|
Erkin Vohidov ijodini oʻrganish boʻyicha dars ishlanma
|
bet | 3/4 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 73,06 Kb. | | #231352 |
Bog'liq ERKIN VOHIDOVErkin Vohidov ijodini oʻrganish boʻyicha dars ishlanma
1.Tashkiliy qism (3daqiqa). Oʻquvchilar davomati aniqlangach,oʻtgan darsda
oʻrganilganlarni eslatilib, yangi mavzuni e'lon qilinadi.
2. “Aqliy hujum” va mavzuni tushuntirish (5daqiqa). ''Erkin Vohidovni
bilasizmi?'' savoli bilan oʻquvchilarga mirojaat qilinadi. Oʻquvchilar shoirning
televideniyeda yoki radiodagi suhbatlarini, she'r oʻqishini koʻrgan,eshitgan, u
haqidagi filmlarni tomosha qilgan boʻlishi tabiiy, shundan kelib chiqib Erkin
Vohidov - Oʻzbekiston xalq shoiri, Oʻzbekiston Qahramoni va boshqa turli
javoblarni berishi mumkin.
Shoirning hayoti va ijodi, xususan, uning she'riyatida Vatan, xalq tarixi,
taqdiri, tavsifi, ona yurt, uning boy va shonli tarixi bilan faxrlanish tuyg‘usi muhim
oʻrin tutishi hamda "Oʻzbegim" qasidasi haqida qisqacha tushuntirish beriladi.
3. Qasidani oʻqish (5daqiqa). »Oʻzbegim» qasidasi aruz vaznidagi she'r boʻlgani
uchun, avvalo, oʻqituvchi 3-4 baytni ifodali qilib oʻqib, qasidani qanday oʻqilishini
koʻrsatib beradi. Soʻngra ravon va tushunarli qilib oʻqiydigan oʻquvchilar
tomonidan she'r matni ifodali qilib oʻqiladi.
Yozuvchi ijodiga nazar
Insonni, uning maʼnaviy olamini kashf etadigan, qudratli taʼsir kuchiga ega
badiiy adabiyot vositasida yoshlarda yuksak tuygʻularni shakllantirish mumkinki,
bu oʻta muhim vazifani adabiy taʼlim amalga oshiradi. I.A.Karimov
ta‘kidlaganlaridek, ―O‘zlikni anglash, milliy ong va mafkuraning ifodasi, avlodlar
o‘rtasidagi ruhiy-ma‘naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi‖.Ona tilimizning
asrlar osha saqlanib va sayqallanib borishida yozuvchi va shoirlarimizning oʻrni
beqiyosdir.Shunday jonkuyar va fidokor insonlardan biri, noyob isteʼdod sohibi,
sheʼriyatimizning porloq yulduzlaridan biri E.Vohidovdir. " Aytish kerakki, sof
adabiyotshunoslik yoʻnalishida E.Vohidov asarlari atroflicha oʻrganilgan. Bular
orasida U.Normatov, N.Rahimjonovning alohida ilmiy risolalari, matbuotdagi
maqolalarida ham E.Vohidov ijodi xususida fikr yuritilgan"[1].
Fasllar
almashaveradi;
bahor
ketidan
yoz,
kuz
ortidan
qish
kelaveradi.Daryolar bir sayozlansa, bir toshqinlanadi.Bular esa odamzotning hayot
tarzini yodga soladi.Hech bir insonning umr yoʻli bir maromda kechgan emas.Shu
singari E.Vohidovning ham hayot kundaligi birda oq, birda qora satrlar bilan
homohanglikda oʻz mundarijasini toʻldirib borgan. Zamon daryosi qaydan oqib
kelishi va qayga oqib ketayotganini bilish gʻoyatda mushkul.Yayrab, toʻlqinlanib
yozishga, koʻngil tubida turgan dard, muammo, fikr-mulohazalar, izlanish-
kuzatishlar, orzu-armonlarni toʻlaqonli ifodalashga keng yoʻl ochib beradigan janr
ilmiy badiiy publitsistikadir. E.Vohidov uning imkoniyatlaridan unumli
foydalangan. Oʻtgan asrning 80-yillarida tilimiz taqdiri muammolari haqida gaplar
avjiga chiqqan kezlarda E.Vohidov maʼnaviyatimiz jonkuyari, mohir publitsist
sifatida faollik koʻrsatdi. Chin maʼnoda oʻzining tiniq adabiy-estetik
konsepsiyasiga, adabiy dunyosiga, dardiga ega yozuvchi uzoqdan ulkan choʻqqiga
oʻxshab koʻzga tashlanib turadi. Koʻp hollarda bu isteʼdod egalari asrlar qaʼridan
aqlli, dono nigohlari bilan bugungi hayotimizga va kelajakka nazar tashlaydi.
Isteʼdod noyob va yuksak boʻladi. Chunonchi "Isteʼdod shunday bir gavharki,u
dengiz tubida, sadaf ichida ham gavhar, isteʼdod bir zilol irmoqki, uning har
qatrasida daryolarning qudrati, ummonlarning teranligi bor, isteʼdod bir gulki,
uning ochilmagan gʻunchasida chamanlarning boʻyi va tarovati bor"- deydi
E.Vohidov (Chaqmoq umri maqolasida).
Har bir sanʼatkor yozgan asarlari orqali uni tanishga erishadi. Soʻz
sanʼatkorlari oʻquvchi koʻz oʻngida betakror, oʻzigagina xos qiyofasi bilan
gavdalanadi. Shoir qiyofasi, koʻngil olami, quvonchu iztiroblari yaratgan asarlari
ruhidan anglashinishi tufayli, E.Vohidov singari soʻz sanʼatkorlari hayoti va shaxsi
oʻquvchilar uchun namuna va ibratga aylangan desak yanglishmagan boʻlamiz.
Buyuk nemis yozuvchisi Gyotening "Faust" asarining oʻzbek tiliga oʻgirilishi
nafaqat adabiyotimizning, balki madaniyatimizning tarixida muhim voqea boʻlib
qoldi. E.Vohidov sheʼriyatning barmoq,aruz,sarbast vaznlarida birdek ijod qilgan.
Shoʻro adabiyotshunosligida aruz vazni "eskirgan, zamon talablariga javob bera
olmaydi" deya inkor qilina boshlangan bir paytda shoir "Yoshlik devon"ini eʼlon
qilgan, undan joy olgan oʻnlab gʻazallar bunday daʼvoning puch ekanligini isbot
qilishga asos boʻlgan edi:
Istadim sayr aylomoqni men gʻazal boʻstonida,
Kulmangiz,ne bor senga deb
Mir Alisher yonida.
Sheʼriyatning dunyosi keng, gulzori koʻp boʻstoni koʻp,
Har koʻngil arzini aytur neki bor imkonida.
"Anglashilinishicha, davr yoʻnalishi shoir eʼtiqodi va isteʼdodiga zid
boʻlmasa ijodkor oʻz "men"ini asarlariga koʻproq, samaraliroq singdiradi.
Aksincha boʻlsa, davrdagi yoʻnalishlar shoir ruhi va ilhomi ustidan hukmronlik
qilsa, yozgan har bir satri elakdan oʻtkazilsa, ijodkor meni qashshoq va rangsiz
holga tushishi mumkin. Ammo isteʼdod shuning uchun ham isteʼdodki, u oʻzining
608
tengsiz matonati, qarama-qarshiliklarni yenga olish qudrati bilan muhit dovullarini
yengib, ulugʻ va betakror asarlar, isyonkor va jurʼatli qahramonlar obrazini yarata
oladi"[4.8-b ]. E.Vohidov ana shunday isteʼdodli va jasoratli shoirdir. "Men
adabiyotimizning, xususan, sheʼriyatimizning ertangi kuniga ishonch bilan
qarayman va inqiroz haqidagi gaplarni asossiz deb hisoblayman" [5].
E.Vohidovning ilk sheʼrlarida ozmi-koʻpmi H.Olimjon, Mirtemir,
Shayxzoda kabi shoirlarning hayotsevarlik ruhi bilan yoʻgʻrilgan asarlari taʼsiri
sezilib turadi.
Sanʼatning sharti – barkamollik va mukammallikdir,deb yozadi E.Vohidov.
Darhaqiqat, yozuvchi butun faoliyati va ijodini xalqimizning orzu oʻylarini
ifodalash, millatimiz taqdiriga daxldor muammolarni dadil koʻtarib chiqish,
kishilarimiz maʼnaviy-estetik saviyasini koʻtarishdek ezgu maqsadlarga
yoʻnaltirgan. Shu munosabat bilan yozilgan "Oʻzbegim" qasidasi alohida
ahamiyatga loyiq voqea boʻlgan desak toʻgʻri boʻladi:
Tarixingdir ming asrlar ichra pinhon, oʻzbegim,
Senga tengdosh Pomiru oqsoch Tiyonshon, oʻzbegim.
Soʻylasin Afrosiyobu soʻylasin Oʻrxun xati,
Koʻhna tarix shodasinda bitta marjon, oʻzbegim.
Sheʼriyat, adabiyot isteʼdodli yoki boʻlmasa odamovi insonlar qismati
deyishadi. Bunga esa E.Vohidovning qarshlari toʻgʻri keladi: "Barcha isteʼdodlar
singari shoirlik isteʼdodi ham tugʻma boʻladi va bolalikdan oʻzini namoyon etadi.
Bu kunduzdek ravshan, haqiqatning oʻzidek ayon. Tugʻma isteʼdodi boʻlmagan,
sheʼriyatga xavas tufayli adabiyotga kirib qolganlar umr boʻyi havaskor boʻlib
qoladilar"- deya taʼrif beradi shoirimiz (Sanʼat va tafakkur maqolasida).
E.Vohidov publitsist, dramaturg, dostonnavis sifatida barakali ijod qilgan boʻlsa-
da, avvalo, u lirik shoir sifatida adabiyotga kirib kelgan, xalqimizning qalbidan
ham nafis, ham dolgʻali, ham isyonkor sheʼrlari bilan joy olgan. "Oybek 60-yillar
boshlarida E.Vohidovni sheʼrlari hayot bulogʻida sugʻorilgan shoir deb yozadi.
Oybekning mulohazalari naqadar toʻgʻri boʻlganini hayotning oʻzi tasdiqladi"[3,
174]. Davr mohiyatini ochish va uni qahramon taqdirida aks ettirish borasida shoir
hajviy sheʼrlar va qahramonlardan ham mohirona foydalangan. Bunga misol qilib
"Donish qishloq latifalari"ni olsak boʻladi. Maʼnaviy-aхloqiy toʻkislikkina odamga
barkamollik bagʻishlaydi; odam aqlan va jisman goʻzal boʻlsagina atrof -tevaragini
oʻragan olam ham bekami-koʻst chiroy kasb etadi.Bu E.Vohidov sheʼriyati
magʻzini taʼminlagan ustuvor badiiy-estetik konsepsiya. Tashqi va ichki omillar
sabab boʻlib, E.Vohidov ijodiga 60-yillar oʻrtalaridan boshlab hayot
tashvishlarining ifodasi kirib kelgan.
Yozuvchining "Oltin devor" kamediyasida ham maʼnaviy illatlar komik
xarakterlar orqali fosh etiladi. N.V.Gogol kamediyaning ahamiyati haqida
shunday deydi: "Kulgu ulugʻ ish, u jonni ham, molni ham olmaydi, ammo aybdor
uning qarshisida bogʻlab tashlangan quyondek tipirchilaydi" [2, 468]. Oltin devor
kamediyasida ham daramaturg satirik va yumoristik kulgidan oʻz oʻrnida va
meʼyorida foydalangan. Bosh qahramon Moʻmin koʻmik xarakterga ega, oʻz
nomiga munosib, beozor, sodda, samimiy va halol inson. Faqat hayot haqiqati
zamirida vujudga kelgan yumorgina uzoq yashashi mumkin. Asar syujeti obrazlari
singari tili ham yuqori saviyada goʻzal va serjilo qilib yaratilgan.
Bilsa – hazil, bilmasa - chin maqomidagi mayin, beozor, birda yumshoq,
birda qattiq yumor sheʼr, gʻazallari,dostonlari, daramalari, maqolalari aro sochilib
yotganday tuyulsa ham aslida maqsadni, gʻoyani jipslashtirib yozuvni yelimlab
turadi. Ustozimiz Yoqib Gʻulomga " Tilimizda votti-votti asta-sekin yoʻqolvotti",
deya xazil satrlar aytganligi yozuvchining talabchan va sinchkov boʻlganligidan bir
nishona. E.Vohidov til uchun qaygʻurish, uni boyitish, sofligini saqlash
hammaning vazifasi, der ekan, eng avvalo tilshunoslar, adiblar, ijodkor ziyolilarni
va biz yoshlarni nazarda tutganligini unutmasligimiz lozim. "Ona tilini
bilmaydigan odam oʻz shajarasi, oʻzining ildizini bilmaydigan, kelajagi yoʻq
odam", - deydi I.Karimov oʻzining "Oʻzbekiston mustaqillikka erishish ostonasida"
nomli asarida.
Xulosa oʻrnida E.Vohidov oʻzbek adabiyotining har tamonlama rivojiga
oʻzining munosib hissasini qoʻshgan. Yozuvchi oʻz ijodida sheʼriyatning rang-
barang janr va shakllariga murojaat qiladi, hamda har safar uning yangi-yangi
namunalarini yaratadi. Umuman, u tom maʼnodagi milliy shoir. Hozirgi zamon
oʻzbek sheʼriyati taraqqiyotini uning ijodisiz tassavur qilib boʻlmaydi. Shoir
asarlarining tarbiyaviy estetik va gʻoyaviy badiiy ahamiyati nihoyatda kattadir
XULOSA
Замонавий ўзбек миллий адабиётининг ёрқин юлдузларидан бири Эркин Воҳидов ижодида ғазал, қасида, мухаммас каби жанрлар шаклланиб боради. У мумтоз адабиётнинг бу соҳадаги тажрибаларини бойитиш, мукаммаллаштиришга интилади. Эркин Воҳидов бадиий маҳорати ўсиб, камол топган, чуқур фалсафий умумлашмалар даражасига кўтарилган ижодкордир. У Ўзбекистон халқ шоири, Ўзбекистон Қаҳрамонидир.
|
| |