|
Kirish. Kaprolaktam zamonaviy poliamid tolasi sanoatida asosiy molekulalardan biri bo'lib, poliamid ishlab chiqarish uchun ishlatiladi
|
Sana | 19.06.2024 | Hajmi | 14,99 Kb. | | #264534 |
Bog'liq Kirish
Kirish. Kaprolaktam zamonaviy poliamid tolasi sanoatida asosiy molekulalardan biri bo'lib, poliamid ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Eng qadimgi sintetik termoplastiklardan biri bo'lgan poliamid qariyb 80 yil ishlab chiqarilganidan keyin hamon talabgor mahsulot bo’lib bormoqda. O'tgan vaqt mobaynida neft-kimyo sanoatida sezilarli o'zgarishlarga qaramay, deyarli barcha ishlab chiqarish jarayonlari ko'p miqdorda ammoniy sulfatni birgalikda ishlab chiqarishni o'z ichiga oldi. Ko'plab texnalogik jarayonlarning rivojlana boshlashidan so'ng, kaprolaktam ishlab chiqarish texnologiyalarining yangi to'lqini ammoniy sulfat qo'shimcha mahsulot sifatida ishlab chiqarilib kelinmoqda.
Ammoniy sulfat zamonaviy kaprolaktam ishlab chiqarishning ajralmas qismidir. Ishlab chiqarish jarayonida siklogeksanonning oksimatsiyasi (dunyo ishlab chiqarishining katta qismi unga to'g'ri keladi) va siklogeksanon oksimini yakuniy mahsulot kaprolaktamga qayta tashkil etilishini katalizlanganligi uchun ham ishlab chiqarish jarayonida katta miqdorda sulfat kislota mahsulotini talaba qiladi. Oxir-oqibat, sulfat kislota ishlab chiqarish jarayoniga qo’shimcha sex ochilib avvalo suyuq shakilda ammoniy sulfat sifatida ishlab chiqariladi va keyinchalik o'g'it sifatida ishlab chiqarilib ichki bozorlarda sotila boshlandi. Ammoniy sulfat uzoq vaqtdan beri o’simlik uchun kerkli azotli o’g’it saqlagan mahsulot hisoblanadi. Qolgan azotli o'g'itlarga nisbatan past ozuqaviy qiymatga ega.
21-asr oxirida jarayonni takomillashtirish uchun uchta asosiy texnologiya paydo bo'ldi. Siklogeksanon oksimatsiyasida sulfat kislotadan foydalanish jarayonni takomillashtirish ishlari olib borildi, natijada innovatsion katalizator tizimidan foydalanib, unga faqat vodorod periks va ammiak yordamida jarayondagi oxirgi bosqichdagi ammoniy sulfat miqdorining oshirilishiga erishildi.
Bugungi kunda kaprolaktamda ammoniy sulfatning birgalikda ishlab chiqarilishi hali ham norma hisoblanadi. Ammo XXI asrning yangi texnologiyalari kombinatsiyasi kaprolaktam ishlab chiqarishning takomilashgan to'lqinini o'zgartirishi mumkin. Oxir oqibat, ushbu jarayonlarning uzoq muddatda mavjud ishlab chiqarish bilan raqobatlasha olish qobiliyatiga bog'liq bo'lib bo’lib qolmoqda.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Kirish. Kaprolaktam zamonaviy poliamid tolasi sanoatida asosiy molekulalardan biri bo'lib, poliamid ishlab chiqarish uchun ishlatiladi
|