|
Iqtisodiy rivojlanishning sikli va iqtisodiy sikl reja
|
bet | 1/8 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 26,87 Kb. | | #144575 |
Bog'liq Iqtisodiy rivojlanishning sikli va iqtisodiy sikl reja REJA: 1. Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning siklliligi. 2. Iqtisodiy sikl nazariyalari.Sikllarning asosiy turlari. 3. Inqirozlarning mazmuni va turlari. 4. XULOSA. 5. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
Iqtisodiy sikl - iqtisodiyot rivojlanishining bir holatdan boshlanib,birin ketin bir necha fazalarni bosib o’tib,o’zining dastlabki holatiga qaytib kelguniga qadar o’tgan davr Iqtisodiyotning siklli rivojlanishi – vaqti-vaqti bilan obyektiv qonunlarning o’zgartirib bo’lmaydigan ta’siri ostida takror ishlab chiqarish harakatida ayrim vaqtlarda,ayrim bo’g’inlarida uzilishlar paydo bo’lishi va bu uzilish iqtisodiyot nomutanosibliklarining keskin shaklda namoyon bo’lishidir.
1.Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning siklliligi
Iqtisodiy sikl fazalari
Turg’unlik
Turg’unlik
Jonlanish
Jonlanish
Yuksalish
Jonlanish
Inqiroz
Inqiroz
Iqtisodiy sikl
Iqtisodiy sikl
Milliy mahsulot hajmi
Vaqt
Inqiroz fazasi
Ishlab chiqarishning pasayishida ifodalanadi.
Turg’unlik fazasi
Bu fazada ishlab chiqarish darajasining barqarorligi ta’minlansada,u inqiroz boshlanishidan oldingi darajaga nisbatan ancha past bo’ladi.Narxlarning pasayishi to’xtab,ssuda foizlari pasayadi,tovar zaxiralari barqarorlashadi.Ishsizlikning yuqori darajasi saqlanib qoladi.Iqtisodiy faollik jonlanishi uchun sharoitlar vujudga kelishi nihoyasiga yetadi.
Jonlanish fazasi
Ishsizlik darajasi bir oz qisqarib,ishlab chiqarish darajasi sekin-asta o’sib boradi.Narxlar ham asta ko’tarilib,ssuda fozizi o’sa boshlaydi.Iqtisodiyotning bandlik darajasining ortishi va foyda hajmining tezlik bilan o’sishi jonlanish fazasining yuksalish bosqichiga o’sib o’tishiga imkoniyat yaratadi.
Yuksalish fazasi
Ishchi kuchiga bo’lgan talabning kengayishi ishsizlikning birmuncha kamayishiga hamda ish haqining o’sishiga olib keladiki,buning oqibatida,iste’mol tovarlariga to’lovga qodir talab kengayadi.Pirovard talabning oshishi,iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga,bozorni kengaytirishga jadal turtki beradi.Raqobat va foyda ketidan quvish oqibatida nomutanosibliklarining to’planib borishidan iborat zanjirli reaksiya tezlashadi.Bu bilan yangi inqiroz muqarrar bo’lib qoladi
|
| |