Havo – ko`pikli o`t o`chirish asboblari ishqorli elementlar va elеktr
uskunalaridan tashqari turli moddalarni o`chirishda ishlatiladi. 12.5 – rasmda OBП
– 10 havo – ko`pikli o`t o`chirish asbobining sxemasi tasvirlangan. Bu asbob
yong`in yuzalarini 60 karrali ko`pik bilan ta`minlashi mumkin. O`t o`chirish
asbobining qobig`ida ko`pik hosil qiluvchi qorishma, stakan ichida esa bosim
ostida karbonat kislotasi joylashtirilgan. Bu asbobni ishga tushirish uchun dastak
qattiq bosiladi, shu bilan birga karbonat kislota solingan ballonchaning
membranasi teshiladi. Undan chiqayotgan karbonat kislota asbob qobig`i ichida
bosim hosil qiladi. Natijada, ko`pik hosil qiluvchi modda sifon orqali karnaysimon
og`izga chiqib, havo bilan aralashib ko`pik hosil qiladi.
Xladonli va aerozolli o`t o`chirish asboblariga karbonat kislotali – brom–
etilli o`t o`chirish asboblari kiradi. Ularning zaryadi sifatida galloidlangan
uglevodorodli birikmalar ishlatiladi (bromli etilen, bromli etil, tetraftordibrometan
va boshq.). Bu asboblar transport vositalari va kuchlanishi 380 V. gacha bo`lgan
elеktr uskunalaridan chiqqan yong`inlarni o`chirishda ishlatiladi.
12.3 – rasm. Karbonat
kislotali o`t o`chirish
asbobi.
12.4 – rasm. Kimyoviy ko`pikli
КҲКЎ – 10 o`t o`chirish asbobi:
1 – tutqich; 2 – qopqoq; 3 – ko`pik
chiqarish teshikchasi; 4 – kislota
to`ldirilgan polietilen stakan; 5 –
ishqor
aralashmasi;6–
po`lat
ballon.
12.5 - rasm. Havo –
ko`pikli OBП – 10 o`t
o`chirish asbobi:1 - tutqich; 2
– dastak; 3 – ko`pik hosil
qiluvchi aralashma; 4 –
purkagich;5 – karnaysimon
quvurcha;6 – metall to`r.
Kukunli o`t o`chirish asboblarida o`chiruvchi modda sifatida kukunli tarkiblar
ishlatiladi. Hozirgi paytda ОП – 1, ОП – 2, ОП – 2Б, ОП – 8 Бl va boshqa kukunli
o`t o`chirish asboblari ishlab chiqarilmoqda.
ОП – l asbobidan tashqari barcha kukunli o`t o`chirish asboblarida kukun
qisilgan havo yoki gaz (azot) yordamida purkaladi. Bu turdagi o`t o`chirish
asboblari ishqoriy metallar, yengil yonuvchi suyuqliklar, kuchlanish ostidagi elеktr
uskunalari yonganda o`chirish uchun ishlatiladi.