• Ajratish va konsentrlash jarayonlarining asosiy miqdoriy tavsiflari
  • Nazorat savollari.
  • Mavzu: Nodirmetallarniorganikreagentlaryordamidaajratishvakonsentrlashdaqo'llaniladiganhisoblashusullari




    Download 35,33 Kb.
    Sana19.01.2024
    Hajmi35,33 Kb.
    #141493
    Bog'liq
    AKOR 2-amaliy


    Mavzu: Nodirmetallarniorganikreagentlaryordamidaajratishvakonsentrlashdaqo'llaniladiganhisoblashusullari.
    Murakkab aralashmalarni analiz qilishda ҳar bir modda (ion) lar uchun o'ziga hos analitik reaksiyalar kam. Shuning uchun moddaning sifat va miqdor tarkibini aniqlash maqsadida, aralashma oldin alohida komponentlarga ajratiladi. Ayrim vaqtlarda aniqlanayotgan modda (komponent) ning miqdori analiz qilinadigan eritmada aniqlanish oralig'iga nisbatan ancha kam bo'ladi. Bunday vaqtda analizni boshlashdan oldin konsentrlash (boyitish) amalga oshiriladi.
    Ajratish va konsentrlash amalda ko'pincha birgalikda olib boriladi. Ko'pgina ajratish va konsentrlash usullari moddalarning ikki faza orasida taqsimlanishiga asoslangan.
    Ajratish usuli ikki fazani fizikaviy tabiatiga, taqsimlanish bosqichiga qarab turkumlanishi mumkin.
    Agar bir bosqichda taqsimlanish bo'lsa, statik: ko'p bosqichda taqsimlanish bo'lsa, dinamik yoki xromatografik usul deyiladi.
    Ajratish va konsentrlash jarayonlarining asosiy miqdoriy tavsiflari
    1. Ajratib olish darajasi.-R. U quyidagi formula orqali aniqlanadi.

    Bunda qk –mikroelementning konsentratdagi absolyut miqdori:
    qn– mikroelementning namunadagi absolyut miqdori:
    R-o‘lchovsiz kattalik bo‘lib, modda absolyut miqdorining qancha qismi konsentratda ekanligini ko‘rsatuvchi kattalik hisoblanadi va birning ulushlarida yoki foizlarda o‘lchanadi.
    R-ning qiymati oxirgi aniqlash natijasini sistematik xatoni hisobga olgan holda to‘g‘rilashga imkon beradi. Masalan, temirning tajribada topilgan miqdori 20 mkg va R=0,8 (ya’ni 80%) bo‘lsa, ya’ni XiFe (tajribada topilgani)= 20 mkg; R=0,8 (yoki 80%) u holda
    20mkg----------------------810%
    X to‘g‘rilangani---------------100%

    Ajratib olish darajasi (R ni real obekt tarkibiga o‘xshash yoki shu tarkibga yaqinlashtirilgan) tarkibdagi standart namuna komponentlarini aniqlash sharoitidagidek aniqlanadi.


    2. konsentrlash koeffitsienti – K quyidagi formula orqali aniqlanadi:

    k-o‘lchovsiz kattalik bo‘lib, konsentratdagi element va matritsa absolyut miqdorlari nisbati dastlabki namunadagi element va matritsa absolyut miqdorlari nisbatiga nisbatan necha marta o‘zgarganligini ko‘rsatadi.
    Bunda Qn- makroelementning namunadagi absolyut miqdori.
    Qk- makroelementning konsentratdagi absolyut miqdori.
    Agar Qnqn, Qkqk, R=1 bo‘lsa , u holda

    bo‘ladi.
    Konsentrlash koeffitsientini gradrovkali grafik tuzishda va elementni miqdorini aniqlashda hisobga olinadi.
    K ning qiymati qanchalik katta bo‘lsa metodning effektivligi shunchalik yuqori bo‘ladi.
    Masalan birgalashib chukish. Sorbsiya metodlarida K ning kiymati 103- 104 kabi bo‘lsa bunday metodlar effektiv hisoblanadi.

    Ajratish darajasi – S
    Ajratish darajasi konsentrlash koeffitsientiga teskari bo‘lgan kattalikdir va u kuydagicha aniqlanadi.

    Bu kattalik kamdan kam ishlatiladi. Odatda bu kattalikning kichik bo‘lgani yaxshi.
    Xar bir metod o‘zining xarakteristikasiga ega. Lekin bu yuqorida ko‘rilgan uchta kattalikni istagan metodning xarakteristikasi (xususiyati) (ajratish va konsentrlash) sifatida foydalanish mumkin.
    Konsentrlashning afzalliklari quyidagilardan iborat:
    1.Aniqlanish kuyi chegarasini ikki – uch tartibga (ya’ni 100 va xatto 1000 martagacha ) kamaytiradi, sezgirlikni esa keskin oshiradi
    2. Tanlab tasir etuvchanlikni oshiradi.
    3. Analitik metodlarning analitik imkoniyatlarini kengaytiradi.
    4. Ajratish va xalakit beruvchi tasirlar yo‘kotishi xisobiga metodning metrollogik xarakteristikasini yaxshilaydi.
    Konsentrlashning kamchiliklari esa quyidagilardan iborat;
    1)Aniklash uchun sarflanadigan vaqtning uzayishi.
    2)Qo‘shimcha reagentlar sarflanishi.
    3)Matritsani ajratish jarayonida birgalashib cho‘kish hisobiga mikroelemenlar bir qismining yo‘kotilishi xatoliklarga olib keladi.
    Topshiriq.
    Nikel dimetilglioksimatining ion kuchi 0,05 bo‘lgandagi eruvchanligi
    9,7*10-7g, eruvchanlik ko‘paytmasi 4,3*10-24. Shu kompleksning hosil bo‘lish konstantasini aniqlang.
    Nazorat savollari.

    1. Ajratish va konsentrlash usuli haqida nimalarni bilasiz?

    2. Ajratish va konsentrlash jarayonlarining asosiy miqdoriy tavsiflari nimalardan iborat?

    3. Konsentrlashning afzalliklari nimalardan iborat?

    4. Konsentrlashning kamchiliklari nimalardan iborat?

    Download 35,33 Kb.




    Download 35,33 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Nodirmetallarniorganikreagentlaryordamidaajratishvakonsentrlashdaqo'llaniladiganhisoblashusullari

    Download 35,33 Kb.