|
– rasm. Yengil eruvchan metall qulfli sprinklerBog'liq 7-Yong`inni o`chirishning asosiy vositalarini hisoblash usullari12.8 – rasm. Yengil eruvchan metall qulfli sprinkler:
1 – shtutser; 2 – bronza halqa; 3 – metall diafragma; 4 – shisha sharcha –
qopqoq; 5 – yengil eruvchan metalldan yasalgan qulf; 6 – suvni sochib
beruvchi rozetka.
Sprinkler kallaklari shtutser yordamida shipdan o`tgan suv quvurlariga burab
kirgiziladi (12.8 – rasm). Shtutserning teshigiga zanglamasligi uchun bronza halqa
burab kiritilgan. halqa bilan shtutser orasiga o`rtasi teshik metall diafragma
o`rnatilgan. Diafragmaning bu teshigi shisha sharcha (qopqoq) bilan berkitilgan. U
esa uchta o`zaro yengil eruvchan metall bilan kavsharlab qo`yilgan mis
plastinkalari yordamida ushlab turiladi.
Yong`in chiqqanda, havo qizib sprinkler kallagiga yetib boradi va yengil
eruvchan kavsharlagichga ta`sir qilib qulfni buzib yuboradi. Bosim ostidagi
suvning qopqoqqa ta`siri natijasida u diafragmadan tushib ketadi va suvga yo`l
ochiladi. Teshikdan urilib tushayotgan suv tarqatkichga urilib, 9 – 12 m
2
ga yoyilib
tushadi. Sprinkler qulflari 72, 93, 141, 182 °C da erib ketishga mo`ljallangan.
Drencher kallagi tashqi ko`rinishi bo`yicha sprinkler kallagidan kam farq qiladi.
Faqat unda yengil eruvchan qulf va qopqoq yo`q. Shuning uchun drencher tizimi
xonalarda emas, xonalar va binolar orasiga o`rnatiladi. Bularni yong`in bir sexdan
ikkinchi sexga yoki bir binodan ikkinchi binoga o`tib ketmasligi uchun qo`llaniladi
(12.9 – rasm). Ularni ishga tushirib yuborish qo`lda yoki avtomatik ravishda
issiqlik relelarini qo`llash orqali amalga oshirilishi mumkin.
Sprinkler va drencher uskunalari uzluksiz takomillashtirib boriladi. Hozirgi
paytda ularriing faqat suv emas, balki ko`pik bilan ham o`chira oladigan, avtomatik
boshqariladigan xillari mavjud.
Suv bilan ishlaydigan uskunalarning sprinkler kallaklari oldidagi quvurlarda
suvning bosimi doimo 0,6 MPa. ga, ko`pik bilan ishlaydigan quvurlarda esa 0,3
MPa. ga yaqin bo`lishi kerak. Ko`pik bilan ishlaydigan har bir kallak 17 m
2
ga
mo`ljallanadi. Ko`pik hosil qiluvchi moddaning sarfi 3,5 litr/soat va o`t o`chirish
vaqti 10 – 15 minut deb olinadi.
|
| |