• UMUMIY PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FANIDAN MUSTAQIL ISHI Mavzu :Tafakkur haqida tushuncha va hissiy bilish.
  • Tafakkur haqida tushuncha va hissiy bilish. Tafakkurning asosiy turlari va jarayonlari Tafakkur tipologiyasi Reja
  • UMUMLASHTIRISH
  • ABSTRAKTSIYALASH
  • KONKRETLASHTIRISH
  • "axborot tizimlari va texnologiyalari"




    Download 2,34 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/17
    Sana13.02.2024
    Hajmi2,34 Mb.
    #155675
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
    Bog'liq
    PSIXOLOGUYA



    MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
    O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
    JIZZAX FILIALI 
    SIRTQI BO`LIMI 
    “AXBOROT TIZIMLARI VA TEXNOLOGIYALARI” 
    YO’NALISHI 
    4-BOSQICH 911-20 GURUH 
    TALABASI 
    OSTONOQULOV O'ROLNING 
    UMUMIY PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA 
    FANIDAN
     
    MUSTAQIL ISHI 
    Mavzu
    :Tafakkur haqida tushuncha va hissiy bilish. 
    Tafakkurning asosiy turlari va jarayonlari
     
    2023-yil 


    Tafakkur haqida tushuncha va hissiy bilish. Tafakkurning asosiy turlari va 
    jarayonlari 
    Tafakkur tipologiyasi
    Reja:
     
    1.
    Tafakkur haqida tushuncha va hissiy bilish.
    2.
    Tafakkurning asosiy turlari va jarayonlari.
    3.
    Tafakkurni yuritish va muammoli vaziyat.
    4.
    Mustaqil fikrlashni shakllantirish.
    5.
    O`quvchilar tafakkurini o`rganish metodlari.
    1. Kishining butun hayoti uning oldiga hamisha jiddiy va kechiktirib bo`lmaydigan vazifalar va 
    muammolarni qo`yadi. Bunday muammolarning, qiyinchiliklarning, tasodiflarning yuzaga 
    kelishi atrofimizdagi voqelikda hali juda ko`p no’malum, tushunib bo`lmaydigan kutilmagan, 
    yashirin narsalar borligidan dalolat beradi. Tafakkur shuning uchun ham zarurki, haet va faoliyat 
    davomida har bir individ narsalarning qandaydir yangi, ilgari ma’lum bo`lmagan xususiyatlariga 
    duch keladi. Tafakkur hamisha hali bilib olinmagan yangilikning ana shunday cheksiz chuqur 
    jihatlariga qaratilgan bo`ladi. Har bir odam tafakkur qilar ekan buning bilan shu paytgacha 
    qandaydir yangilikni, noma’lum narsani mustaqil ravishda qayd qiladi. 
    Tafakkur jiddiy ravishda yangilik qidirish va ochishga ijtimoiy jihatdan bogliq, aloqador psixik 
    jarayondir. Tafakkur amaliy faoliyat asosida hissiy bilimlardan paydo bo`ladi va hissiy bilim 
    chegarasidan ancha tashqariga chiqib ketadi. Tafakkur so`zi arabcha “fikr” so`zidan kelib 
    chiqqan bo`lib, o`ylash, muhokama, mushohada va fikr yuritish ma’nolarini bildiradi. Inson 
    borki u fikr yuritish qobiliyatiga ega. Bilish faoliyati sezish va idrok qilishdan boshlanadi va 
    keyin tafakkurga o`tib ketishi mumkin. Biroq istagan tafakkur hatto eng rivojlangan tafakkur 
    ham hamisha hissiy bilim bilan, ya’ni sezgi, idrok va tafovutlar bilan bog`langan bo`ladi. 
    Tafakkur faoliyati o`zining butun materialining faqat bitta manbadan, ya’ni hissiy bilishdan 
    oladi. Tafakkur sezgilar va idrok qilish jarayonlari orqali tashqi olam bilan bevosita bog`lanadi 
    hamda shu tariqa olamni aks ettiradi. Bu aks ettirishning to`g`riligi amaliy faoliyat orqali tabiat 
    va jamiyatni o`zgartirish jarayonida uzluksiz tekshirilib turiladi. Tafakkur sezgi idrok va 
    tasavvurlarning bilish bilan bog`liq bo`lgan ishlarni davom ettiradi va rivojlantiradi hamda 
    ularning chegaralaridan tashqariga chiqib ketadi.
    Tafakkurning til bilan uzviy, chambarchas bog`liqligi inson tafakkurining ijtimoiy, tarixiy 
    mohiyatini ochiq oydin namoyon qilib beradi. Bilim insoniyat tarixi davomida egallangan barcha 
    bilimlarning izchilligini zaruriy tarzda taqozo qiladi. Bilimlarning bu tarixiy vorisligi ularni qayd 
    qilish, mustahkamlash va esda saqlashda bir kishidan boshqasiga, avloddan - avlodga o`tkazish 
    yo`li bilan sodir bo`lishi mumkin. Kimning aqliy taraqqiyoti insoniyatining ijtimoiy-tarixiy 
    taraqqiyoti davomida hosil qilgan bilimlarni o`zlashtirish jarayonida muqarrar ravishda amalga 
    oshiriladi. Individning olamni bilish jarayoni ilmiy bilimlarni tarixiy taraqqiyoti bilan yuzaga 


    kelgan, bevosita ifodalangan, buning natijalarini har bir individ ta’lim olish davomida 
    o`zlashtiradi, bu esa kishining insoniyat bilan munosabatini aynan o`zidir. Tafakkur faoliyati 
    insoniyatning tarixiy taraqqiyoti davomida bilimlarni o`zlashtirish uchun ham va mutlaqo yangi 
    bilimlarni egallash dastavval olimlar tomonidan kashf etilishi uchun ham zarur asos bo`lib 
    qoladi.
    Dunyoni bilish faoliyati asosan ikki yo`ldan borish mumkin. Bevosita yo`l bilan narsa va 
    hodisalarni ayrim xossalarini yaxlitligicha his etamiz, shuningdek ilgari sezib, idrok qilgan 
    narsalarni ko`z oldimizga yaqqol tasavvur qilib bilib olamiz. Bu bevosita hissiy bilishdir. 
    Dunyoni hissiy bilishdan tasavvur orqali bevosita bilishga o`tiladi. Narsa va hodisalar o`rtasidagi 
    munosabat, hamda bog`lanish qonuniyatlarini biz hissiy yo`l bilan bilmay, faqat bevosita yo`l 
    bilan tafakkur orqali to`liq va chuqur bilib olamiz. Masalan, allaqanday bir tanaga tegib turgan 
    qo`ldan kelayotgan harakat sezgisi ana shu tananing harorat holatini bir xilda xarakterlab bera 
    olmaydi. Mana shu harorat sezgisi birinchidan mazkur narsaning issiqlik holati bilan, ya’ni 
    qo`lni issiq yoki sovuq narsaga tekkazib turganligicha bog`liq ravishda boshlanadi. Tafakkur 
    tufayli yuqorida ko`rsatilgan har ikki o`zaro bog`lanish holatini bir-biridan ajratish mumkin. 
    Tafakkur jarayon sifatida psixologik jihatdan tadqiq qilish unday yo bunday bilish natijalarini 
    hosil bo`lishiga olib keladigan ichki, yashirin sabablarni o`rganish demakdir. Tafakkurning 
    bunday natijalari, mahsulotlari masalan, quyidagi omillardir: mazkur o`quvchi masalani echdimi 
    eki echmadimi, o`quvchida masalani echish g`oyasi, rejasi taxminiy yuzaga keladimi yoki 
    kelmaydimi, o`quvchida yangi tushunchalar yoki boshqa shu kabilar tarkib topadimi yoki tarkib 
    topmaydimi. Psixologik fani mana shu faktlarni hammasini ichki, ya’ni fikrlash jarayoni 
    jihatidan ochishga harakat qiladi. Buning bilan psixologiya psixik hodisa voqealarni faqat 
    tasvirlab va ifodalab berish bilan cheklanmay, balki ularning qonuniyatlarini ko`rsatib beradi. 
    Bunda psixologiya fani determinizm ya’ni sababiy bog`lanish printsipiga asoslanadi: tashqi 
    sabablar ichki sharoit orqali amalga oshadi.
    Kishining tafakkur faoliyati uchun uning faqat hissiy bilishi bilan o`zaro bog`liqligigina muhim 
    ahamiyatga ega bo`lib qolmay, balki til bilan, nutq o`zaro bog`liqligi ham muhim ahamiyatga 
    egadir. Bunda inson psixikasi bilan hayvonlar psixikasi o`rtasidagi printsipial farqlardan biri 
    namayon bo`ladi. Hayvonlarning elimentar, juda sodda tafakkuri hamma vaqt fakat ayoniy 
    harakat tafakkurligicha qoladi. Nutq va tafakkur chambarchas bog`langandir. Odam nutq 
    bo`lmasa, til vositalari bo`lmasa, fikr qila olmaydi. Nutq fikrlash qurolidir. Tafakkur bo`lmasa 
    nutq ham, til ham ham bo`lishi mumkin emas. Nutq bo`lmasa, tafakkur ham bo`lmaydi, til 
    materiali bo`lmasa fikrni ifodalab berib bo`lmaydi. Faqat til yordami bilangina odamlar bir-
    biriga o`z fikrini ayta oladilar. Kishilik jamiyatida fikr almashinuv uchun avvalo bu fikrlar 
    odamlarning ongida mustahkamlanishi zarur, shunda ham til bo`lishi albatta shart. Inson 
    tafakkuri ham tarixiy taraqqiyot jarayonida, til yordami bilan bo`ladigan nutq aloqalarida o`sdi, 
    tafakkur mantiqiy formalari ishlab chiqildi. Har bir kishining tafakkuri uning butun umri 
    davomida til yordami bilan bo`ladigan nutq aloqalari jarayonida o`sib boradi. Tafakkurning 
    taraqqiet tarixida tilning roli qanchalik katta bo`lsa, tilning taraqqiyot tarixida ham tafakkurning 
    roli shunchalik kattadir. Grammatika qonunlari, formalari va qoidalarini tuzishda ham ularning 
    takomillashib borishida tafakkur ayniqsa katta ahamiyatga ega. Har bir kishidagi tafakkurning 
    o`sishi shu kishi nutqining o`sishi bilan barobar bo`lganidek, shu kishi nutqining o`sishi ham 
    undagi tafakkurning o`sishiga bog`liq bo`ladi. Shunday qilib tafakkur bilan nutq turli 
    hodisalardir, lekin ayni vaqtda bu ikki hodisa bir biri bilan chambarchas bog`langan, bir birini 
    taqoza qiluvchi va bir biridan tashqarida o`sa olmaydigan hodisadir.
    2. Psixologiya fanida tafakkurning quyidagi turlari ajratiladi.
    1. Ko`rgazmali harakat.
    2. Ko`rgazmali-obrazli.
    3. Mavhum (nazariy) tafakkur.
    Tarixiy taraqqiyot davomida odamlar o`z oldilarida turgan masalalarni dastlab amaliy yordam 
    nuqtaiy nazaridan echganlar, keyinchalik undan nazariy faoliyat ajralib chiqadi. Amaliy va 
    nazariy faoliyat o`zaro chambarchas bog`langandir. Har bir bolaning psixik tarbiya davrida 


    amaliy faoliyat asos qilib olinadi. Bog`chagacha yosh davrida (3 yoshgacha) asosan ko`rgazmali 
    harakat tafakkur bo`ladi. Ko`rgazmali - obrazli tafakkur sodda formada ko`pincha bog`cha 
    yoshidagi bolalarda, 4-7 yoshgacha bo`lgan bolalarda paydo bo`ladi. Bu yoshdagi bolalarda 
    tafakkurning amaliy harakatlar bilan aloqasi garchi saqlanib qolsa ham, lekin bu aloqa 
    avvalgidek to`g`ri mustahkam bo`lmaydi. Bolalar amaliy va ko`rgazmali hissiy tajribalari 
    asosida ularning maktab yoshidagi davrlarida avval sodda shakldagi mavhum tafakkur, ya’ni 
    mavhum tushunchalar shaklidagi tafakkur rivojlanadi. Tafakkur bu erda faqat amaliy harakatlar 
    tarzida va ko`rgazmali obraz shaklida emas, balki avval mavhum tushunchalar va muhokamalar 
    shaklida bo`ladi. Maktab o`quvchilarining to`g`ri fanlar-matematika, fizika, tarix asoslarini 
    o`zlashtirishlari davomida tushunchalarni egallashlari ularninig aqliy taraqqiyotlari uchun katta 
    ahamiyatga egadir. O`quvchilarda tushunchalarning taraqqiy etish jarayonida ko`rgazmalilikning 
    ikki tomonlama rol’ o`ynaydi. Bir tomondan ko`rgazmali tushunchalarning taraqqiyot etishini 
    engillashtiradi. Bola tafakkur taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida hissiy ko`rgazmali konkret 
    material bilan ishlash engil bo`ladi. Masalan, ko`pgina tarixiy tushunchalar tegishli ko`rgazmali 
    tasvirlar, kartinalar, rasmlar va boshqa shu kabilar asosida ancha mustahkam o`zlashtiriladi. Har 
    qanday fikr yuritish faoliyatining bu boshlang`ich va dastlabki shakllari mavhum tafakkur bilan 
    birga hamda uning ta’siri ostida rivojlanib, ilgaridek o`zgarib va takomillashib boradi. 
    Bolalardagina emas, balki katta yoshdagilarda ham fikr yuritish faoliyatining bu boshlang`ich va 
    dastlabki shakllari va hamma turlari doim rivojlanib boradi. Tafakkurning yo`nalishiga qarab 
    nazariy va amaliy tafakkur turlari ajratiladi. Hodisalarni izohlashga qaratilgan tafakkur nazariy 
    tafakkur deb ataladi. Biror narsani izohlab berish no’malum narsani ma’lum qilish demakdir. 
    Turli ayrim tushunchalar o`rtasida bog`lanishlarni va munosabatlarni ochib berish hamda shu 
    bog`lanishlarni muhokamalarda izohlab berish kerak bo`ladi. Izohlab berish izohlanayotgan 
    hodisaning maqsadini, uning nima uchun mavjudligi, uning ahamiyatini va vazifasini ko`rsatib 
    berish demakdir. Izohlovchi tafakkur jarayonida bir qancha savollarga, masalan: “Buning o`zi 
    nima”, ”Nega”, ”Nima sababdan”, ”Nima uchun” degan va shu kabi savollarga javob beriladi. 
    Masalan: “gul - o`simlikdir”, “Psixologiya-fandir”. 73 va 11-1 mikdorlari bir-biriga teng. Mana 
    shu misollarning hammasida biz hodisalar o`rtasidagi bog`lanishlar va munosabatni qayd 
    qilamiz, izohlaymiz. Nazariy tafakkur ayni vaqtda abstrakt tafakkur hamdir. Masalan, hamma 
    jismlar qizdirilganda kengayadi. Har qanday fanni o`zlashtiramiz degan muhokamalar ham 
    nazariy, ham abstrakt tafakkurdir. Nazariy tafakkurda voqelikda mavjud bo`lgan umumiy muhim 
    bog`lanishlar va munosabatlar aks etadi. Shu tufayli biz u yoki bu xil ayrim hodisalarning 
    kelishini (masalan, quyosh va oy tutilgan) vaqtni oldindan ko`rish imkoniyatiga ega bo`lamiz. 
    Nazariy tafakkur oldindan ko`rish imkoniyatini beradigan umumlashtirilgan tafakkurdir. Tevarak 
    atrofdagi voqelikni o`zgartirish yo`li bilan o`zimizga kerakli real narsalarni va hodisalarni 
    olishga yoki yaratishga qaratilgan tafakkur amaliy tafakkur deb ataladi. Amaliy tafakkur 
    jarayonlari bir qancha savollar berishda masalan: qo`yilgan maqsadga erishmoq uchun “nima 
    qilish kerak?”, ”qanday qilish kerak?” va hokazo kabi savollar bilan boshlanadi. Amaliy 
    tafakkurning shundan so`nggi jarayonni ish harakatlarda yoki qo`yilgan savollarga javob 
    beruvchi ish harakatlarni tasavvur qilishda, o`ylashda davom etadi. Nazariy tafakkur kabi amaliy 
    tafakkur ham muhokamalarda, ob’ektlarda biror belgilarning, bog`lanishlarning, 
    qonuniyatlarning borlig`i qat’iy tasdiqlanadi yoki inkor etiladi. Amaliy muhokamalarda 
    odamning ob’ektlarga muayyan maqsadda ta’sir ko`rsatish yo`li bilan shu ob’ektlarni 
    o`zgartirish mumkinligi qa’tiy qilib aytiladi yoki rad etiladi. Amaliy tafakkur odamning xayol 
    qilishi va o`z mo`ljallagandek harakat qilishi, irodasi bilan chambarchas bog`langan. Nazariy 
    tafakkur bilan amaliy tafakkurning birligi shu narsada ifodalanadiki, bilish va praktika 
    jarayonida ularning ahamiyati bir-biridan qolishmaydi. Insonning amaliy tafakkurini o`zida 
    namoyon qiluvchi muayyan maqsadga yo`naltirilgan faoliyati ham avval nazariy bilimlarga ega 
    bo`lishni talab qiladi. Shunday qilib, praktikada atrofimizdagi voqelikni o`zgartirishi vositasidir, 
    shuningdek, bilish usuli va haqiqatning mezonidir. Har xil odamlarda tafakkurning individual 
    xususiyatlarini eng avvalo ularda fikrlash faoliyatining har-xil va o`zaro bir-birini to`ldiruvchi 
    turlari hamda shakllari turlicha nisbatda tarkib topgani uchun yuzaga keladi. Tafakkurning 


    individual xususiyatlariga bilish faoliyatining mustaqqillik, epchillik fikrining tezligi kabi 
    boshqa sifatlar ham kiradi.
    Tafakkur jarayonining quyidagi fikrlash operatsiyalari mavjud.
    1. ANALIZ-yunoncha parchalash, bo`lish, tahlil qilish narsa va hodisalarni fikran tarkibiy 
    qismlarga ajratishdan iborat aqliy jarayon. Masalan: psixologiyada ong hodisasi analiz qilinar 
    ekan, u aql iroda, hissiyot deb uch qismga ajiratiladi. Biror o`simlikni o`rganishda uning 
    qismlarini ildizi, tanasi, shohi, bargi, guli, mevasi va hokazolarni qismlarga bo`lib o`rganiladi.
    2. SINTEZ-yunoncha qo`shish, birlashtirish, narsa va hodisalarning tarkibiy qismlari va sifat 
    xususiyatlarini fikran yoki amaliy ravishda bir butun qilib qo`yishdan iborat aqliy jarayondir. 
    Masalan: narsa hodisalarning muhim belgilari qo`shilishidan yaxlit bir tushuncha hosil bo`ladi. 
    Harflardan bo`g`inlar, bo`g`inlardan so`zlar, so`zlardan gap, gapdan nutq hosil bo`ladi.
    3. TAQQOSLASH-narsa va hodisalarni bir-bir solishtirish, ular o`rtasidagi o`xshashlik, farq, 
    tenglik va qarama - qarshiliklarni topishdir. Taqqoslash tafakkur jarayonlarida muhim ahamiyat 
    kasb etadi. Taqqoslash har qanday tushunish va har qanday fikrlashning negizidir, dunyodagi 
    hamma narsalarni bir-biri bilan taqqoslamasdan bila olmaymiz.
    4. UMUMLASHTIRISH-tafakkurda aks etgan bir turkum narsalarning o`xshash, muhim 
    belgilarni shu narsalar to`g`risida bitta tushuncha bo`lib fikran birlashtirish: Masalan piyoz, 
    kartoshka, karam, sabzi kabilarga xos belgilar “sabzavot” tushunchasi bilan umumlashtiriladi.
    5. ABSTRAKTSIYALASH-umumiy va mavhum tushunchalar yordamida paydo bo`ladigan 
    tafakkur jarayoni. Buyumlarning bir qancha xossalaridan fikran chalg`ish va qaysidir bitta 
    o`zimiz uchun kerakligini ajratib olish abstratsiya deyiladi: Masalan rang, kuch, abstrakat 
    tushunchalardan mosini ajratib olishimiz.
    6. KONKRETLASHTIRISH-bevosita idrok yoki tasavvur qilinayotgan narsa yoki hodisalar 
    haqidagi, ya’ni aniq obrazlarga asoslangan tafakkur jarayondir. Analiz va sintez, umuman 
    tafakkur faoliyati boshqa bir qanday faoliyat kabi hamma vaqt shaxsning qandaydir ehtiyojlariga 
    asoslanadi. Agar ehtiyojlar bo`lmasa hech qanday faoliyat ham bo`lmaydi. Psixologiyada 
    tadqiqot qilinayotgan tafakkur motivlari ikki turli bo`ladi. 1) o`ziga xos bilish motivlari. 2) 
    o`ziga xos bo`lmagan motivlar. Birinchi holda tafakkur faoliyatiga undovchi va uni harakatga 
    keltiruvchi kuchlar bilan ehtiyojlari namoyon bo`ladigan qiziqish va motivlar. Ikkinchi holda 
    tafakkur sof bilish bilan bog`liq bo`lgan qiziqishlar ta’sirida emas, balki ozmi-ko`pmi tashqi 
    sabablar ta’sirida boshlanadi. Kishi u yoki bu ehtiyojlar ta’siri bilan fikr yurita boshlaydi va 
    uning fikr yuritish faoliyati davomida tobora chuqur hamda kuchli bilish ehtiyojlari paydo 
    bo`ladi va taraqqiy etadi.
    Tafakkurning mantiqiy formasi tabiat va jamiyatni bilish hamda o`zgartirishning ijtimoiy-tarixiy 
    taraqqiyoti jarayonida ilmiy bilishlar hosil bo`ladi, rivojlantiriladi va sistemaga solinadi. 
    Bilishning mashhur tarixiy taraqqiyoti va buning natijasida hosil bo`ladigan bilimlar sistemasi 
    bilan nazariyasi, ya’ni falsafaning bir qismi bo`lgan genoseologiya va logika predmetini tashkil 
    etadi. Bilish nazariyasi falsafiy predmeti bo`lib, butun bilish faoliyatining eng umumiy 
    qonunlarini o`rganadi. Logika tafakkurining mantiqiy shakllarini tushunchalarini, hukmlari va 
    xulosalarini o`rganadi. Biror narsa haqida o`ylayotganimizda hamisha tushunchalarga asoslanib 
    ish ko`ramiz. Tushuncha narsa yoki hodisa haqida fikr bo`lib, o`sha narsa yoxud hodisaning 
    umumiy ayni vaqtda muhim xususiyatlarini aks ettiradi. Tushunchalarning mazmuni hukmlarda 
    ochiladi. Hukm voqelikdagi narsa va hodisalar o`rtasidagi yoki ularning xususiyatlari va belgilari 
    o`rtasidagi bog`lanishlarni aks ettirilishi demakdir. Masalan: er quyosh atrofida aylanadi. 
    Hukmlar umumiy, juz’iy va yakka yolg`iz bo`ladi. Umumiy hukmlarda mazkur guruhdagi yoki 
    sinfdagi hamma narsalar to`g`risida nimadir tasdiqlanadi yoki inkor etiladi. Masalan: 8-chi 
    auditoriyadagi talabalarning hammasi 1-kurs talabalaridir. Juz’iy hukmlarda tasdiqlash yoki 
    inkor qilish hamma narsaga tegishli bo`lmaydi, balkim ayrim narsalarga tegishli bo`ladi. 
    Masalan: ba’zi talabalar a’lochilardir. Yakka yolg`iz hukmlarda 1-ta narsaga tegishli bo`ladi. 
    Masalan: bu talaba darsni yomon tayyorlagan. Bir va bir necha hukmlardan yangi hukm 
    chiqariladigan tafakkur formasi xulosa chiqarish deb ataladi. Xulosa chiqarish, mulohaza yuritish 
    bularning hammasi voqelikni bevosita bilimning asosiy shaklidir. Masalan: ”hamma slanetslar 


    yoqilg`idir”, “mazkur jism slanetsdir“ ikkinchi hukm. Demak mazkur jism yoqilg`idir. Boshqa 
    jismlarni keltirib chiqaradigan asosiy hukmlar xulosa chiqarishning asoslari deb ataladi. 
    Xulosalarning mantiqiyligi, mantiqiy tafakkurning xarakterli xususiyatlaridir. Psixologiya 
    individning tafakkur jarayonining o`rganadi, ya’ni u yoki bu fikrning qanday paydo bo`lishi va 
    rivojlanishini tadqiq qiladi. Shunday qilib logikaning predmeti-tafakkur jarayonida paydo 
    bo`ladigan bilish mahsulotlari bilish natijalarining o`zaro nisbatidan iboratdir. Psixologiya esa 
    logika talablarini qondiradigan bilish natijalariga olib keluvchi fikrlash jarayonining 
    qonuniyatlarini o`rganadi: logika ko`proq fikrlash faoliyatining natijalarini, psixologiya esa 
    fikrlash qobiliyatining jarayon sifatida o`rganadi. Boshqalar tomonidan aytilgan biror voqea yoki 
    fikrning mohiyatini tushunish odam fikrlash faoliyatining maqsadlaridan biri hisoblanadi. 
    Tushunish uchun bilimlar, ilgari orttirilgan tajriba g`oyat katta ahamiyatga ega. Tafakkur 
    maqsadga yo`naltirilganlik xarakteriga egadir. Qachonki hayot va amaliyot jarayonida kishi 
    oldida yangi maqsad, yangi muammo, yangicha vaziyat va yangi faoliyat sharoitlari paydo 
    bo`lsa, unda tafakkur qilishga zaruriyat tug`iladi. Masalan: Vrach qandaydir yangi, shu 
    paytgacha ma’lum bo`lmagan kasallikka duch kelib, davolashning yangi metodlarini topib, 
    undan foydalanishga intilganda ana shunday bo`ladi. Tafakkur faqat shunday sharoitlarda zarur 
    bo`ladiki, yangi maqsadlar tug`ilib, bu maqsadlarga erishish uchun faoliyatning eski, avvalgi 
    vosita va usullari etishmay qoladi. Bunday vaziyatlar muammoli vaziyat deb yuritiladi. Tafakkur 
    yangilikni izlash va echish demakdir, muammoli vaziyat bilan masalani farq qilish zarurdir. 
    Muammoli vaziyatda kishi faoliyat davomida ko`pincha kutilmaganda qandaydir, tushunib 
    bo`lmaydigan narsaga, noma’lum tashvishli narsalarga duch kelib qoladi. Masala muammoli 
    vaziyatdan kelib chiqadi, vaziyat bilan mahkam bog`liq bo`ladi, lekin vaziyatdan farq qiladi. 
    Muammoli vaziyat ancha xira hali ko`p jihatdan aniq bo`lmagan va kam anglanilgan 
    taassurotlardir. Muammoli vaziyatdan tafakkur jarayoni boshlanib ketadi. Tafakkur ana shu 
    muammoli vaziyatning o`zini tahlil qilishdan boshlanadi. Muammoli vaziyatni tahlil qilish 
    natijasida sof ma’nodagi muammo paydo bo`ladi. Masalaning yuzaga kelishi muammoli 
    vaziyatdan farq qilib, garchi oldindan bo`lsa ham berilgan (ma’lum) va noma’lum narsalarni 
    taxminan bo`laklarga bo`lishga ulgirildi degan ma’noni anglatadi. Masalani echish davomida 
    tafakkur jarayon sifatida ayniqsa yaqqol namoyon bo`ladi. Tafakkur jarayonida ob’ekt tobora 
    yaqindan yangi aloqalarga kirishadi va ana shu tufayli yangi tushunchalarda qayd qilinayotgan 
    o`zining yangidan-yangi xususiyatlari va sifatlari bilan namoyon bo`ladi. Tafakkur va masala 
    echish o`zaro bir - biri bilan mahkam bog`langandir. Masalani echish faqat tafakkur yordami 
    bilan amalga oshiriladi. Tafakkur yangi muammolarni namoyon qilish va anglash uchun ham 
    zarurdir.
    Tafakkurning mustaqilligi dastavval yangi maqsadda, yangi muammoni ko`ra bilish va ko`ya 
    bilishda, undan so`ng esa ularni o`z kuchi bilan echa bilishga namoyon bo`ladi. Tafakkurning 
    ijodiy xarakteri xuddi mana shunday mustaqillikda yorqin ifodalanadi. Tafakkurning 
    o`zgaruvchanligi shundan iboratki, masalani echishni boshida belgilagan yo`li, asta-sekin yuzaga 
    chiqadigan va avvaldan hisobga olib bo`lmagan muammo shartlarini qanoatlantirmasa, ana shu 
    yo`lni o`zgartira olishdan iboratdir. Fikrning tezligi asosan shunday hollarda kerak bo`ladiki, 
    ba’zan kishida biror qarorni juda qiska muddat ichida qabul qilish talab qilinadi. Har qanday 
    tafakkurning eng muhim belgisi ayrim individual xususiyatlardan qat’iy nazar muhim tomonlarni 
    ajratib, mustaqil ravishda tabora yangi umumlashtirishlarga kela bilishdan iboratdir.
    3. Analiz va sintez, umuman tafakkur faoliyati boshqa har qanday faoliyat kabi hamma vaqt 
    shaxsning qandaydir ehtiyojlarga asoslanadi. Psixologiyada tadqiqot qilinayotgan tafakkur 
    motivlari 2 turli bo`ladi:
    1. O`ziga xos bilish motivlari.
    2. O`ziga xos bo`lmagan motivlar
    Birinchi holda tafakkur faoliyatiga undovchi va uni harakatga keltiruvchi kuchlar bilish 
    ehtiyojlari namayon bo`ladigan qiziqish va motivlar. Ikkinchi holda tafakkur sof bilish bilan 
    bog`liq bo`lgan qiziqishlar ta’sirida emas, balki ozmi ko`pmi tashqi sabablar ta’sirida boshlanadi. 
    Kishi u yoki bu ehtiyojlar ta’siri bilan fikr yurita boshlaydi va uning fikr yuritish faoliyati 


    davomida taboro chuqur hamda kuchli bilish ehtiyojlari paydo bo`ladi va taraqqiyot etadi.
    4. Mustaqil fikrlash shaxsning shunday qobiliyatiki, u tufayli odam narsa va hodisalar xususida 
    o`z qarashi va echimlariga ega bo`ladi. Mustaqil fikr insonning narsa va hodisalar, jamiyatda 
    ro`y berayotgan hodisalarning mohiyati xususida o`z qarashlari bo`lishini taqozo etadi, uning 
    bilish va anglash imkoniyatlari chegarasini kengaytiradi.
    Tafakkur reproduktiv va ijodiy bo`lish mumkin.

    Download 2,34 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 2,34 Mb.
    Pdf ko'rish