Va,, Intellektual tizim




Download 24.74 Kb.
Sana05.04.2024
Hajmi24.74 Kb.
#188813
Bog'liq
7b-Malika
4-amaliy mashg‘ulot. ELEKTROMAGNIT KATTALIKLARINI O‘LCHASH USULLARI, шаблон, Документ Microsoft Word, portal.guldu.uz-Kimyo tarixi, Лекция №1. Вычисление определителей второго и третьего порядков., Документ Microsoft Word, sifat bosh stasitik Kalendar reja 7 semestr - MA\'RUZA, 4-амалий машғулот, HISOBOT YUZI (UNIVERSITET), Mavzu, 111, нейрон, 7777777666666, Suxrobbek Fayzullayev Muminov, Ulugbek99

Mavzu: Intellektual boshqaruv tizimlarini robototexnika yo’nalishida qo’llash.
Reja:
1. ,, Intellekt” va ,, Intellektual tizim” tushunchalari
2. Ekspert tizimlarini yaratish
3. Informatika va sun`iy intellekt muammosi

Intellekt va intellektual tizim - bu dunyo va uning bir qismini modellashtiruvchi qudratli tizimlardir.  Intellektual tizim operator - qaror qabul qiluvchi ishtirokida muammolarni hal qilishda intellektual yordamga ega bo'lgan axborot hisoblash tizimi. Sun’iy intellekt - bu zamonaviy EHMIarda amalga oshiriladigan va insonning real intellekti, uning fikrlash faoliyati, psixikasi xususiyatlari, ya’ni avval jamlangan axborotlar asosida maqsadga muvofiq qarorni tanlash qobiliyatini modellashtirish uchun mo'ljallangan sun’iy yaratilgan tizimdir. Boshqaruv tizimlarini yaratishda asosiy intellektual texnologiyalar , jumladan, sun’iy neyron tarmoqlar (ANN), genetik algoritmlar, loyqa mantiqdan samarali foydalanish mumkin. Shu bilan birga, ulardan foydalanishning maqsadga muvofiqligi hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun taqsimlangan sxemalarni amalga oshirish qobiliyati bilan belgilanadi, bu esa kerakli hisob-kitoblarning murakkabligini sezilarli darajada oshirmasdan qidiruv maydonini kengaytirish imkonini beradi; boshqaruv jarayonlarini tabiiy tilga yaqin "oddiy" til orqali tasvirlash qobiliyati; nochiziqli boshqaruv ob'ektlarini analitik bo'lmagan tasvirlash va noaniqlik va ko'p sonli maxsus vaziyatlar bilan tavsiflangan jarayonlarni tavsiflash imkoniyati; noto'g'ri rasmiylashtirilgan muammolarni hal qilish uchun makonda tezda izlash qobiliyati. Intellektual tizimlar ular bilimga asoslangan tizimlardir. Kompyuterda qayta ishlansa , bilim xuddi ma'lumotlarga o'xshash tarzda o'zgaradi: 1) tafakkur natijasida inson xotirasidagi bilim. 2) bilimlarning moddiy tashuvchilari (darsliklar, o'quv qurollari). 3) Bilim sohasi - predmet sohasining asosiy ob'ektlari, ularni bir-biriga bog'lovchi sifatlari va qonuniyatlarining shartli tavsifi. 4) Har qanday model (ishlab chiqarish, semantik, ramka yoki boshqa) asosida bilimlarni ifodalash. Ishlab chiqarish yoki qoidaga asoslangan model bilimlarni jumlalar shaklida ifodalash imkonini beradi. Intellektual Axborot tizimi (yoki bilimga asoslangan tizim) foydalanuvchilarning o'ziga xos axborot ehtiyojlariga qarab turli sinflarning amaliy muammolarini hal qilish variantlarini yaratish uchun bilimlar bazasidan foydalanish kontseptsiyasiga asoslanadi. Bunday tizimlarni qurishdan asosiy maqsad amaliyotda yuzaga keladigan murakkab muammolarni hal qilish uchun yuqori malakali mutaxassislarning bilimlarini aniqlash, tadqiq qilish va qo'llashdan iborat. Bilimga asoslangan tizimlarni qurishda mutaxassislar tomonidan muayyan muammolarni hal qilish uchun maxsus qoidalar shaklida to'plangan bilimlardan foydalaniladi


  Sun’iy intellekt muammosi - kishilik tarixida insoniyat oldida turgan eng murakkab ilmiy-amaliy muammolardan biridir. Hozirgi vaqtda bu informatika va hisoblash texnikasini rivojlantirishning asosiy yo'nalishidir. Sun’iy intellektga doir tadqiqotlarda quyidagi metodlar majmuidan foydalaniladi: matematik mantiq metodlari, freymlar tili, matematik va amaliy lingvistika metodlari; bilish mexanizmini o'rganuvchi kognitiv psixologiya metodlari va h.k. Intellektual EHMIaming o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, ular ma’lumotlar bazalaridan emas, balki bilim bazalaridan foydalanadi. Voqelikni bilishning tajribada tekshirib ko'rilgan natijasi bilim hisoblanadi. Huquq sohasiga tatbiqan bilim - bu insoniyat tomonidan to'plangan instinktlar, faktlar, prinsiplar va huquqiy bilishning boshqa obyektlaridir. Shuning uchun ham, ma’lumotlar bazasidan farqli o'laroq, bilimlar bazasidan hujjatlar, kitoblar, maqolalar va hisobotlarda ifoda etilgan ma’lumotlar o'rin oladi.
Dastlabki eng sodda intellektual tizimlar sobiq SSSRda 60- va 70- yillarda yaratilgan. Bunday tizimlar EHM yordamida murakkab faktlarning tarkiblarini tasniflash imkonini bergan. 60- yillarda huquqni qo'llash sohasini modellashtirish masalalari akademik V.N. Kudryavsevning diqqat markazida bo'lgan. V.N. Kudryavsev turli yuridik qoidalar, institutlar, alohida normalar birgalikda va ayri holda ko'plab har xil algoritmlarga ega ekanligini qayd etadi. Ammo ular haddan tashqari umumiy xususiyatga ega. Shunga qaramay, yuridik ahamiyatga ega bo'lgan harakatlami tasniflash jarayonini tartibga soluvchi dasturlar yaratilishi mumkin. 1970-yili N.V. Kudryavsev vazifasi jinoyatlami tasniflashda huquq normalarining qo'llanilishi jarayonining evristik xususiyatlarini o'rganishdan iborat bo'lgan psixologik eksperiment o'tkazdi. Eksperiment natijasida ko'pgina holatlarda vazifalarning yechimi ikki qismdan: vazifaning tipini aniqlash algoritmini tuzish va undan foydalanish hamda algoritmdan so'zning o'z ma’nosida foydalanishdan iborat ekanligi aniqlandi. Vazifaning tipini aniqlashning maqsadi yechimni qaysi sohadan izlash zarurligini taxminan aniqlashdan iborat. Unga muvofiq tasniflashning asosiy algoritmi ham qayta tuziladi.


Download 24.74 Kb.




Download 24.74 Kb.