17
So'ngra tanlagan xotira qurilmasidan qaysi axborotni qayta tiklamoqchiligingizni
belgilang va
yana NEXT tugmasini bosing.
18
Flesh-xotira va SSD-saqlovchidan ma'lumotlarni qayta
tiklash
Ishlash prinsipi
Flesh-xotira hozirgi kunda eng ommalashgan axborot tashuvchi va saqlovchi vosita hisoblanadi.
Ishlash prinsipi quyidagicha. Kichik mikrosxemadagi millionlab yacheykalarning har birida 3 bit
sig'imli ma'lumot saqlanadi.
Flesh-xotiraning ichki tuzulishi
1-USB ulagich 2-mikrokontroller 3-kuzatuv nuqtalari 4-xotira mikrosxemasi 5-kvarts resonator
6-svetodiod 7-o'tkazgich (axborot yozishdan himoyalash) 8-qo'shimcha xotira mikrosxemasi
SSD-saqlovchilarda esa bu
biroz boshqacharoq, SSD-saqlovchi ma'lumotlarni 3
xil xotira turi
bilan saqlaydi.
1. MLC (Multi-Level Cell - Ko'p Bosqichli Yacheyka) - bitta yacheykada 2 bit o'lchamli
axborot saqlanadi.
MLC-xotira ishonchsiz, ma'lumotlarni ko'p marta qayta yozishga (uch ming
martagacha) mo'ljallanmagan va shu sabab ham narx borasida ancha arzon.
2. TLC (Triple-Level Cell - Uch Bosqichli Yacheyka) - bunda har bir yacheykada 3 bit
o'lchamda axborot saqlanadi va axborot xavfsizligi
shuning evaziga ortadi ammo,
tezlik va
axborot qayta yozish soni (ming martagacha) qisqaradi.