• Antitsipatsiya
  • "axborot tizimlari va texnologiyalari"




    Download 2,34 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/17
    Sana13.02.2024
    Hajmi2,34 Mb.
    #155675
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
    Bog'liq
    PSIXOLOGUYA

    Aniqlashtirish – bu umumlashtirilgan bilimlardan yagona, alohida vaziyatga fikran 
    o‘tish. O‘quv faoliyatida aniqlashtirish – umumiy nazariy qonun, qoida, nizomni tasdiqlovchi 
    misol, rasm, aniq dalilni keltirish demakdir.
    Jism va hodisalarni tizimlashtirish yoki tasniflash ularni bir-biriga o‘xshashlik yoki farqlari 
    asosida guruhlarga bo‘lish. Masalan, o‘quvchilarni o‘zlashtirish, intizom, jamoat ishlaridagi 
    faollik bo‘yicha guruhlarga bo‘lish mumkin.[2]
    Tafakkur quyidagi asosiy qonuniyatlarga bo‘linadi:
    1. Tafakkur muammoni hal etish bilan bog‘liq ravishda yuzaga keladimuammoli 
    vaziyat yuzaga kelish sharoiti vazifasini o‘taydi, u boshlang‘ich ma’lumotning taqchilligi, 
    sub’ektning aqliy faolligi yordamida engib o‘tish zarur bo‘lgan ma’lum bilish to‘siqlari, 
    qiyinchiliklarning yuzaga kelishi bilan xarakterlanadi.
    2. Tafakkurning asosiy mexanizmi, uning umumiy qonuniyati sintez orqali tahlil qilish: ob’ektni 
    boshqa ob’ektlar bilan taqqoslash vositasida unda yangi xossalarni ajratish hisoblanadi; shunday 
    qilib, «ob’ektdan, yangi mazmun yig‘ib olinadi, u har safar o‘zining boshqa tomonlari bilan 
    o‘girilgandek bo‘ladi, unda yanada yangi xossalar namoyon bo‘ladi» (S.L. Rubinshteyn).
    3. Tafakkurning asoslanganligi: har bir dalil, har bir hodisa o‘tmishdagi dalillar va hodisalar 
    asosida tayyorlanadi. Hech bir narsa etarlicha asossiz sodir bo‘lmaydi. Etarlicha asoslash qonuni 
    inson fikrining har bir mulohazada o‘zaro bog‘langan bo‘lishini, birining ikkinchisidan kelib 
    chiqishini talab etadi. Har bir xususiy fikr umumiyroq fikr bilan asoslangan bo‘lishi kerak.
    4. Selektivlik (lot. – tanlash, tanlanish) – ma’lum vaziyat uchun zarur bo‘lgan bilimlarni tanlash, 
    barcha imkoniyatga ega bo‘lgan holatlarni chetlab o‘tgan holda ularni muammoni hal etishga 
    safarbar qilish.
    5. Antitsipatsiya (lat. – oldindan sezish) voqealar rivojini oldindan ko‘ra bilish, oldindan sezishni 
    bildiradi. Inson voqealar rivojini oldindan ko‘ra bilish, ularning natijalarini bashorat qilish, 
    muammo echimining ehtimolligi chizmasini tasavvur qilish qobiliyatiga ega.
    6. Tafakkur refleksivligi. Fikrlovchi sub’ekt doimiy refleksiya holatida bo‘ladi, o‘z 
    mulohazalarini aks ettiradi, ularni tanqidiy baholaydi, o‘zini baholash mezonlarini ishlab 
    chiqadi. Refleksiya deb sub’ektning o‘zini aks ettirishi bilan birga muloqotda bo‘ladigan 
    sheriklarini ham o‘zaro aks ettirishiga aytiladi.[2]

    Download 2,34 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




    Download 2,34 Mb.
    Pdf ko'rish