Diskdagi qirilishlar. Buni yana bir qancha turlarga bo'lish mumkin. Bu holatda disk yuzasiga
tish pastasini yupqa qilib surkab, keyin ehtiyotlik bilan artish maslahat beriladi. Agar bu yordam
bermasa demak, asosiy ishchi qavat shikastlangan va ma'lumotni qayta tiklash deyarli ilojsiz.
14
Diskdagi yoriqlar. Odatda disklarda yoriqlar ikki xil bo'ladi, bular: Aylana bo'ylab va
markazdan chekkaga yo'nalgan chiziqlardir.
Aylana bo'ylab chiziqlar
Markazdan chekkaga yo'ynalgan chiziqlar
15
Odatda agar yoriq markazdan chekkaga qarab cho'zilgan bo'lsa, undagi ma'lumotni qayta tiklash
imkoniyati nihoyatda past. Qayta tiklangan holda ham siz bor axborotni tiklay olmaysiz, agar
chiziqlar aylana bo'ylab bo'lsa, bunday disklardan maxsus dasturlar bilan axborotni qayta tiklash
mumkin.
Kompakt diskni saqlashdagi xatoliklar. Normativ hujjatlar bo'yicha har bir disk alohida
qutida, vertikal holda (ya'ni diskni yotqizib emas tikka tirkab), 10-20 daraja harorat ostida va 20-
65% namlik bilan saqlash joiz. Undan tashqari to'g'ridan-to'g'ri quyosh nuri tushmasligi shart.
Agar yetarlicha sharoit yarata olmasangiz, kompakt disk qatlamlarida turli fizik-ximik hodisalar
kuzatiladi va bu kabi disklardan ham ma'lumot yo qayta tiklanmaydi yo bir qismi yoqotiladi.
Kompakt disk qatlamlaridagi fizik-ximik hodisalar
Yordamchi dasturiy ta'minotlar.
Agar yuqoridagi usullar foyda bermasa demak bir qancha
dasturiy ta'minotlardan foydalanish vaqti keldi. Shunday dasturlardan
biri Recovery Toolbox for
CD Free hisoblanadi
https://recoverytoolbox.com/ru/cd.html
.
Dastur shikastlangan xotira
qurilmalari masalan, HDD, SSD va kompakt disklardan axborotni qayta tiklashda samarali vosita
sifatida qo'llanilinadi va eng muhimi dastur mutlaqo bepul!
16
Recovery Toolbox for CD Free dasturidan foydalanish
|