• Kalit so‘zlar
  • Ключевые слова
  • Foydalanilgan adabiyotlar
  • O’quvchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish muxiyatdinovaA. Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti mustaqil izlanuvchisi Annotatsiya




    Download 44.05 Kb.
    Sana19.01.2024
    Hajmi44.05 Kb.
    #141476
    Bog'liq
    Мухиятдинова Айнура макола 2
    Ingliz tili grammatikasi (M.G\'apporov, R.Qosimova), 141 Maqsudov Ulugbek Qurbonovich 988-995

    O’QUVCHILARNING IJODIY QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISH
    MuxiyatdinovaA.-Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti mustaqil izlanuvchisi
    Annotatsiya. Ushbu maqola o‘quvchilarning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish masalasida faol sanalgan metod va vositalariga ularning amaliy jarayonlarda tutgan o‘rni va ahamiyati haqida. Bundan tashqari matematik masalarni optimal yechish orqali o’quvchilarning ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish haqida qisqacha ma’lumot beradi.
    Kalit so‘zlar: o‘quvchi, ijodkorlik, ijodkorlik qobiliyati, ta’lim, muammoli ta’lim, Innovatsion metodlar, ilg‘or texnologiyalar.
    РАЗВИТИE ТВОРЧЕСКИХ СПОСОБНОСТЕЙ УЧАЩИХСЯ
    Мухиятдинова А.-самостоятельный соискатель Ташкентского Государственного Педагогического Университета
    Аннотация. В данной статье основное внимание уделяется методам и средствам, действующих в развитии творческих способностей учащихся, а также комментируется их роль и значение в практических процессах. Кроме того, в нем представлена краткая иформация о развитии творческих способностей учащихся путем оптимального решения математических задач.
    Ключевые слова: студент, креативность, творческая способность, образование, проблемное обучение, инновационные методы, передовые технологии.


    DEVELOPMENT OF STUDENTS’ CREATIVE ABILITY
    Muxiyatdinova A-independent researcher of the Tashkent State Pedagogical University
    Abstract. This article focuses on the methods and tools that are active in the development of students' creative abilities, and comments on their role and importance in practical processes. In addition, it provides brief information about the development of students’creativity through optimal solving of mathematical problems.
    Keywords: student, creativity, creative ability, education, problem-based education, innovative methods, advanced technologies.
    Hozirgi zamon ilm va texnikaning rivojlangan davrida maktablarda o’quvchilar faqat darsliklar miqyosida cheklanib qolmastan qo’shimcha amaliy bilimlarni o’qituvchilari yordamida yo’ki mustaqil o’rganib, o’zining intelektual bilimin mustahkamlashga va kengaytirishga harakat qilishadi. Bunga qo’shimcha hozirgi kunda ta’lim sistemasiga qo’yilayotgan talablar ham mustaqil izlanishni qo’llab quvvatlaydi. Buning uchun o’quvchilarga va ularga ta’lim berayotgan ustozlariga katta imkoniyatlar yaratilgan.
    Ijodkorlik o‘rganishning muhim jihati hisoblanadi. Ijodkorlik tufayli o‘quvchi o‘rganishga ijobiy munosabatda bo‘ladi va uning o‘rganishi yanada qiziqarli bo‘ladi. Ijodkorlik sabab o‘quvchi passiv ma’lumotni mahsulotga aylantirish orqali faollashtiradi. Yoshlikdan egallangan ijodkorlik tufayli insonlar kundalik hayotidagi muammolarni osonlikcha hal qila oladilar va balog'at yoshida samaraliroq harakat etuvchi darajasida bo‘lishadi. Bu ta’limning asosiy maqsadlaridan biri: o‘quvchilarni kelajak hayoti uchun yaxshi jihozlash va ularni samarali fuqarolar qilib tarbiyalash. Shu sababli, ayni vaqtda respublika o‘quvchilarining ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish masalasi, bu borada faol qo‘llaniladigan shakl, metov da vositalar hamda ularning ahamiyatiga e’tibor berilmoqda.
    Pedagogikaning asosiy vazifalaridan biri barcha o‘quvchilarning ijodiy faoliyati har tomonlama rivojlanishini ta’minlaydigan shart-sharoitlar yaratishdan iborat. Shu bilan bir qatorda muayyan sohalarda chuqur qiziqishlarini, intilishi va qobiliyatini namoyon qilayotgan o‘quvchilarni aniqlash, ularga bundan keyingi rivojlanishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berish lozim. Buning uchun esa maktab yoshidagi o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirishga doir shart-sharoitlar yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayni shu o‘rinda o‘quvchilarning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda foydalaniladigan shakl, metod va vositalarning ahamiyatining o‘rnini va darajasini oshiradi. Bu borada o‘qituvchining sa’y- harakatlari ham juda ahamiyatli sanaladi. Chunki o‘qituvchi o‘quvchilar ijodiy faoliyatini rivojlantirishga doir innovatsion faoliyatga tayyorlashi, o‘qituvchi va o‘quvchilar munosabatida hamkorlik faoliyatini vujudga keltirishi, ijodiy faoliyatni rivojlantirishda bilishga doir innovatsion texnologiyalardan, zamonaviy metodlardan, eng ilg‘or natijakor shakl va vositalardan foydalanishi o‘quvchilarning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda eng samara beruvchi amaliy ish hisoblanadi.
    Prezidentimiz matematikani o’qitishning yangi dasturi haqida Romonovskiy nomidagi Matematika institutiga bo’lgan tashrifida matematika fanining eski usullarini qo’llamasdan, matematikaning raqobatlashish muhitini yaratishni ilgari surdiva kelajakda Matematika instituti bolalar bog’chalarini, maktablarini va oliy o’quv yurtlarini tashkil qilishni aytdi.
    Matematika, fizika va informatika fanlarini bir-biridan ayirib bo’lmaydi, aksincha bu bog’liqlikni kuchaytirsak, o'quvchilarning bilimini har tomonlama chuqurlashtirishga imkon yaratgan bo'lamiz. Bu yerda bosh ro’lni fan o’qituvchisining o’zi bajaradi. Ayniqsa amaliy matematika masalalarining elementlarin o’quvchilarga tushuntirish orqali ularning fikirlash qobiliyati shuqurlashadi, amaliy fanlarga va masalalarni yechish texnologiyasiga qiziqishi ortadi. Shu aytilganlarni tasdiqlash maqsadida bir qancha misollarni qarab o’tamiz.
    1-misol Perimetri bir xil bo’lgan to’g’ri to’rtburchaklar orasida eng katta maydonga ega bo’ladiganini toping (6-7 sinf o’quvchilari uchun).
    mayli bo’lsa

    а

    1

    2

    3

    4

    5

    6

    7

    8

    9

    10

    11



    b

    15

    14

    13

    12

    11

    10

    9

    8

    7

    6

    5



    S

    15

    28

    39

    48

    55

    60

    63

    64

    63

    60

    55






    bo’lganida
    Hulosa: Perimetri bir xil bo’lgan to’g’ri to’rtburchaklar orasida kvadrat eng kata maydonga ega bo’ladi. (Bu o’quvchilar xotirasida mustakamlanadi.)


    bo’lishi uchun bo’lishi shart. Demak bundan bo’lishi kelib chiqadi.
    bo’lganda bo’ladi. Bu faqat kvadrat uchun o’rinli. (8-sinf)
    Bunday misollarni ko’plab o’quvchilarga topshiriq sifatida berish mumkin.
    Masalan: perimetri bir xil bo’lgan uchburchaklarning ichida qnday uchburchak eng kata maydonga ega bo’ladi; perimetri bir xil bo’lgan teng yonli trapetsiyalarning ichida qanday trapetsiya eng kata maydonga ega bo’ladi.
    2-misol. (11-sinf). Uzunligi а=120 sm, kengligi b=100 sm bo’lgan to’g’ri to’rtburchak formasidagi yog’och berilgan. Uning to’rtta burchagidan taraflari 20 sm bo’lgan kvadratchalar kesib olingan va ko’lami V ga teng bo’lgan yuqori ismi ochiq quti yasalgan, qutining ko’lamini hisoblang.
    2.1 -misol. (11-sinf). Uzunligi а=100 sm, kengligi b=80 sm bo’lgan to’g’ri to’rtburchak formasidagi yog’och berilgan. Uning to’rtta burchagidan taraflari X sm bo’lgan kvadratchalar kesib olingan va ko’lami V ga teng bo’lgan yuqori ismi ochiq quti yasalgan X ni toping.
    Yechimi. Ko’lami Ekstremum qiymatini topish uchun hosiladan foydalanamiz:

    ;
    Formulada bo’lishi zarur. Bundan chegaraviy sharti kelib chiqadi. Demak qiymatida shart bajarilmaydi. Unday bo’lsa bo’ladigan x ning qiymati bo’lishi kelib chiqadi.
    3-Misol. Transport masalasini qaraymiz. 2 ta zavod 2 ta skladdan tsement olib beton ishlab chiqaradi.
    1-zavodga sutkasiga 50 tonna, 2-zavodga bo’lsa sutkasiga 90 tonna tsement kerak bo’ladi. 1-skladta sutkasiga 60 tonna, 2-sidan sutkasiga 80 tonna tsement olishga bo’ladi.
    Tsementni tashish summasi 1 tonna uchun quydagicha:
    1-skladdan 1-zavodga 1,4$; 1-skladdan 2-zavodga 2$;
    2-skladdan 1-zavodga 1,2$; 2-skladdan 2-zavodga 1,6$.
    Biz bu misolda ortiqcha faktorlarni hisobga olmaymiz va quydagi belgilashlarni kiritamiz.
    Х1: 1-skladdan 1-zavodga, Х2: 1- skladdan 2-zavodga,
    Х3: 2-skladdan 1-zavodga, Х4: 2-skladdan 2-zavodga 1 sutkada tashidigan tsement me’yori,
    1-skladdan 60 tonna olinadi: ,
    2-skladdan 80 tonna olinadi : ,
    1-zavodga 50 tonna kerak: ,
    2- zavodga 90 tonna kerak: .
    Quydagi tenglamalar sistemasiga kelamiz:

    Endi ning qanday qiymatida eng kichiq musbat qiymatni qabul qiladi.


    Bundan quydagi kelib chiqadi.
    ;

    Demak ko’paysa funktsiya kamayadi va ga maksimum qiymat beramiz. Bu quydagi natiyjalarni beradi.

    1. ; 2) .

    Bu topilgan qiymatlar optimal hisoblanadi.
    Bunday optimallashtirish masalalari bilan bog’liq oddiy masalalar o’quvchilarning fikirlash qobiliyatini oshirishga kata tasir ko’rsatadi.
    Xulosa qilib aytganda maktab bosqichidagi ta’lim o‘quvchilar bilim olishining poydevori hisoblanar ekan, joiz bo’lsa, mazkur jarayonlarda ilk bilim olish davrlaridayoq o‘quvchilarda ijodiy faoliyatni rivojlantirishni taqozo etadi. Shunday ekan, o‘quvchilarda ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish, ijodiy faoliyatni yanada takomillashtirish lozimligi bugungi kunning kun tartibidagi muammo bo’lishi darkor. Zero, ilk bilim olish davrlarida o‘quvchilarning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish, ijodiy faoliyatini takomillashtirishda o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini e’tiborga olish, ta’limni samarali tashkil etishda darslarni noan’anaviy tarzda o‘tkazish, darslarda innovatsion metodlardan foydalanish, bugungi ta’lim tizimlarida faol bo‘lgan eng ilg‘or shakl, metod va vositalarga murojaat etish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki o‘quvchilarning ijodkolrik qobiliyatlarini rivojlantirish, o‘quvchilarida ijodiy faoliyatni yanada takomil etish ularni har tomonlama yetuk bo‘lishiga xizmat qiladi.


    Foydalanilgan adabiyotlar
    1. Madmuratov T., Kamaliddinova M. Innovacion pedagogik texnalogiya asoslari va uni ta'lim -torbiya yarayonida qýllash. T.: Ta'lim, 2012 y., 8-b.
    2. B. Xaydarov, E. Sarikov, A. Kuchkarov Geometriya. Uchebnik. Tashkent -2014
    3. Farberman B. L. Peredovıe pedagogicheskie texnologii. Tashkent -2000
    4. Taxa X. Vvedenie v issledovanie operaciy. V dvux knigax. Moskva «MIR» 1985.


    Download 44.05 Kb.




    Download 44.05 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’quvchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish muxiyatdinovaA. Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti mustaqil izlanuvchisi Annotatsiya

    Download 44.05 Kb.