Mavzu: Kaliyli o`g`itlar




Download 365.38 Kb.
bet1/16
Sana17.04.2024
Hajmi365.38 Kb.
#198641
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
kim tex J.SHohsanam


Mavzu: Kaliyli o`g`itlar.
Kaliyli o'g'itlardan keng tarqalgani kaliy xlorid va kaliy sulfatdir. Kaliyli o'g'itlarning asosiy xomashyosi: silvinit - KCI ·NaCl, langbeynit - K2SO4·2MgSO4, kamallit-KCl·MgCI2• 6H2O, kainit- KCl·MgSO4·3H2O, shenit ~SO4 ·6H2O boshqalardir. Rossiyaning yirik kaliyli tuz konlariga Ural (Verxnekamskiy va Verxnepechorskiy), Belorusiyadagi Starobinskiy, g'arbiy Ukrainadagi Prikarpatskiy, O'rta Osiyodagi Gaurdakskiy, Karlyukskiy, Jilyanskiy va boshqalami ko'rsatish murnkin. Kaliy xlorid silvinitdan gallurgiya usuli bilan ajratib olinadi (gallurgiya yunoncha so'z bo'lib, «sho'r ish» ma'nosini anglatadi). Bu usul KCI va NaCl ning eruvchanlik harorat koeffitsienti har xilligidan foydalanishga asoslangan. KCl ni issiqlikda yaxshi erishi va sovitilganda uni eruvchanligi kamayib oson kristallanishidan foydalanib, NaCl dan ajratib olinadi. NaCl esa issiqda ham, sovuqda ham eruvchanligi taxminan bir xildir. Silvinitdan KCl ni sanoatda ajratib olish quyidagi asosiy bosqichlardan iboratdir:
1. Silvinit eritmasidan KCl ni kristallab ajratib olingach, qolgan sho'robani qizdirib unda maydalangan silvinitni eritish. Bunda eritmaga faqat KCl erib o'tadi. NaCl esa to'liq qattiq fazada qoladi.
2. Sho'robani cho'kmadan ajratib olish va uni begona qo'shimchalardan tozalab tindirish.
3. Eritmani (KCl va NaCl aralashmasidan iborat) vakuumli sovitish orqali KCl ni kristallash, cho'kmaga tushirish.
4. KCl kristallarini sho'robadan ajratib olish va uni quritish.
5. Sho'robani 110-115 C gacha qizdirish va unda yana yangi porsiya silvinitni eritish.
Keyingi yillarda silvinitdan KCl ni fiotatsiya usuli bilan NaCl dan ajratish keng tarqalmoqda. Yana grovitatsiya (KCl va NaCl ni zichligi har xilligidan foydalanib ajratish usuli) , elektrostatik seperatsiya (qarama-qarshi zaryadlangan zarrachalarning elektr maydonida ajralishiga asoslangan usuldir) usullari ancha istiqbolli hisoblanadi. Xlorsiz kaliyli o'g'it, masalan, ~S04 Rossiyada asosan Prikarpatskiy konidagi (zaxirasi 2,5 mlrd. t.) xlorid sulfatli kaliyli minerallardan, gallurgiya va flotatsiya usullari bilan olinadi.
Kaliyli o’g’itlarning turlari

  • kaliy xlorid;

  • kaliy sulfat;

  • yog’och kuli;

  • kaliy tuzi;

  • kalimagneziya;

  • kaliy;

  • kaliy nitrat.

Xom ashyoni tanlash o’g’it turlariga ta’sir qiladi:

Download 365.38 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 365.38 Kb.