|
"axborot tizimlari va texnologiyalari"Bog'liq PSIXOLOGUYATafakkur ixchamligi deganda muammoni hal qilishning dastlab tuzilgan rejasi mazkur
jarayonda masala echish shartini qanoatlantirmay qolsa, nomutanosiblik hosil bo’lsa hech
ikkilanmay elastik ravishda o’zgartirishlar kiritishdan iborat fikr yuritish faoliyatini tasavvur
qilmog’imiz shart. Fikrning operativ jihatdan tezkorlik bilan o’zgartirishdan va to’g’ri
yo’nalishga yo’llab yuborishdan iborat tafakkur sifati uning ixchamligi deyiladi. Masalan, talaba
imtihonda avval g’oyani noto’g’ri yoritayotib, o’z-o’zicha birdaniga xatosini anglab to’g’ri javob
bera boshlashi kabilar. Demak, tafakkurning mazkur sifati fikrlarni, axborotlarni tinglovchilarga
xato va kamchiliklarsiz etkazib berish garovidir.[1]
Tafakkurning tezligi qo’yilgan savolga va muammoga to’liq javob olingan vaqt bilan
belgilanadi. Uning tezligi qator omillarga, jumladan fikrlar uchun zarur materialni tez yodga
tushira olishga, muvaqqat bog’lanishlarning tezligi, turli hislarning mavjudligiga, insonning
diqqatiga, qiziqishiga bog’liq bo’ladi. Bundan tashqari tafakkurning tezligi boshqa shartlarga –
insonning bilim saviyasiga, fikrlash qobiliyatiga, mavjud ko’nikma va malakalariga ham bog’liq
ekanligi isbotlangan. Xulosa qilib aytganda, tafakkur jarayonlarining tezligi va jarayonlarning
ma’lum fursat ichida qanchalik samara berganligi bilan baholanadi.
Fikrlarning tezligi talabalar va o’quvchilarga zarur psixologik qurol bo’lib xizmat qiladi. Imtihon
paytida, seminar mashg’ulotlarida faol ishtirok qilgan talaba hayajonlanib, egallagan bilimlarini
vaqtincha unutib o’zini yo’qotib qo’yadi. O’rinsiz salbiy emotsiyalar uning tafakkurini
tormozlab, muvaffaqqiyatsizlikka olib keladi, ya’ni fikrni bayon qilishda inertlik paydo bo’lib,
keyinchalik butunlay tormozlanishga aylanadi. Ba’zi talabalar aksincha, imtihonda hayajonlanib
fikrlari ravshanlashadi. Qattiq hayajonlanish, qattiq tashqi ta’sir natijasida uyqudagi ayrim
neyronlar uyg’onib, funktsiyasi jadallashib ketadi va fikr birdaniga ravshanlashishi mumkin.
SHuning uchun o’qitish jarayonida talaba va o’quvchilarning aqliy faoliyatini to’g’ri baholashda
ularning individual tipologik xususiyatlarini hisobga olish maqsadga muvofiqdir.[1]
Jahon psixologlarining ko’rsatishiga qaraganda, yuqorida tahlil qilib chiqilgan tafakkur sifatlari
ularning asosiy xususiyati bilan uzviy bog’liqdir. Tafakkurning asosiy va eng muhim belgisi,
xususiyati bu moddiy voqelikdagi muhim jihatlarni ajratib mustaqil ravishda yangi mazmundagi
umumlashmalarni keltirib chiqarishdir. Inson oddiy narsalar to’g’risida fikr yuritganda ham
ularning tashqi belgilari bilan chegaralanib qolmaydi, balki hodisa mohiyatini ochishga intiladi,
oddiy turmush haqidagi umumiy qonuniyatni yaratishga harakat qiladi. SHubhasiz, inson
tafakkuri hali izlanmagan, to’la foydalanilmagan zahira va imkoniyatlarga ega. Tafakkur
psixologiyasining asosiy vazifasi ana shu zahirani to’la ochish fan-texnika rivojini
intensivlashdan iborat. CHunki har qanday kashfiyot, yangilik, rivojlanish inson aql-
zakovatining mahsulidir. SHu boisdan ham fan va texnikaning rivojlanishi insonshunoslik
fanining rivojiga ko’p jihatdan bog’liqdir. [2]
|
| |