• Sprinkler uskunalari
  •  – rasm. Muqim o`t o`chirish uskunasining sxemasi




    Download 1,03 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/12
    Sana22.02.2024
    Hajmi1,03 Mb.
    #160550
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    7-Yong`inni o`chirishning asosiy vositalarini hisoblash usullari

    12.7 – rasm. Muqim o`t o`chirish uskunasining sxemasi. 
    Xonaning biron yerida yong`in chiqsa, o`sha yerdagi xabar beruvchi 
    vositaga ta`sir qilib va elеktr tarmog`i bo`ylab buyruq beruvchi apparat (7) ga 
    xabar keladi. Bu xabar ijro etuvchi mexanizm orqali ishlatib yuboruvchi uskuna 
    (8) ga uzatiladi. O`z navbatida bu uskuna o`t tizimi (9) ni ishlatib yuboradi 
    (sxemada azot to`ldirilgan ballonlar ko`rsatilgan). Undagi o`t o`chiruvchi modda 
    quvurlardan (6, 2) o`tib, o`t o`chirish kallaklari (3) ga yetib boradi. Yong`in haqida 
    xabar beruvchi vosita (4) ishlagach, buyruq beruvchi apparat (7) yong`in haqida 
    xabar beruvchi uskuna (11) ni ishlatib yuboradi. Muqim o`t o`chirish tizimini 
    ishlatib yuborishni, yuqoridagidek avtomatik ravishda hamda qo`lda yurgizib 
    yuborish boshqarmasi (10) orqali amalga oshirish mumkin. 
    To`qimachilik korxonalarida aksariyat yuqorida zikr qilingan o`t o`chirish 
    tizimi suv ta`minoti tarmoqlari bilan ulangan bo`ladi. Avtomatik o`t o`chirish 
    tizimi xomashyo va tayyor mahsulot omborlari, yigiruv fabrikalarining saralash, 
    chiqindilarni qayta ishlash, changli havoni tozalash xonalari, to`quv va pardozlash 
    fabrikalarining mahsulot sifatini nazorat qilish sexlari va yonuvchi moddalar ko`p 
    miqdorda to`planadigan sex yoki xonalariga o`rnatiladi. 
    Sprinkler uskunalari avtomatik o`t o`chirish vositalariga mansub bo`lib, 
    unda xonaning shipiga suv yoki ko`pik harakatlanadigan quvurlar o`rnatiladi. 
    Ularga ma`lum masofalarda shtutserlar yordamida sprinkler kallaklari o`rnatilgan. 
    Har bir sprinkler kallagi 12 m
    2
    yerga mo`ljallanadi. Oddiy holatda kallaklarning 
    suv yollari qopqoq bilan berk holda turadi. Qopqoqni yengil eruvchan metalldan 
    yasalgan qulf ushlab turadi. 


     

    Download 1,03 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 1,03 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     – rasm. Muqim o`t o`chirish uskunasining sxemasi

    Download 1,03 Mb.
    Pdf ko'rish