5.
Aqlning tanqidiyligi, o`z ishini aniq baholay olish.
6.
Fikrning
ketma-ketligi
7.
Tafakkurning tezligi
Ijodiy ishda fikrlashning mustaqilligi va tanqidiyligi zarur bo`lib, u aqliy faoliyatning
produktivligini ta’minlaydi.
5. Kismlardan rasm hosil qilish metodikasi A.N.Bernshteyn (1911) tomonidan taklif etilgan
bo`lib, tafakkur xususiyatlarini, rasmning yaxlitligini tahlil qila olish, uning ba’zi qismlari
ketma-ketligini o`rnata olish qobiliyatini o`rganishga mo`ljallangan.
Guruhlar bo`yicha klassifikatsiya qilish metodikasi birinchi marta K.Goldstein (1920) tomonidan
taklif etilgan bo`lib, keyinchalik L.S.Vigotskiy (1934) va B.G.Zeygornik (1958) tomonidan
o`zgartirilgan. Metodika umumlashtirish va mavhumlashtirish jarayonlari darajasini o`rganish
uchun qo`llaniladi.
Ortiqchasini o`chirish metodikasi umumlashtirish va chalg`ish,
muhim belgini ajratish kabi
tafakkur jarayonlari darajasini o`rgatish uchun qo`llaniladi.
Muhim belgini ajratish metodikasi tafakkur xususiyatlarini, predmetlarning muhim belgilarini
ajratish qobiliyatini tekshirishda foydalaniladi.
Bolalarda tushunchali tafakkur xususiyatlarini o`rganish uchun L.S.Vigotskiy va L.S.Saxarov
(1930) metodikasining o`zgartirilgan usulini (A.V.Govorkova) qo`llash mumkin. Bu metodika
yordamida bolaning maqsadga yo`naltirilgan va ketma-ket xarakterlarni bajara olish qobiliyati,
bir necha yo`nalishda tahlil qila olish qobiliyati aniqlanadi.
Intellektni tekshirishning eng keng tarqalgan metodlaridan biri amerikalik psixolog va psixiatr
D.Wechsler (1949) tomonidan ishlab chiqilgan bolalar intellektini o`lchash shkalasidir. Bu
metodikaga 1974 yilda so`nggi marta 5 yoshdan 15 yoshgacha bo`lgan bolalarni tekshirish uchun
o`zgartirishlar kiritildi.
Maktab aqliy taraqqiyoti testi metodikasi M.K.Akimova, E.M.Borisova, V.T.Kozlova,
G.P.Loginovalar tomonidan ishlab chiqilgan bo`lib, o`smirlarning intellektual
taraqqiyoti
darajasini aniqlashga mo`ljallangan.
Hikoyada tushurib qoldirilgan so`zlarni to`ldirish metodikasi H.Ebinjhaus (1891) tomonidan
taklif etilgan bo`lib, nutq rivojlanish xususiyatlarini 10 yoshdan katta bolalarda assotsiativ
jarayonlarni o`rganishda qo`llaniladi.
Inson atrof-olam (narsa, hodisalar, insonlarni) va o‘zini turli xil faoliyatlarni bajarish va bu
ob’ektlarga ta’sir ko‘rsatgan holda ma’lum bir ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatga molik
maqsadlarga erishish uchun o‘rganadi. Sezgi, idrok va tasavvurlar ixtiyorsiz diqqat va
ko‘rgazma-obrazli xotira bilan hamkorlikda insonga aniq bir ob’ektlar va ularning bevosita
o‘rganiladigan xossalari haqida ma’lumot beradilar. Psixik aks ettirishning bu shakllari inson
tomonidan ob’ektiv reallikni bilishning hissiyotli asoslaridir. Lekin alohida jismlar
va real olam
hodisalarini bilish istalgan amaliy vazifani hal etishda yuzaga keladigan uch ahamiyatga ega
bo‘lgan savolga javob topish uchun etarli emas. Bu savollar: «YUzaga kelgan vaziyatda nimani,
qay tarzda bajarish mumkin, va bu harakat natijasida nima hosil bo‘ladi?»dan iborat.[1]
Bu savollarga javob izlashda bizlarga tafakkur yordam beradi. Avvalambor, tafakkur yuksak
darajadagi bilish psixik jarayoni hisoblanadi. Ushbu jarayonning mohiyati inson tomonidan
voqelikning faol ijodiy aks ettirish va o‘zgartirishdan iborat. Tafakkur bevosita idrokda
anglaymaydiganlarni ochib beradi; u olamni ahamiyatli aloqalar va munosabatlarda,
uning turli
xildagi vositalarida aks ettiradi. Tafakkurning asosiy vazifasi real bog‘liqliklarga asoslangan
zarur aloqalarni vaqt va fazodagi tasodifiy mos kelishlardan ajratgan holda aniqlashdan
iborat. Tafakkur jarayonida tasodifiydan zaruratga, ayrimlikdan umumiylikka o‘tish sodir
bo‘ladi.
SHunday qilib,
tafakkurni voqelikni umumlashtirilgan va vositalangan aks ettirish sifatida
ta’riflash mumkin. Bundan tafakkurning muhim belgilaridan biri
umumlashtirishdan iboratligi
kelib chiqadi. Voqelikni umumlashtirgan holda aks ettirish birgina odam va zamondoshlarining
emas, balki, o‘tmish avlodlarining ham tajribasini qayta ishlab chiqish natijasidir. Bu
tajriba til
yordamida og‘zaki va yozma nutqda (o‘qituvchilar ma’ruzalarida, kitob, darsliklarda va h.k.)
ifodalangan. SHuning uchun tafakkur ko‘plab odamlar bilimlarini umumlashtiradi.
Tafakkur jarayonida inson amaliy faoliyat, obrazlar va tasavvurlar, modellar, chizmalar, belgilar,
til kabi jismli va ijtimoiy olamning ahamiyatli aloqa va munosabatlariga kirib borish maqsadida,
insoniyat tomonidan ishlab chiqilgan turli xildagi vositalardan foydalanadi.[1]
Tafakkurning ikkinchi muhim belgisi voqelikni analizatorga bevosita ta’sir ko‘rsatmay,
ko‘pchilik hollarda asboblar ko‘magida olingan qo‘shimcha belgilar yordamida
anglanadiganlarni tushunish va namoyon
qilish imkonini yaratuvchi vositali tarzda aks