlarning uzgarishini «samopitses»larda yozib borish.
    Ziddiyatli vaziyat usulidan foydalanib, yo’l bo'lagining xavflilik darajasini aniqlash uchun avtomobil-laboratoriya yordamida xamma yo’l bo'laklaridagi tezlikning va yo'nalishning o'zgarish grafigini chizish kerak. Bu usulda yo’lning xavflilik darajasini aniqlash avtomobilning u yoki bu xolatidagi bo'ylama va kundalang manfiy tezlanish qiymati bilan o’lchanadi.
    Ziddiyatli vaziyat o'zining xavflilik darajasi bo'yicha uch turga bo'linadi: yengil, o'rtacha va kritik.
    Yengil - xaydovchi uzoq masofadan ziddiyatli nuqtaga yaqinlashishida xavfli vaziyatni tushunib, boshka xarakat qatnashchilarining xarakat yo'nalishini o'z vaqtida baxolash imkoniyati mavjud.
    O'rtacha - kutilmaganda xavfning paydo bulishi yoki boshida xarakatlanish sharoitini noto'g'ri baxolash oqibatida yuzaga kelish bilan tavsiflanadi.
    Kritik - xaydovchi yo’lning qisqa bo'lagida o'ta tezlik bilan xarakat qilib, YTXning oldini olishi mumkin.
    Ko’pgina bajarilgan tadqiqotlar ko’rsatadiki, [III, IV] YTHning asosiy qismi xarakat qatnashchilari yo’nalishlarining kesishish joyida «ziddiyatli nuqta» vujudga kelar ekan.
    Ziddiyatli nuqtalarni oldindan aniqlash natijasida YTH ning oldini olish imkoniyati paydo bo’ladi va bu imkoniyat yo’l xarakatini tashkil etish sxemasini tuzish davrida amalga oshiriladi.
    Ziddiyatli nuqtalar bir satxdagi chorraxalarda transport va piyodalar har xil harakat yo’nalishlarining kesishishidan hosil buladi.
    Ziddiyatli nuqtalarda xarakat yo’nalishidagi transport vositalarining o’zaro yoki piyodalar bilan to'qnashuv xavfigina emas, balki ularning ushlanib qolish extimoli xam mavjud. Chorrahadagi xavflilik vaziyati xarakat miqdori va tasmalar soni ortib borishi bilan murakkablashib boradi.
    Misol sifatida ikki tasmali yo’llarning kesishishidan hosil bulgan chorraxadagi trans­port vositalarining xarakatini ko’radigan bulsak (1-rasm), unda transport vositalarining xarakat oqimidan ajralish, harakat oqimiga qo'shilish va harakat oqimini kesib o'tish nuqtalarini ko’rsatib o'tish mumkin.
    Keltirilgan misoldagi chorraxada jami 32 ta ziddiyatli nuqta mavjud bo'lib, ular 8 ta ajralish, 8 ta qo'shilish va 16 ta kesishish nuqtalaridan iborat.
    Chorrahaning harakatlanish murakkablik darajasi quyidagicha baholanadi: agarda M40 bo'lsa, chorraha oddiy, M=4080 o'rta murakkab, M=80150 murakkab va M150 juda murakkab. Chorrahada harakatlanish murakkablik darajasini baholashda quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
    ; (4)
    bu yerda: – ajralish ziddiyatli nuqtalar soni;
    – qo'shilish ziddiyatli nuqtalar soni;
    – kesishish ziddiyatli nuqtalar soni.


    3-rasm. Ziddiyatli vaziyat sxemasi.  – ajralish;  – qo’shilish;  – kesishish.
    Topshiriq: Talaba berilgan topshiriqqa asosan bir sathli chorrahadagi ziddiyatli nuqtalarni aniqlaydi, chorrahaning harakatlanish murakkablik darajasini topadi. Chorrahadagi ziddiyatli nuqtalar grafigini chizadi.
    Download 24.11 Kb.




    Download 24.11 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4-amaliy mashg'ulot Mavzu: Bir sathli chorrahalarda ziddiyatli nuqtalarni aniqlash va ularni kamaytirish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqish. Ishdan maqsad

    Download 24.11 Kb.