• Tafakkur mazmundorligi
  • Tafakkurning chuqurligi
  • Tafakkurning kengligi
  • Tafakkurni mustaqilligi
  • Aqlning sertashabbusligi
  • Aqlning pishiqligi
  • "axborot tizimlari va texnologiyalari"




    Download 2,34 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/17
    Sana13.02.2024
    Hajmi2,34 Mb.
    #155675
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
    Bog'liq
    PSIXOLOGUYA

    4. Tafakkur sifatlari.
    Tafakkur boshqa bilish jarayonlari kabi o’zining individual xususiyatlariga ega bo’lib, fikr 
    yuritish faoliyatining shakllari, vositalari va operatsiyalarining munosabatlari kishilarda turlicha 


    namoyon bo’lishida o’z ifodasini topadi. Odatda tafakkurning individual xususiyat-lari, 
    sifatlariga bilish faoliyatining mazmundorligi, mustaqillik, epchillik, samaradorlik, fikrning 
    kengligi, tezligi, chuqurligi va boshqa sifatlar kiritiladi. [2]
    Tafakkur mazmundorligi deganda insoning tevarak-atrofdagi moddiy voqelik to’g’risida 
    ongda qay miqdorda, ko’lamda mulohazalar, muhokamalar, fikrlar, muammolar, tushunchalar 
    joy olganligi nazarda tutiladi. Insonda sanab o’tilgan xarakterdagi g’oyalar to’lib toshsa, 
    shunchalik tafakkur mazmundor bo’ladi. Kishilar bir-birlaridan birinchi navbatda tafakkurning 
    mazmundorligi bilan tafovutlanadi.
    Tafakkurning chuqurligi deganimizda moddiy dunyodagi narsa-hodisalarning asosiy 
    qonunlari, qonuniyatlari, xossalari, sifatlari ularning o’zaro bog’lanishlari, munosabatlari, 
    tafakkurimizda to’liq aks etganligini tushunishimiz kerak. Tafakkur arsenalida joylashgan 
    narsalarning qay yo’sinda sistemalashganligiga qarab to’g’ri va ratsional yo’l nazarda tutiladi, u 
    yoki bu shaxsning tafakkur chuqurligi to’g’risida qat’iy bir qarorga kelish mumkin.
    Tafakkurning kengligi o’zining mazmundorligi, chuqurligi kabi sifatlari bilan muntazam 
    aloqada bo’ladi. Insonlardagi narsa va hodisalarning eng muhim belgi, xususiyatlarini o’zida 
    mujassamlashtirgan o’tmish yuzasidan, hozirgi davr haqida, shuningdek, kelajak to’g’risida 
    mulohazalar, muammolar va tushunchalarni qamrab olgan tafakkur keng tafakkur deyiladi. Fikr 
    doirasi keng bilim saviyasi yuqori serg’oya ijodiy izlanishdagi kishilarni aql zakovatli, bilimdon 
    yoki tafakkuri keng kishilar deb atash mumkin. Demak, insonning aql-zakovati, bilimdonligi 
    mulohazadorligi uning tafakkurining kengligidan dalolat beradi.[1]
    Inson tafakkuri o’zining mustaqilligi jihatidan mustaqil va nomustaqil tafakkurga 
    ajratiladi. Tafakkurni mustaqilligi deganda kishining shaxsiy tashabbusi bilan o’z oldiga aniq 
    maqsad, yangi vazifalar qo’ya bilishi, ular yuzasidan amaliy va ilmiy xarakterdagi faraz
    gipoteza qilish, natijani ko’z oldiga keltira olishi, qo’yilgan vazifani hech kimning ko’magisiz, 
    ko’rsatmasisiz o’zining aqliy izlanishi tufayli turli yo’l, usul va vositalar topib, mustaqil ravishda 
    hal qilishdan iborat aqliy qobiliyatni tushunish kerak.
    Tafakkurning mustaqilligi aqlning sertashabbusligi, pishiqligi va tanqidiyligida namoyon 
    bo’ladi. Aqlning sertashabbusligi deganda insonning o’z oldiga yangi muammo, aniq maqsad 
    va konkret vazifalar qo’yishni, ana shularning barchasini amalga oshirishda, nihoyasiga 
    etkazishda echimni qidirishda usul va vositalarni shaxsan o’zi izlashi, aqliy zo’r berib intilishi, 
    ularga taaalluqli qo’shimcha belgi va alomatlarni kiritishdan iborat bosqichlarning namoyon 
    bo’lishini nazarda tutamiz. Aqlning pishiqligi vazifalarni tez echishda, echish paytida yangi usul 
    va vositalarni o’z o’rnida aniq qo’llashda, trafaretga aylangan eski yo’l hamda usullardan forig’ 
    bo’lishda va boshqa jarayonlarda ifodalanadi.
    O’zining o’zgalarning mulohazalarini, bu mulohazalarning chin yoki chin emasligini tekshira 
    bilishda va namoyon bo’lgan mulohazalarga, muhokamalarga, muammoli vaziyatga baho bera 
    bilishda aqlning tanqidiyligi muhim rol o’ynaydi. Tafakkurning tanqidiyligi ob’ektiv va 
    sub’ektiv ravishda ifodalanishi mumkin. Mazkur sifat insonni baholash, o’z-o’zini baholash kabi 
    tafakkurning individual xususiyatlari bilan bog’liq ravishda namoyon bo’ladi. Agar tanqidiylik 
    oqilona, muhim belgilarga, muammo mohiyatining to’g’ri ochilishiga, ba’zan etalonga asoslanib 
    amalga oshsa, unday tanqidiylik ob’ektiv tanqidiylik deb ataladi. Mabodo tafakkurning 
    tanqidiyligi sub’ektiv xatolarga, umuman sub’ektivizmga og’ib ketsa, bunday holda sub’ektiv 
    tanqidiylik deyiladi. Sub’ektiv tanqidiylik salbiy oqibatlarga olib keladi, shuningdek insonlar 
    o’rtasida anglashilmovchilik g’ovini vujudga keltiradi, ikki shaxs o’rtasida kutilmaganda 
    ziddiyat paydo bo’ladi. Insonda tafakkurning tanqidiyligi oqilona ratsional tarzda vujudga kelsa, 
    unda shaxs muhim sifat bilan boyiydi deb atash mumkin.[2]
    Maqsad, muammo va vazifalar o’zga shaxslar tomonidan qo’yilib, tayyor usul va vositalarga 
    tayangan holda o’zga kishilarning bevosita yordami bilan amalga oshirilishi jarayonida bir oz 
    ishtirok etgan tafakkur nomustaqil deb ataladi. Nomustaqil tafakkurli kishilar tayyor mahsulotlar 
    quliga aylanadilar, o’sishdan orqada qolish xavfi tug’iladi. Natijada aql-zakovatli inson bo’lish 
    o’rniga, kaltabin, aqldan erinchoq, behafsala odam bo’lib voyaga etadi. Demak, tafakkurning 
    nomustaqillik illati rivojlanishiga to’siq bo’lib, yakka shaxs uchun esa tragediya rolini bajarishi 


    ehtimoldan xoli emas.
    Fikrning mustaqilligi uning mahsuldorligi bilan uzviy bog’langan. Agar inson tomonidan 
    muayyan vaqt ichida ma’lum soha uchun qimmatli va yangi fikrlar, g’oyalar, tavsifnomalar 
    yaratilgan hamda nazariy va amaliy vazifalar hal qilingan bo’lsa, bunday kishining 
    tafakkuri sermahsul tafakkur deb ataladi. Demak, vaqt oralig’ida bajarilgan ish ko’lami va 
    sifatiga oqilona baho berish tafakkur mahsuldorligini o’lchash mezoni sifatida xizmat qiladi.

    Download 2,34 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




    Download 2,34 Mb.
    Pdf ko'rish