7-amaliy. Yong`inni o`chirishning asosiy
vositalarini hisoblash usullari
1. Dastlabki va avtomatik o`t o`chirish vositalari
2. O`t o`chirishning muqim va ko`chma vositalari
3. Yong`in haqida xabar berish va aloqa vositalari
Dastlabki va avtomatik o`t o`chirish vositalari
Yonish jarayoni to`xtashi uchun oksidlanish - tiklanish ekzotermik zanjir
reaksiyasi tuzilishi kerak. Bu reaksiyada to`xtashning
fizik hamda kimyoviy
usullari qo`llaniladi.
Fizik usullari: alangani yonuvchi modda yuzasidan uzib tashlash, yonuvchi
modda yuzasi haroratini alangalanish haroratidan pasaytirish,
oksidlovchi modda
(kislorod) konsentratsiyasini kamaytirish (ko`pincha yonmaydigan gazlar
konsentratsiyasini oshirish hisobiga) va yonuvchi modda
bilan oksidlovchini bir -
biridan ihotalash.
Kimyoviy usullar yonish reaksiyasini tormozlash hisobiga amalga
oshiriladi. O`t o`chirish vositalari asosan uch guruhga bolinadi:
1) yonishni tugatish usuli bo`yicha —
sovituvchi, aralashtiruvchi ihotalovchi,
ingibirlashtiruvchi;
2) elеktr o`tkazuvchanligi bo`yicha — elеktr tokini o`tkazuvchi (suv, bug`,
ko`pik), elеktr tokini o`tkazmaydigan (gazlar, kukunli birikmalar);
3) zaharliligi bo`yicha — zaharli (freon, brometil), kam zaharli (karbonat
angidrid, azot), zaharsiz (suv, ko`pik, kukunli birikmalar).
Suv o`tni o`chirishda eng keng tarqalgan moddadir. O`zining
quyidagi
xususiyatlari tufayli o`tni o`chirishda eng afzal hisoblanadi. Issiqlik sig`imi katta,
yonayotgan yuzaga tushganda uning issiqligini yutib oladi. Yuqori haroratli
yuzalarga tushgan suv tezda bug`lanadi. Bug`lanish natijasida uning hajmi 1700
marta ortadi va vaqtincha yonayotgan yuzani qamrab
olib havodagi kislorod
miqdorini kamaytiradi. Suvning yuzalarni ho`llash xususiyati yong`inning
tarqalmasligida katta rol o`ynaydi. Uning sirt tarangligi kichik (0,073 n/m)
bo`lganligi uchun yonayotgan moddalarning tirqish va teshiklariga tezda kirib
ularni sovitadi.