• CD (Compact Disc)
  • DVD (Digital Versatile Disc - Raqamli Kopmaqsadli Disk, yoki Digital Video Disc - Raqamli Video Disk nomlari bilan ataladi)
  • Kompakt diskdan ma'lumotlarni qayta tiklash




    Download 4,37 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/12
    Sana11.12.2023
    Hajmi4,37 Mb.
    #115348
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    Turli xotira qurilmalaridan ma\'lumotlarni tiklash

    Kompakt diskdan ma'lumotlarni qayta tiklash 
    Kompakt disklar turlari, tuzulishi va ishlash prinsipi 
    Keling, avval kompakt disklar ichki tuzulishi va ishlash prinsipini o'rganib olsak. Kompakt 
    disklar optik disk nomi bilan ham tanilib, ma'lumot saqlovchi va tashuvchi hisoblanadi va asosan 
    polikarbonatdan tayyorlangan, dumaloq, egiluvchan, o'rtasi aylana teshik plastinka shaklida 
    bo'ladi. Aylanish tezligi x1, x2, x4, x8, x16, x32, x48/56 bilan o'lchanadi. Eng tez aylanish x48/52 
    da optik disk soniyasiga 15 marotaba aylanadi. Hozirgi kunda ham optik disklar o'z shuhratini 
    yoqotmagan va turli xildagi ma'lumotlar saqlashga mo'ljallangan. Endi ularning turlari bilan 
    tanishib olsak: 
    CD (Compact Disc) - axborot sig'imi odatda 700-900 Mb bo'lib, diametri 120 mm. qalinligi 1.2 
    mm. Axborot o'qish va yozish tezligi x1 aylanishda 150 Kb/s dan x56 aylanishda 8400 Kb/s 
    gacha yetadi. Axborot o'qish va yozish 780 nanometr uzunlikdagi infraqizil lazer nuri bilan 
    amalga oshiriladi. CD disk o'zida audio (Audio-CD formatdagi) va video (Video-CD formatdagi 
    80 daqiqa davomiylikda) axborotlarni saqlashga mo'ljallangan. Hozirgi vaqtda CD-R (bir 
    martalik yozishga va ko'p marotaba o'qishga mo'ljallangan) va CD-RW (ko'p martalik o'qish 
    hamda yozishga mo'ljallangan) turlari tarqalgan. 
    DVD (Digital Versatile Disc - Raqamli Ko'pmaqsadli Disk, yoki Digital Video Disc - 
    Raqamli Video Disk nomlari bilan ataladi) axborot sig'imi bir tomonli diskda 4.7 Gb, ikki 
    tomonli DVD DS (Dual Side)diskda 8.5 Gb. Axborot yozish va o'qish 650 nanometr uzunlikdagi 
    infraqizil lazer nuri yordamida amalga oshiriladi. Axborot yozish va o'qish x1 tezlikda 1.32 Mb/s 
    ni tashkil qiladi. Diametri va qalinligi CD disk bilan bir xil. DVD disk audio (DVD-Audio 
    formatda), video (DVD-Video formatda) va boshqa turdagi ma'lumotlar (DVD-Data formatda) 
    raqamli ko'rinishda saqlashga mo'ljallangan. DVD diskning DVD-R, DVD+R - bir martalik 
    yozish va ko'p marotaba o'qishga mo'ljallangan (farqi ularning tuzulishi va ish prinsipida) va 
    DVD-RW, DVD+RW - ko'p marotaba yozish va o'qishga mo'ljallangan (farqi ularning tuzulishi 
    va ish prinsipida) kabi turlari mavjud. Hozirgi vaqtda CD diskdan ko'ra DVD diskdan ko'roq 
    foydalanib kelishmoqda. Shu sabab ham ushbu mavzudagi bosh qahramon DVD disk bo'ladi. 
    Endi DVD diskning ichki tuzulishini bilib olsak. Har qanday DVD disk to'rt qatlamdan iborat. 
    A.
    Asos va barcha qolgan qatlamlarni o'zaro birlashtirib turuvchi, asosan polikarbonatdan 
    tayyorlangan egiluvchan, mustahkam va shaffof qatlam. 


    12 

    Download 4,37 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 4,37 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kompakt diskdan ma'lumotlarni qayta tiklash

    Download 4,37 Mb.
    Pdf ko'rish