• Muminova Shaxzoda Akramovna Annotasiya
  • Rasmli” o‘yin.
  • Rasmdagi gaplar”o‘yini.
  • «Научный импульс» Февраль, 2023 642 davomati va o‘zlashtirishi past o‘quvchilarni ingliz tili fanidan




    Download 0.76 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana31.05.2023
    Hajmi0.76 Mb.
    #67969
      1   2
    Bog'liq
    Muminova Shaxzoda Akramovna



    Международный научный журнал № 7(100), часть 1 
    «Научный импульс» Февраль, 2023 
    642 
    DAVOMATI VA O‘ZLASHTIRISHI PAST O‘QUVCHILARNI INGLIZ TILI FANIDAN 
    O‘QITISH METODIKASI 
     
    Farg‘ona ICHSHUI kasb-hunar maktabi 
    Ingliz tili fani o‘qituvchisi 
    Muminova Shaxzoda Akramovna
     
    Annotasiya: Davomati va o‘zlashtirishi past o‘quvchilarni ingliz tili fanidan o‘qitish 
    metodikasi xaqida ma’lumotlar berilgan
    Kalit so‘zlar: zamonaviy, innovatsiya, bo‘sh o‘zlashtiruvchi, o‘yin, ta’limiy, innovatsion 
    ta’lim. 
    Bugungi kunda dunyo aholisining qariyb 60 foizi ikki yoki undan ortiq tillarda so‘zlasha 
    olishi barchaga ma’lum. 
    Chet til ta’limida sifat va samaradorlikni ta’minlash maqsadida chet tillarni 
    o‘rganish/o‘rgatish yoshini qisqartirish tajribasi ommalashib bormoqda. Bunga «the 
    younger the better / early is better» mazmunidagi tushunchaning keng tarqalganligi sabab 
    bo‘ldi. 
    Chet til, xususan, ingliz tilini kichik yoshdan o‘rganish va o‘rgatish ham o‘z tarixiga 
    ega. Kichik yoshdan inliz tili o‘rganish va o‘rgatish dastlab yuqori tabaqa 7 oilalarda tajriba 
    qilingan bo‘lsa (Anna-and-the-King-of-Siam), 1950 - yillarda AQSH va Yevropa 
    mamlakatlarida ommaviy tus oldi va o‘n yil ichida «Foreign Language in Elementary 
    School» dasturi asosida ta’lim oluvchi o‘quvchilar soni bir millionga yetdi. Fransiya, 
    Shvetsiya va Gollandiyada esa 1950-yillar o‘rtalarida «English without a book» dasturi 
    asosida ingliz tili 3-sinfdan o‘qitila boshlandi.
    2013 - yil Moskva (Rossiya)da «Chet tillarni o‘qitish nazariyasi va amaliyoti: an’analar 
    va innovatsiyalar» mavzusida o‘tkazilgan xalqaro ilmiyamaliy konferensiyada ham 
    boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ingliz tili o‘qitish metodikasining dolzarb muammolari 
    muhokama etildi. 
    O‘zbek maktablari uchun dastur tayyorlashning o‘z tarixi bor. 1968-yilga qadar o‘zbek 
    maktablarida Rossiya uchun mo‘ljallangan dasturlarning mahalliylashtirilgan nusxalaridan 
    foydalanib kelingan. O‘zbek maktablari uchun dastur loyihasi 1968-yilda ishlab chiqilgan va 
    1970/71-o‘quv yilida maktablarda joriy etilgan. 1999-yilda o‘quv dastur yangilandi va uning 
    asosida yangi darsliklar yaratildi. 
    Chet tilni barcha umumiy o‘rta ta’lim maktabining 1-sinfidan boshlab ommaviy 
    o‘rganish joriy etilishi munosabati bilan Yevropa Kengashining «Chet tilni egallashning 
    umumyevropa kompetensiyalari: o‘rganish, o‘qitish, baholash» to‘g‘risidagi xalqaro hujjat 
    (CEFR)ning ayrim holatlarini nazarda tutgan holda Uzluksiz ta’lim tizimining chet tillar 
    bo‘yicha Davlat ta’lim standarti va O‘quv dasturlari ishlab chiqildi va 2013–2014 o‘quv 
    yilidan boshlab bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etildi. 


    Международный научный журнал № 7(100), часть 1 
    «Научный импульс» Февраль, 2023 
    643 
    Bugungi kunda boshlang‘ich ta’limda ingliz tilini o‘qitish metodikasi «(Inter)Cultural 
    Awareness», «Language Awareness» va «Humanity» ta’lim konsepsiyalari asosida 
    rivojlantirilmoqda. 
    Zamonaviy boshlang‘ich ta’limdagi eng asosiy va ijobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lgan 
    qarorlardan biri bu O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi 
    “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-
    1875-sonli Qaroridir. Ushbu qaror asosida chet tillarini, asosan, ingliz tilini o‘rganish 
    umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-sinflaridan o‘yin tarzidagi darslar va og‘zaki nutq 
    darslari shaklida, 2-sinfdan boshlab esa, alifbo, o‘qish va grammatikani o‘qitish bosqichma-
    bosqich boshlanadi. Qarorga ko‘ra, Chet tillarni o‘rganishni yanada rivojlantirish bo‘yicha 
    doimiy ishlaydigan Muvofiqlashtiruvchi kengash boshchiligida ta’lim sohasining barcha 
    yo‘nalishlarida beqiyos ko‘lamli ishlarni amalga oshirishga kirishildi. Masalan, 2013-2014 
    o‘quv yilidan e’tiboran umumta’lim maktablarining birinchi sinflarida xorijiy tillarni o‘yin 
    tarzidagi mashg‘ulotlar va og‘zaki nutq darslari shaklida uzluksiz o‘rgatish yo‘lga qo‘yildi. 
    Shuningdek, ushbu sinflarga mo‘ljallangan darslik hamda o‘quv-metodik majmualar 
    yaratildi. Diqqatga molik jihati, birinchi sinflar uchun yaratilgan majmualardagi o‘yin-
    mashg‘ulotlarning kichkintoylar yoshiga mutanosibligi ta’minlanadi. Bolalar xorijiy til bilan 
    ilk tanishishni salomlashish madaniyati, ranglar va kundalik so‘zlarni dialog shaklida 
    o‘rganishdan boshladilar. 
    Shubhasiz, mamlakatimiz ta’lim dargohlarida xorijiy tillar xonalarini zamonaviy 
    axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va o‘qitishning ilg‘or texnik vositalari bilan 
    jihozlash, teleradiokanallarda bolalar va o‘smirlarni xorijiy tillarga o‘rgatuvchi ko‘rsatuv va 
    eshittirishlarni berib borish, boshqa mamlakatlar tarixi va madaniyati, jahon ilm-fani va 
    texnik yangiliklariga bag‘ishlangan ilmiy-ommabop xorijiy badiiy va multiplikatsion filmlarni 
    o‘zbekcha subtitr yordamida muntazam namoyish etish yoshlarimizga dunyo xalq-
    larining o‘tmishi, madaniyati, ilm-fani bilan yaqindan tanishish imkonini berdi. 
    Ilmiy manbalarni o‘rganib chiqib boshlang‘ich ta’limda xorijiy tillarni o‘qitishning 
    didaktik tamoyillarini quyidagicha umumlashtirish mumkin: 
    1. O‘quvchilarning ingliz tili o‘rganish usullari, strategiyalari va qobiliyatini inobatga 
    olish. 
    2. Tinglab tushunish mashqlariga ustuvor ahamiyat qaratish. 
    3. Darslarda ma’noli kontekstlar va mavzuga oid nutq vaziyatlarini yaratish. 
    4. Mashg‘ulotlarda texnik vositalardan keng foydalanilish. 
    5. O‘quvchilarning yoshiga mos autentik materiallaridan foydalanish. 
    6. Nutq namunalari asosida ingliz tilio‘rgatish. 
    7. Mavzularni obrazlashtirish (gapiruvchi qo‘g‘irchoqlar yordamida). 
    2021-2025 yil ichida ta’lim muassasalarida inklyuziv ta’limni joriy qilish va 
    rivojlantirish xaqida xukumat tomonidan qarorlar qabul qilindi. Bu esa albatta ta’lim 
    muassasalardagi davomati va o‘zlashtirishi past o‘quvchilar uchun juda ko‘p imkoniyatlarni, 
    qulayliklar olib keladi. 


    Международный научный журнал № 7(100), часть 1 
    «Научный импульс» Февраль, 2023 
    644 
    Davomati va o‘zlashtirishi past boshlang‘ich o‘rganuvchi o’quvchi guruhlarda, ayniqsa, 
    dastlab o‘quvchilarga chet tillarni o‘rgatishda o‘quvchining yoshi, fiziologik, psixologik 
    xususiyatlarini hisobga olish kerak. Qarorda ta’kidlanganidek, davomati va o‘zlashtirishi 
    past o‘quvchilar birinchi bosqichlarda o‘yin tarzidagi darslar va og‘zaki nutq darslari 
    shaklida chet tillarini o‘rgatishni amalga oshirish, haqiqatan, kichik yoshdagi o‘quvchilarga 
    mosligidir.
    Ta’limda o‘yin texnologiyalaridan foydalanish, eng samarali vositalardan biridir. O‘yin 
    davomida ularning tafakkuri, dunyoqarashi, fikrlashi kengayib boradi. Olimlar ta’limga o‘yin 
    orqali yondashuv ta’lim jarayonida osonlashtiradi, deb hisoblagan. Nafaqat osonlashtiradi, 
    balki bu fanga qiziqishini kuchaytirib, bolani chuqur bilim olishiga undaydi. O‘yin tarzidagi 
    darslar bolalarning og‘zaki nutqini rivojlanishiga yordam beradi. Bo‘sh o‘zlashtiruvchi 
    o‘quvchilar asosan rasmli yoki videoli turli ko‘rishlarni juda yaxshi ko‘rishadi. Turli xil rangli 
    rasmlar orqali, ularning nutqlarini o‘stirishda o‘yinlardan muntazam foydalanib turish 
    lozim. Masalan, Bu nima?, Bu kim?, Kim ko‘p so‘z biladi?” kabi o‘yinlardan foydalanish 
    mumkin. O‘yin jarayonida o‘quvchilarning so‘zlarni eslab qolishi, to‘g‘ri talaffuz etishiga 
    qarab rag‘batlantirib borish zarur. O‘quvchilarning so‘z boyliklarini ortib borishiga qarab 
    boshqa turdagi o‘yinlar, turli xil musobaqalarni tashkil etish ham muhim ahamiyat kasb 
    etadi. Bo‘sh o‘zlashtirishchi o‘quvchilarga dastlab “Meva nomlari”, “Kasblar”, “Uy jihozlari” 
    kabi mavzulardagi mashqlarni o‘yinlar yordamida bajartirish mumkin. So‘ngra ular 
    kompyuterdagi rang-barang tasvirlarga uyg‘un holatda ko‘rsatilsa, o‘quvchilarning nutqi 
    rivojlanib, atrof-muhitga munosabat doirasi kengayadi. Yangi mavzuni namoyish etish 
    bosqichida ekranda so‘zlar va uni aks ettiruvchi rasmlar paydo bo‘ladi. O‘quvchilar so‘zlarni 
    tinglab, ularni talaffuz etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Mavzuni kompyuter yordamida 
    taqdim etishda ta’limni individuallashtirish printsipiga e’tibor berish lozim. Ayrim 
    o‘quvchilar so‘zning grafik, ayrimlari esa tovushli obrazni qabul qilishda qiyinchilikka 
    uchraydilar. Kompyuter u yoki bu qiyinchilikni mashqlar vositasida bartaraf etib, 
    o‘quvchining ingliz tilidan o‘zlashtirishga qiynalayotgan jihatlarini topishga va ularni 
    bartaraf etishga yordam beradi. 
    Ikkinchi bosqichdan boshlab grammatikani o‘zlashtirishga qaratilgan boshqa ta’limiy 
    o‘yinlarni ham tashkil etish mumkin. Masalan, “Kim savodxon?”, Kim zukko?, “Men 
    kimman?“, “Zanjir“, “Rolli o‘yin“, “So‘z o‘rnini top kabi qiziqarli o‘yinlar shular 
    jumlasidandir. “Kim zukko? “ o‘yini imlo savodxonlikni oshirishda yaxshi natija beradi. 
    Bunda karton qog‘ozga 5-6 ta so‘z yozilgan bo‘lib, so‘zlar to‘g‘ri va noto‘g‘ri yozilgan 
    bo‘ladi. O‘quvchilardan noto‘g‘ri yozilgan so‘zni topib, to‘g‘ri yozib berish talab qilinadi. 
    Qaysi o‘quvchi noto‘g‘ri yozilgan so‘zlarni to‘g‘ri va birinchi bo‘lib yozib berishga qarab 
    o‘yin g‘olibi aniqlanadi. 
    Biz bilamizki, hozirgi ta’lim jaroyonida o‘quvchi sub’ekt bo‘lishi lozim. Bunda ko‘proq 
    interfaol metodlarga e’tiborni qaratish ta’lim samaradorligini oshiradi. Ingliz tili darslariga 
    qo‘yilgan eng muhim talablardan biri mustaqil fikrlashga o‘rgatishdir. Bugungi kunda ingliz 


    Международный научный журнал № 7(100), часть 1 
    «Научный импульс» Февраль, 2023 
    645 
    tili o‘qituvchilari Amerika Qo‘shma Shtatlari, Angliya pedagoglari tajribasiga tayangan 
    holda, quyidagi innovatsion metodlardan foydalanib kelmoqda: 
    “Quvnoq topishmoqlar” (Merry riddles) o‘quvchilarga topishmoqlar o‘rgatish. Ingliz 
    tilini o‘rgatishda muhim ahamiyatga ega, ular o‘zlariga notanish bo‘lgan so‘zlarni 
    o‘rganadilar va o‘ylab topishmoq javobini topadilar.“Tezkor javob” (Quick answers) o‘tilgan 
    dars samaradorligini oshirishda yordam beradi.“Chigil yozdi” (Warm-up exercises) 
    o‘quvchilarni darsga qiziqtirish uchun sinfda har xil o‘yinlardan foydalanish. “Pantomima” 
    (Pantomime) bu usul juda qiyin mavzular tushuntirilishi kerak bo‘lgan darsda yoki yozma 
    mashqlar bajarilib, o‘quvchilar charchagan paytda foydalanilsa bo‘ladi. “Hikoya zanjiri” (A 
    chain story) usuli o‘quvchilarning og‘zaki nutqini oshirishda va xotirani mustahkamlashda 
    yordam beradi. “Rolli o‘yinlar” (Acting characters) bu usul darsning barcha tiplarida 
    qo‘llanilishi mumkin “Rasmlar so‘zlaganda” (When pictures speak) usuli ancha qulay bo‘lib, 
    ingliz tilini o‘rgatishda, o‘quvchilarning o‘g‘zaki nutqini rivojlantirishda yordam beradi, 
    buning uchun mavzuga oid rasmlardan foydalanish lozim. “Kviz kartochkalari” (Quiz cards) 
    o‘quvchilarning soniga qarab kartochkalar tarqatiladi va hamma o‘quvchilar bir vaqtda 
    darsda ishtirok etish imkonini beradi bu esa vaqtni tejaydi. 
    “So‘z o‘rnini top“ o‘yinida so‘zlarning o‘rni almashtirib qo‘yiladi hamda so‘zlarni o‘z 
    o‘rniga to‘g‘ri qo‘yish orqali gap hosil qilinadi. “To‘plam“o‘yini ma'lum bir mavzu asosida 
    o‘quvchilarning olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida o‘tkaziladi. O‘yin qatorlar 
    musobaqasi yoki kichik guruhlarda ishlash shaklida tashkil etiladi. Masalan, belgini bildirgan 
    so‘zlarni toping deb, guruhlarga topshiriq beriladi. Berilgan vaqt iсhida qaysi guruh ko‘p 
    topa olsa g‘olib bo‘ladi. Multfilmlar. O‘quvchilarlar chet tilini o‘rganish mobaynida 
    multfilmdagi gaplarni tushunmasa-da, multfilmdagi qahramonlarning harakatlari orqali ular 
    ishlatayotgan so‘zlarni tushunishga harakat qiladi. Bu esa bolalar uchun til o‘rganishda qiziq 
    va samarali yo‘l hisoblanadi. O‘quvchilar uchun ingliz tili qo‘shiqlaridan tortib she’r va 
    hikoyalar, videoroliklar orqali o‘rgatib kelinmoqda. 
    Rasmli” o‘yin. O‘quvchilar Present Continious tarkibini yaxshiroq o‘zlashtirishlari 
    uchun rasmli o‘yinni qo‘llash mumkin. O‘quvchilarga hali ko‘rmagan rasmlaridagi personaj 
    nima qilayotganini topish taklif etiladi. Masalan, P1: Is the girl sitting at the table? P 2 : No, 
    she is not. 
    P1: Is the girl standing? P 2:: Yes, she is 
    Rasmda ifodalangan harakatni to‘g‘ri topgan o‘quvchi g‘olib xisoblanadi. U boshlovchi 
    bo‘lib boshqa rasmni oladi. 
    Rasmdagi gaplar”o‘yini. Bu o‘yin grammatik formalarni mashq qildirish uchun yaxshi 
    ko‘rgazmali vosita hisoblanadi. Kartalarda odamni qandaydir harakatlarini ifodalovchi bir 
    necha rasmlar bor, masalan: konkida uchayotgan, shaxmat o‘ynayotgan, kitob o‘qiyotgan 
    rasmlar bor. O‘qituvchi rasmli kartalarni ko‘rsatadi (bola konkida uchayapti) va so‘raydi: 
    What is he doing? O‘quvchilar o‘zlarida xuddi shunday rasmni topadilar va javob beradilar: 
    He is skating. 


    Международный научный журнал № 7(100), часть 1 
    «Научный импульс» Февраль, 2023 
    646 
    Xulosa o‘rnida ta‘kidlash joizki, zamonaviy davrda ingliz tilini o‘qitishda o‘quvchilarni 
    yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda, ualarga kreativ yondashish, 
    o‘qituvchi motivator bo‘lish, ulardagi chet tilini o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqish, o‘quvchilar 
    ehtiyojni to‘la qondirishga yordam beruvchi innovatsion pedagogik texnologiyalarga 
    asoslangan zamonaviy didaktika (anamal o‘quvchilar uchun) ishlanmalarni tayyorlash va 
    ularni amalga oshirishning dars o‘tish metodikalarini ishlab chiqish muaommoning amaliy 
    yechimini ta‘minlaydi. 

    Download 0.76 Mb.
      1   2




    Download 0.76 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Научный импульс» Февраль, 2023 642 davomati va o‘zlashtirishi past o‘quvchilarni ingliz tili fanidan

    Download 0.76 Mb.
    Pdf ko'rish