• Tuproq paydo qiluvchi omillar iqlim, o’simlik va hayvonot olami, ona jinslari, relyef, joyning yoshi (yoki tuproqning yoshi) kabilar kiradi.
  • Ekologik xavfsizlik va barqaror rivojlanish




    Download 0,52 Mb.
    bet1/2
    Sana13.05.2024
    Hajmi0,52 Mb.
    #228638
      1   2

    TUPROQLARNI GEOGRAFIK TARQALISHIDAGI OMILLAR VA QONUNIYATLARNI O’RGANISH.


    Tuproq paydo bo’lish va rivojlanishida turli xildagi uchta o’zaro bog’liq xodisalar gruppasi ajratiladi: tuproq paydo bo’lish omillari, tuproq paydo bo’lish jarayoni, tuproq xossalari. Tuproq har qanday o’simlik va hayvon organizmlari kabi abadiy yashaydi (tirik) va doim o’zgaradi.
    Tuproq paydo qiluvchi omillar deb tuproqqa nisbatan tashqi tabiiy muhitning komponentlari tushuniladi, qaysiki, yer yuzidagi tuproq qoplami ularning ta’sirida va ishtirokida shakillanadi. Genetik tuproqshunoslikning asoschisi V.V.Dokuchayev tuproq hosil qiluvchi omillar haqidagi ta’limotga asos soldi. V.V.Dokuchayev tuproqlarning genezisi (kelib chiqishi va rivojlanishi) va xossalari bilan tuproq hosil qiluvchi omillar orasida mustahkam o’zaro bog’liqlik mavjudligini aniqladi. V.V.Dokuchayevning tavsiyasi bilan tuproq paydo bo’lishining tabiiy sharoitlari tuproq paydo qiluvchi omillarga deb yuritiladigan bo’ldi. Tuproq paydo qiluvchi omillar iqlim, o’simlik va hayvonot olami, ona jinslari, relyef, joyning yoshi (yoki tuproqning yoshi) kabilar kiradi.
    V.V.Dokuchayev ko’rsatganidek, tuproq ham boshqa tabiiy mustaqil jinslar singari o’zining kelib chiqishiga ega va ko’rsatilgan tuproq paydo qiluvchi omillarning o’zaro ta’siri natijasida hosil bo’ladi. Olim yozganidek, «tuproq paydo qiliuvchi barcha omillar o’z mohiyati bilan mutloqo bir hil ahamiyatga ega. Normal tuproqlarning paydo bo’lishida ular barobar ishtirok etadi. Demak, tuproqni o’rganish uchun, yuqorida ko’rsatilgan tuproq paydo qiluvchi omillarni birgalikda o’rganish zarur».
    Iqlim – ob-havoning statistik ko’p yillik rejimi bo’lib, u yoki bu joyning asosiy geografik tavsiflaridan biri – atmosfera holatining va tuproqqa ta’sir etadigan atmosfera jarayonlarining asosiy miqdor ko’rsatgichidir.
    Geologik vaqt nuqtai nazaridan iqlim - o’zgaruvchan hodisa hisoblanadi. Iqlimning o’zgarishi bilan organik dunyoning rivojlanish tarixi, demak, Yer sharidagi tuproq qoplamining rivojlanish tarixi bilan chambarchas bog’liqdir. Iqlim Yer sharining yuzidagi tuproq tiplarining qonuniy joylashishida juda muhim rol o’ynaydi. U tuproq paydo bo’lish jarayonlarining dinamikasidagi ma’lum siklining o’rnatilishida, ularning o’ziga xos xususiyati va yo’nalishida katta axamiyatga ega.
    Tuproq paydo bo’lishiga ta’sir etuvchi shart-sharoitlardan biri – iqlim hisoblanadi. Tuproq hosil qiluvchi asosiy omil bo’lgan iqlim, o’simliklarning o’sib rivojlanishida katta rol o’ynaydi. O’simliklar qoplamining zonal tarqalishi va tuproqdagi biologik jarayonlar energiyasi iqlimga bog’liq. Iqlim elementlaridan hisoblangan tempratura va atmosfera yog’inlari tuproq paydo bo’lishida bevosita ishtirok etib, tuproqning issiqlik va suv rejimlarini belgilaydi. Ammo muayyan maydonlardagi iqlim bilan bog’liq bo’lgan suv, issiqlik rejimi o’simliklar qoplami ta’sirida keskin o’zgaradi. Natijada tuproqning o’ziga xos gidrotermik rejimi yuzaga keladiki, unga tuproq iqlimi deyiladi.
    Tuproq iqlimi tuproqda kechadigan biokimyoviy jarayonlarning tezligiga hamda nurash va ishqorsizlanish jadalligi singari jarayon va xodisalarga bevosita ta’sir etadi. Bu o’zgarishlar o’simlik tiplari, tuproqning mexanik tarkibi, ona jinslar xarakteriga ko’ra turlichadir.
    Iqlim sharoitlari qishloq xo’jaligi, jumladan dehqonchilikda juda katta rol o’ynaydi. Shuning uchun ham iqlim, respublikamizning tabiiy resurslaridan biridir. Qishloq xo’jaligini olib borish sistemasi, bir yilda bir necha marta hosil olish imkoniyatlari, ekinlarning tanlab ekilishi singarilar iqlim sharoitlariga ko’ra belgilanadi.
    Termik va tuproqning namlanish sharoitlariga qarab, iqlim gruppalari ajratiladi. Bunda geografik kengliklar bo’yicha xaroratning bir xilda bo’lmasligi e’tiborga olinadi. Termik gruppalardagi asosiy ko’rsatkich vegitatsiya davridagi 100Sdan yuqori bo’lgan o’rtacha sutkalik harorat hisoblanadi. Ana shu ko’rsatkichga ko’ra iqlimning quyidagi asosiy gruppalari ajratiladi.

    Iqlim gruppalari

    O’rtacha yillik tem, 0S

    100Sdan yuqori
    bo’lgan harorat yig’indisi

    Radiatsiya balansi
    kDj (sm2 yil)

    Sovuq (qutb) iqlimi

    -23 -15

    6000 dan kam - - -

    21-42

    Mo’tadil sovuq (boreal)

    -4 +4

    6000 – 20000 - - -

    42-84

    Mo’tadil iliq (subboreal)

    +10

    20000 – 3800 - - -

    84-210

    Iliq (subtropik)

    +15

    3800 – 80000 - - -

    210-252

    Issiq (tropik) iqlim

    +32

    80000 dan ko’p

    252-336


    Download 0,52 Mb.
      1   2




    Download 0,52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ekologik xavfsizlik va barqaror rivojlanish

    Download 0,52 Mb.