teshikchalar orqali oqib chiqib ishqorga aralashadi va reaksiyaga kirishib ko`pikka
aylana boshlaydi. Ko`pik hajmi juda tez kengaya boradi va ballon ichida 0,08—
0,14 MPa miqdorida bosim hosil qiladi. Hosil bo`lgan ko`pik teshikcha orqali
otilib chiqa boshlagach, uni alanga chiqqan yerga yo`naltirish kerak.
Bu o`t o`chirish asbobida xavfsizlikni ta`minlash
uchun teshikchani sim
bilan oldindan tozalab keyin ishga tushirish kerak. Aks holda ko`pik qotib qolib
teshikchani berkitib qo`ygan bo`lsa, ballon portlab ketishi ham mumkin.
Bundan
tashqari, har yili po`lat ballonni 2 MPa gidravlik bosimda sinab ko`riladi, so`ngra
kislota va ishqor bilan qaytadan to`ldiriladi.