Ko`pik hosil qiluvchi qorishma markazdan qochma purkagichga uza-tiladi.
Qorishmaning tomchilari qobiqda konfuzor orqali tashqaridan kelayotgan havo
bilan aralashadi. Bu aralashma metall to`r kataklaridan o`tib karraligi 80 ga teng
bo`lgan ko`pik hosil qiladi va uni yonayotgan yuzalarga yo`naltiriladi.
O`t o`chiruvchi asboblar
O`t o`chiruvchi asboblar dastlabki o`t o`chirish vositasi bo`lib, yong`inning
boshlang`ich davrida, uning kuchayib, tarqalib ketmasligi uchun ishlatiladi. GOST
12.2.047 – 80 «O`t o`chirish texnikasi. Atama va qoidalar» da
o`t o`chiruvchi
moddaning turiga qarab quyidagi xillarga bo`linadi:
1. Suyuqlik vositasidagi (faol yuzali moddalar qo`shilgan suv yoki turli
kimyoviy birikmalarning suvdagi eritmalari); karbonat kislotali (suyultirilgan
karbonat dioksidi); kimyoviy – ko`pikli (kislota va ishqorlarning suvdagi eritmasi);
havo – ko`pikli (ko`pik hosil qiluvchi moddalarning suvdagi eritmasi bilan siqilgan
karbonat angidrid gazi yoki havoning aralashmasi); xladonli, (galloidlangan
uglevodorod asosidagi kukunli moddalar — bromli etil, xladon va boshq.); kukunli
(karbonat ikki oksidli soda asosidagi quruq kukunlar); aralashma holidagi
(kukunlar va ko`pik hosil qiluvchilar).