ho`llovchi moddalar qo`shiladi. Bu tadbir suv sarfini 2—2,5 marta va o`t o`chirish
vaqtini 20—30 %ga kamaytiradi. Keng tarqalgan On-1 ho`llovchi
moddasidan
suvga og`irligiga ko`ra 3,5—4 miqdor yoki «nekal» HB ho`llovchisi 0,7—0,8
miqdor qo`shiladi.
So`nggi yillarda suv neft mahsulotlarini ham o`chirishda ishlatilmoqda.
Yong`in bo`layotgan yuzalarga u mayda zarrachalar holida sepiladi. Bu mayda
(0,1—0,5 mm kattalikdagi) tomchilar tezda bug`lanadi va bug`
yonayotgan
suyuqlik yuzasini qamrab olib kislorodni o`tkazmaydi. Shuningdek,
suv oxirgi
paytlarda o`t o`chirishda keng qo`llanilayotgan havo-mexanik ko`pik hosil qilishda
ham ishlatiladi.
O`t o`chirishda suvning salbiy xususiyatlaridan biri uning elеktr tokini
o`tkazuvchanligidir. Bu kuchlanish ostida bo`lgan uskunalarni o`chirish
imkonini
bermaydi. Bundan tashqari, suv ayrim moddalar (kaliy, natriy)
bilan kimyoviy
reaksiyaga kirishib parchalanadi. Parchalanish natijasida ajralib chiqadigan
vodorod
portlashi mumkin, kislorod esa yonishni kuchaytiradi. Shuningdek, suv
bilan kalsiy karbidini ham o`chirib boimaydi, chunki unga suv tekkanda yonuvchi
gaz — atsetilen ajralib chiqadi.
Karbonat angidrid gazini yong`in chiqqan zonaga yo`naltirish natijasida u
yerdagi havoning tarkibida kislorod miqdorini kamaytirish orqali yong`in
o`chiriladi. Bu gaz yonmaydi. Agar havodagi kislorod miqdorini 15 %gacha
tushirishga
erishilsa, yonish susayadi. Karbonat angidrid gazi yong`in o`chog`iga
gaz holatida yoki suyultirilgan karbonat angidridli o`t o`chirgich holatida berilishi
mumkin. Suyultirilgan karbonat angidridli o`t o`chirgichda u havo bilan reaksiyaga
kirishib -70 °C haroratli
qorsimon modda hosil qiladi, bu yonayotgan buyumlar
yuzasini yaxshi sovitadi.