• 1 – хarоrat datchigi; 2 – alanga o’chiruvchi uskuna; 3 – ajratgich; 4 – bоshqarish pulti. O`t o`chirishning dastlabki vositalari
  • 12.11 – rasm. Yong’inga qarshi – to’siq.
  • 7-amaliy. Yong`inni o`chirishning asosiy vositalarini hisoblash usullari




    Download 1,03 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet10/12
    Sana22.02.2024
    Hajmi1,03 Mb.
    #160550
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    7-Yong`inni o`chirishning asosiy vositalarini hisoblash usullari

     
     
     
     
     
     
     
     
    12.9 – rasm. Suv bilan o`chiruvchi drencher kallagi: 
    1 – shtutser; 2 – yoy; 3 – suvni sochib beruvchi rozetka. 
    2.10 – rasm. Mahalliy yong’inni o’chiruvchi avtоmatnk kukunli yong’in 
    o’chirish sхеmasi 
    1 – хarоrat datchigi; 2 – alanga o’chiruvchi uskuna; 3 – ajratgich; 4 – 
    bоshqarish pulti. 
     
    O`t o`chirishning dastlabki vositalari endi boshlanayotgan yong`inlarni 
    o`chirish uchun ishlatiladi. Ular binoning ichida yoki kiraverishida, omborlar 
    yonida, qizil rangga bo`yalgan maxsus taxta shitlariga osib qo`yiladi. Bu 
    vositalarga o`t o`chirish uchun ishlatiladigan asboblar (bolta, belkurak, misrang, 
    changak, chelak), asbest matosi yoki texnik kigiz, bochkada suv, yashikda qum va 
    o`t o`chiruvchi (ko`pikli, karbonat angidridli va kukunli) asboblar, shu bilan birga 
    o`t o`chirishning ichki vodoprovod tizimi ham kiradi. 
    GOST 12.1.004-85(90) MXSM «Yong`in xavfsizligi. Umumiy talablar»ga 
    binoan barcha ishlab chiqarish xonalari va omborlar dastlabki o`t o`chirish 
    vositalari bilan ta`minlanishi kerak. 
    12.11 – rasm. Yong’inga qarshi –
    to’siq. 


    I-bоchka suvi bilan; 2-yong’in chеlaklari; 3-yong’in еnglari; 4-ОPХ-YU o’t 
    o’chirgichi; 5-chеlak-gidrоpulti; 6-ОU-2 o`t o’chirgichi; 7-bеlkuraklar; 8-
    qumli quti; 9-bagralar; 10-lоmlar; 11 - yong’in bоltalari. 
     
     
    Yong`in haqida xabar berish va aloqa vositalari 
    Yong`in boshlanishi haqida o`z vaqtida xabar berish, uni tarqalib ketmasdan 
    tezda o`chirishga va katta talafotlarning oldini olishga imkon beradi. Yong`in 
    boshlanganligi haqidagi xabar yong`inni dastlab ko`rgan kishi tomonidan yoki 
    avtomatik ravishda xabar beruvchi uskuna tomonidan yong`indan muhofaza qilish 
    punktiga hamda sexning ko`ngilli o`t o`chirish komandasiga xabar qilinishi kerak. 
    Avtomatik ravishda xabar beruvchi uskunalar samaraliroq, chunki ularning 
    datchiklari yong`in chiqishi mumkin bo`lgan xavfli joylarga o`rnatiladi. 
    Yong`in haqida tovush signallari, sirena, gudok, metall parchasini urib, 
    telefon, ratsiya va avtomatik signal beruvchilardan ham foydalanib xabar beriladi. 
    Yong`in xavfi yuqori bo`lgan korxonalar tuman yoki shahar o`t o`chirish 
    komandalari bilan bevosita telefon aloqasi orqali bog`lanadi. Yigiruv fabrikalari 
    ham, ayniqsa titish-savash sexlari shunday aloqa vositalariga ega. Sexlarga 
    o`rnatilgan xabar beruvchi moslamalarning bir nechtasi aloqa tarmog`iga ketma-
    ket ulanishi mumkin. Bu shleyf tizimi deyiladi. Parallel ulangan holda har bir 
    moslama qabul stansiyasi bilan ikkita sim orqali ulanadi. Bu «nur» tizimi deyiladi. 
    Har bir nurga ketma-ket holda uchtagacha moslama ulash mumkin. Aloqaning 
    «shleyf» tizimi yirik sanoat korxonalarida qo`llaniladi. 
    Yong`in haqida xabar beruvchi asboblar tugmali va avtomatik ravishda 
    ishlaydigan turlarga bo`linadi. Avtomatik xabar beruvchi asboblarning ish 
    tamoyiliga qarab yorug`lik nuri, tutun, harorat ta`sirida ishlaydigan turlari bor. Ular 
    yong`in paytida ajralib chiqadigan yorug`lik enеrgiyasini, tutun tufayli 
    o`zgaradigan yorug`lik kuchini hamda harorat o`zgarishlarini elеktr signallariga 
    aylantirib, simlar orqali qabul punktlariga yong`in chiqqan joy haqida xabar 
    beradilar yoki bu signallar avtomatik ravishda o`t o`chirish vositalarini ishga 
    tushirib yuboradi. 9.12 – rasmda harorat o`zgarishi natijasida ishga tushadigan 
    xabar beruvchi ПTИM – 1 ning elеktr sxemasi tasvirlangan. U quyidagi tartibda 
    ishlaydi. Qarshilik atrofidagi havoning harorati me`yorda bo`lganda tiratronning 
    anod zanjiridagi tok rele P ning ishlashiga yetarli bo`lmaydi. Harorat ortishi bilan 
    issiqlik qarshiligi R

    o`zining qarshiligini tezda tushirishi natijasida ko`prik 
    sxemasi yelkalarining muvozanati buziladi va tiratronning boshqaruvchi 
    elеktrodida kuchlanish ortadi. 



    Download 1,03 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 1,03 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    7-amaliy. Yong`inni o`chirishning asosiy vositalarini hisoblash usullari

    Download 1,03 Mb.
    Pdf ko'rish