• Ingibitorlar.
  • Kukunli birikmalar
  • 7-amaliy. Yong`inni o`chirishning asosiy vositalarini hisoblash usullari




    Download 1,03 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/12
    Sana22.02.2024
    Hajmi1,03 Mb.
    #160550
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    7-Yong`inni o`chirishning asosiy vositalarini hisoblash usullari

    Inert gazlardan azot va argon yong`inni o`chirishda ishlatiladi. Ular ham 
    karbonat angidrid gazi singari havodagi kislorod miqdorini aralashtirib 
    kamaytiradi va bu yong`inni o`chirishga olib keladi. Bu gazlar karbonat angidrid 
    gazichalik samarali emas. 
    Tutun gazlarda kislorod miqdori havodagidan birmuncha kam bo`lib, 
    taxminan 18 – 19 % ni tashkil qiladi. Bu gazlar oxirigacha yondirilsa, undagi 
    kislorod miqdorini 5 – 6 % gacha tushirish mumkin. Bunday gazlar yong`inni 
    o`chirishda bemalol qo`llanilishi mumkin. O`t o`chirishda samolyotlarning o`z ish 
    muddatini o`tagan reaktiv yuritkichlarini ishlatish ham yo`lga qo`yilgan. Bular o`t 
    o`chirish mashinalariga o`rnatiladi va tutun gazlari suv oqimi bilan birga yong`in 
    yuzalariga yo`naltiriladi. 
    Ingibitorlar. Galloidlangan uglevodlar yonish reaksiyasiga kimyoviy 
    susaytirgich orqali ta`sir ko`rsatib yong`inni to`xtatadi. Bular inert gazlarga 
    nisbatan ancha samaralidir. Bu maqsadda bromli etil, bromil etilen


    dibromtetraftoretan, freon (114 B
    2
    )lar ishlatiladi. Freon suv bug`iga nisbatan 20 
    marta, uglerod oksidiga nisbatan 12 marta samaraliroqdir. Galloidlangan 
    uglevodorodlar cho`g`langan paxta xomashyosi va tolasini o`chirishda, ayniqsa 
    qo`l keladi. Elеktr tokini o`tkazmaydi va sovuq havoda muzlab qolmaydi. Ularning 
    qimmatliligi keng qoilashga imkon bermaydi. Bundan tashqari, qaynash 
    haroratining pastligi (38—98°C) va uchuvchanligi ochiq joylardagi yong`inlami 
    o`chirishda qo`llashga monelik qiladi. 
    Kukunli birikmalar yonayotgan gazlar, yengil alangalanuvchan, yonuv-
    chan suyuqliklar, kuchlanish ostida bo`lgan elеktr uskunalarini o`chirishda 
    ishlatiladi. Ular arzonligi tufayli tobora ko`proq qo`llanilmoqda. Asosiy qismi 
    natriy karbonatdan iboratdir. 
    Metalloorganik birikmalarni o`chirishda Ch-2 kukuni ishlatiladi. Uning 
    asosiy qismini freon (114 B
    2
    ) bilan tindirilgan selikogen zarrachalari tashkil etadi. 
    Yong`inga tushgach kukun zarrachalaridan alangaga kuchli tormozlovchi 
    (ingibitor) sifatida ta`sir qiluvchi freon ajralib chiqadi. 
    Ko`pik yonayotgan yuzaga tushgach, uni qoplab olib, kislorod kiri-shidan 
    to`sadi va ajralib chiqayotgan suyuqlik yonayotgan yuzani sovitadi. Ko`pik asosan 
    qattiq moddalar va yonuvchan suyuqliklarni o`chirishda ishlatiladi. U paydo 
    bo`lishiga ko`ra ikki xil bo`ladi: ko`pik hosil qiluvchi qorishmani havo oqimi bilan 
    mexanik aralashtiruv orqali olinadigan havo-mexanik va ishqor eritmasi bilan 
    kislotaning aralashishi natijasida paydo bo`ladigan kimyoviy ko`pik. 
    Ma`lumki, yong`in paytida yonayotgan yuzalarni qoplash uchun ko`plab 
    miqdorda ko`pik hosil qilish kerak bo`ladi. Burring uchun ko`pik hosil qiluvchi 
    modda (penoobrazovatel)larni kuchli bosimdagi suv yoki havo bilan aralashtiriladi. 
    Bu jarayon maxsus uzluksiz ishlovchi apparatlar — ko`pik generatorlari 
    yordamida amalga oshiriladi. Ko`pik hosil qiluvchi moddalar kukun holida bo`lib, 
    odatda biron bir kislotaning (ko`pincha oltingugurt kislotasining) tuzidan va 
    ishqoriy qismi esa natriy bikarbonatning aralashmasidan tashkil topadi. 
    Ko`pik generatorlari ikki turli bo`lib (ПГ - 50 m va ПГ – 100), yonuvchi 
    hamda yengil alangalanuvchan suyuqliklarni o`chirishda ishlatiladi va faqat 
    o`lchamlari bilan farqlanadi. Masalan, 12.1 – rasmda ПГ100 ning sxemasi 
    tasvirlangan. Generator bosim ostidagi suv tarmog`iga ulash uchun mo`ljallangan 
    shtutser (1), uchlik (2), vakuum kamerasi (4) da suvning oqimi tufayli kerakli 
    siyraklanish hosil bo`Iishi uchun diffuzor (3), kukunni elash uchun metalldan 
    yasalgan to`r (6), ta`minlovchi bunker (5), ko`pik chiqaruvchi shtutser (7), 
    sharsimon klapan (8), manometr (9) dan iborat. 
     Diffuzor ustki va ta`minlovchi bunkerining quyi qismida suv berish vaqtincha 
    yoki butunlay to`xtatilganda suv orqaga quyilmasligi va kukunni namlamasligi 
    uchun sharsimon klapan o`rnatilgan. Kukun namlansa va qotib qolsa, ko`pik 


    generatorini ochib tozalash kerak bo`ladi. Suvning bosimini nazorat qilib turish 
    uchun shtutser yaqiniga manometr o`rnatiladi. 
    ПГ – 100 ni ikki kishi boshqaradi: biri ta`minlovchi bunkerga ko`pik hosil 
    qiluvchi kukun solib, generatorni ishga tushirib yuboradi, ikkinchisi esa hosil 
    bolayotgan ko`pikni alanga ustiga yo`naltiradi va shlanglarning buralib 
    qolmasligini nazorat qilib turadi. Shtutserdagi suvning bosimi manometr bo`yicha 
    ish bosimi (4 – 6 atm.b.) qiymatiga yetgach, ta`minlovchi bunkerga kukun solinadi.

    Download 1,03 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 1,03 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    7-amaliy. Yong`inni o`chirishning asosiy vositalarini hisoblash usullari

    Download 1,03 Mb.
    Pdf ko'rish