• “Auditning turlari va shakllari”
  • REJA
  • Auditning turlari va shakllari




    Download 176,41 Kb.
    bet1/6
    Sana12.10.2024
    Hajmi176,41 Kb.
    #274850
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Auditning turlari va shakllari



    OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR TA’LIM VAZIRLIGI

    TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

    MASOFAVIY VA IKKINCHI OLIY TA’LIM”


    Fakulteti
    AUDIT” fanidan

    “Auditning turlari va shakllari”




    Bajardi: EgamberdiyevB.I.
    Qabul qildi: Boymurodov I.





    Auditning turlari va shakllari




    REJA:


    1. Kirish

    2. Asosiy qism.

    1. Auditning tushunchasi va ahamiyati.

    2. Audit turlari.

    3. Audit shakllari.

    1. Xulosa.


    Kirish.
    Audit kompaniya va tashkilotlarning moliyaviy faoliyatini tekshirishda muhim rol o‘ynaydi. Har bir audit turi o‘zining maqsad va vazifalariga ega bo‘lib, korxonaning ma'lum bir jarayonini tekshirishga yo‘naltirilgan. Ushbu mustaqil ishda audit turlari va shakllari to‘g‘risida to‘liq ma'lumot beriladi, ularning tasnifi va ahamiyati tahlil qilinadi.


    Auditorlik tekshiruvi xarajatlarini hamda audit o’tkazish davrini kamaytirish maqsadida auditni quyidagi turlarga bo’linadi:

      1. Tasdiqlovchi audit;

      2. Tizimli-orientirlangan audit;

      3. Tavakkalchilikka asoslangan audit.

    Tasdiqlovchi audit tekshirish davomida auditor har bir xo’jalik muomalasini tekshirgan va tasdiqlagan hamda parallel ravishda hisob registrlarini tuzgan. Hozirda esa bu hisob ishlarini qayta tiklash deyiladi.
    Tizimli-orientirlangan audit mijozning ichki nazorat tizimining qay darajada ishlayotganligini tekshirishga asoslanadi. Agarda ichki nazorat tizimi oqilona tashkil qilingan hamda yaxshi ishlayotgan bo’lsa, tashqi auditorlar o’z ishlarini tanlab tekshirish hamda alohida ob’ektlarni nazoratdan o’tkazish bilan cheklanadi. Bu esa, albatta, auditorning ish vaqtini hamda audit jarayoniga qilinadigan xarajatlarni kamaytiradi. Ammo, auditor bunday tekshiruv o’tkazishda mijozning xo’jalik faoliyati tizimi samaradorligini har jihatdan baholashi hamda korxonada yuz beradigan o’g’irlik, firibgarlik holatlarini ham inobatga olishi lozim.
    Tavakkalchilikka asoslangan audit tavakkalchilik baland bo’lgan joyda tekshirish vaqtini ko’proq ajratish hamda past tavakkalchilik bo’lgan joyda tekshirishga kam vaqt ajratishga asoslanadi. Bu tekshirish xarajatlarini kamaytirish yuzasidan kelib chiqadi.
    Auditorlik tekshirivi iqtisodiy nuqtai nazardan ikki turga bo’linadi:

    1. Ichki audit;

    2. Tashqi audit.


    Download 176,41 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 176,41 Kb.