1
Magripov M.
Turli
xotira qurilmalaridan
ma'lumotlarni qayta
tiklash
Professional bo'lmagan o'quv qo'llanma
(To'ldirilgan va qayta ishlangan ikkinchi nashr)
Toshkent 2023
3
So'z boshi
Informatsion texnologiyalar rivojlanib borayotgani sari deyarli barcha axborot-u ma'lumotlar
elektron ko'rinishga o'tkazilib, kompyuter xotirasi (HDD yoki SSD) yo bo'lmasam boshqa
axborot
tashuvchi qurilmalar masalan, flesh-xotira (
) hamda
kompakt disklar
(CD yoki DVD) da saqlanmoqda. Bular, rasm, audio, matn yoki video bo'ladimi
buning
ahamiyati yo'q! Lekin,
"tanganing ikkinchi tarafi ham bor" deganlaridek agar, xotiradan o'sha
ma'lumotlar o'chib ketsachi? Keyinchalik ularni qayta tiklashning iloji bormi? Ko'pchilikka bu
kulgili
tuyulishi mumkin ammo,
buning iloji bor (gap fayllar ''
К
''da ham mavjud
bo'lmagan holatlar ustida ketmoqda)! Albatta axborotni
qayta tiklashning qanchalik
muvaffaqiyatli yakunlanishi esa sizning keyingi bajargan ishlaringizga bog'liq.
Odatda xotiradan ma'lumotlar ikki xil hodisa tufayli o'chib ketadi, bular:
Antropogen va
texnogen hodisalaridir.