|
Tafakkur turlari va shakllariBog'liq PSIXOLOGUYA2. Tafakkur turlari va shakllari
мышления
Tafakkurning ikki darajasi mavjud: fahm-farosat – abstraksiyalardan foydalanish o‘zgarmas
chizmalar, namunalar chegarasida sodir bo‘ladigan oddiy tafakkur, sog‘lom fikr, tafakkurning
boshlang‘ich darajasi, uning mantiqiy mazmunini emas, balki, ibora va dalillar tuzilishini
o‘rganadi, bu aniq, izchilliklik bilan mulohaza yuritish, fikrlarni to‘g‘ri tuzish, dalillarni qat’iy
tizimlashtirish, tasniflash layoqati; aql (dialektik tafakkur) – abstraksiyalarni ijodiy qo‘llash va
ular tabiatini ongli tadqiq etish xususiyatiga ega bo‘lgan nazariy bilishning oliy darajasi, aql
yordamida inson narsalar mohiyati, ularning qonunlari va qarama-qarshiliklarini anglab etadi.[2]
Tafakkurning psixik faoliyat sifatidagi umumiy xususiyatlarni chizma shaklida keltirish
mumkin (13.1 rasm).
13.2 Rasm. Tafakkur turlari.
Tafakkur, odatda, nazariy va amaliy tafakkurlarga bo‘linadi. Nazariy tafakkurda tushunchali va
obrazli tafakkur, amaliy tafakkurda esa –ko‘rgazmali-obrazli va ko‘rgazmali-harakatli tafakkur
ajratiladi.
Tushunchali tafakkur – bu ma’lum tushunchalar qo‘llaniladigan tafakkur. U yoki bu aqliy
masalalarni echishda boshqa odamlar tomonidan aniqlangan va tushunchalar, mulohazalar,
xulosalar shaklida ifodalangan tayyor bilimlardan foydalanamiz.
Obrazli tafakkur – bu obrazlar yordamida mulohaza yuritish jarayonining bir turi. Ular xotiradan
olinadi yoki tasavvurda hosil qilinadi. Ko‘pincha tafakkurning bu turi badiiy ijodkorlik faoliyati
bilan shug‘ullanuvchi odamlarda ustun bo‘ladi.
Tushunchali tafakkur voqelikni aniq va umumlashtirgan holda aks ettiradi, lekin bunday aks
ettirish mavhumdir. O‘z navbatida, obrazli tafakkur atrofimizdagi olamni aniq va sub’ektiv aks
ettirish imkonini beradi. SHunday qilib, tushunchali va obrazli tafakkurlar bir-birini to‘ldiradi.[2]
|
| |