24
HDD diskdan ma'lumotni qayta tiklash
Ishlash prinsipi
HDD disk allyumin yoki shisha sifat materialdan tayyorlangan va usti ferromagnit (ko'pincha
xrom dioksidi) bilan qoplangan magnitlangan bitta yoki bir necha disk plastinkalar jamlanmasi
va magnitlangan metall kallak (diskka ma'lumotlarni yozish, tahrirlash va o'chirish uchun)dan
iborat. Ishlash prinsipi oddiy, magnitlangan disk daqiqasiga 5400 (asosan noutbuklarda
ishlatilinadigan)dan 7200 (asosan stol kompyuterlarida ishlatilinadigan) marotaba aylanadi. Shu
vaqt mobaynida diskdan 10 nanometr uzoqlikda joylashgan metal kallak ma'lumotlarni
magnit
maydoni yordamida yozishni boshlaydi.
Ma'lumotlar quyidagicha saqlanadi:
Sektor eng kichik birlik bo'lib, o'zida 512 bayt axborot
saqlaydi. Shunday sektorlar birlashib,
klasterni tashkil qilishadi. Bitta klaster o'zida bir sektordan
128 sektorgacha jamlashi mumkin. Shunday bir
qancha klasterlar esa trekka birlashadi. Ammo
ma'lumotlarning bari klasterlarda saqlanadi ya'ni, eng kichik birlik sifatida klaster tan olingan.
Sababi, sektor juda kichik birlik, trek esa juda ulkan. Endi eng qizig'i shundaki, allyumin disk
aylanish jarayonida unga ma'lumot yozuvchi
metall kallak, axborotni bir klasterga yozib, u
to'lgach ro'para kelgan boshqa bo'sh klasterga qolgan axborotni yozadi. Ya'ni, bunda ma'lumot
o'zaro qo'shni bo'lmagan boshqa-boshqa klasterlardan joy oladi.
HDD diskning ichki tuzulishi
25
A-trek B-geometrik sektor C-klaster sektori D-klaster
HDD diskdan ma'lumotni qayta tiklash
Agar, HDD diskdan qandaydir axborot o'chib ketsa, aslida fayl tizimi
uning manzilini operatsion
tizimga ko'rsatmaydi va ma'lumot turgan klasterni belgilab qo'yadi. Boshqa axborot yozish
jarayonida yuqorida aytilganidek, metal kallak axborotni duch kelgan klasterga yozadi. Shu
vaziyatda agar unga o'zida eski axborotni saqlayotgan klaster duch kelib qolsa, fayl tizimi undagi
belgini ko'radi va bu ma'lumot kerak
emasligini bilib, uni o'chiradi va o'rniga yangisini yozadi.
Demak, ma'lumotni HDD diskdan qayta tiklash avvalambor, axborot aynan qaysi bo'limda
turganiga bog'liq. Agar ma'lumot tizim o'rnatilgan (odatda lokal disk C) bo'limda bo'lsa, uni
qayta tiklash deyarli ilojsiz, yoki to'liq tiklash imkoniyati juda past. Sababi, tizimda muayyan
tarzda turli jarayonlar yuz beradi va bir soniyada e'tibor bering, tahminan 100 ga yaqin fayllar
yozib-o'chiriladi. Bu esa yuqorida aytilganidek belgilangan klasterning metal
kallak bilan
yuzlashish xavfini oshiradi. D bo'limda esa bu ancha oson agar, ma'lumot o'chib ketsa va shu
davr mobaynida siz ushbu bo'limga o'zingiz hech qanday boshqa ma'lumot yozmagan bo'lsangiz,
o'chib ketgan axborotni qayta tiklash imkoniyatlari o'ta yuqori. Axborot qayta tiklash uchun
sizga yuqorida keltirib o'tgan dasturiy ta'minotlar yordam beradi.
HDD diskda ''BAD sektor'' tushunchasi
Vaqt o'tib HDD diskdagi ba'zi sektorlar o'z ish salohiyatlarini yoqotib ularga ma'lumotni yozish,
o'qish va o'chirish intervali qisqarib boraveradi.
Oxir oqibat ular ''BAD sektor''
– hech qanday
ma'lumotni yozib, o'qib va ko'chirib bo'lmaydigan holga keladi. Agar bunday sektorlar tizim
fayllari joylashgan sektorlar bo'lsa u holda kompyuter qaytib ishga tushmaydi va undan qolgan
ma'lumotlarni hech qanday yo'l bilan chiqarib olishning imkoni yo'q!
Agar biror faylni boshqa
yerga ko'chirib o'tkazishda o'z-o'zidan xatolik yuzaga kelsa, HDD diskda BAD sektor mavjud va
zudlik bilan undagi qolgan ma'lumotlarni boshqa xotira qurilmasiga ko'chirish zarur. Unutmang,
HDD diskda bir dona BAD sektor paydo bo'ldimi, demak
bu uning hayoti uzoqqa
cho'zilmasligini bildiradi!