|
"axborot tizimlari va texnologiyalari"Bog'liq PSIXOLOGUYAParishonxotir buyuklar
Savol. Nima uchun buyuk insonlar ko‘pincha parishonxotir bo‘lishadi? Shu yerda tafakkur
pasayib borishining sababini ham aytib o‘tsangiz.
Javob: Haqiqatan ham kuchli ilm sohiblari parishonxotir bo‘lishadi. Parishonxotirlik – bu diqqat
tarqoqligi va xotiraning yengil buzilishidir. Kuchli olimlar doimo xayol surib yurishadi, ko‘p
ixtirolar modelini xayol surib yaratishadi, g‘oyalar doimiy xayol surishlar orqali dunyoga keladi,
xayol surishlar tungi uyqusizliklar sababchisi hamdir. Buning natijasida atrofdagilar bilan
bo‘layotgan savol-javoblar va gap-so‘zlarga go‘yoki diqqatini qaratmaydi. Diqqat qilinmagan
narsa esda saqlanmaydi. Bu yerda orzu bilan xayolni chalkashtirmaslik kerak. Orzu – bu bizning
atrofimizda uchib yuradigan shirin xayol. Uni ushlash kerak, agar ushlamasangiz, “paypaslab
ko‘rmasangiz” va ishga solmasangiz quruq orzu bo‘lib qolaveradi. G‘oya esa amalga oshgan
xayoldir. Yuksak tafakkur egalarida xayol ko‘p hollarda g‘oyaga aylanadi. Tasodifan yaratilgan
g‘oyalar oddiy bir xayollar negizida yuzaga keladi. Buning orqasidan qanchalik buyuk shaxslar
Nobel mukofotiga sazovor bo‘lishgan. Mark Tven, A. Eynshteyn ajoyib hayolparast bo‘lishgan.
Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin.
Biroq parishonxotirlik oddiy odamlar orasida ham kuzatiladi. Ba’zi odamlarning (ayniqsa, 40-50
yoshdan oshganlarning) diqqati tarqoqlashib, xotirasi pasayib tafakkur doirasi torayib boradi.
Yosh o‘tgan sayin bu holat kuchaya boshlaydi. Xotira va tafakkurning bunday buzilishlari
ateroskleroz, ensefalopatiya, bosh miya jaroxatlari, gipertoniya kasalligi kabi holatlarda
uchraydi. Katta yoshdagilarda tafakkur pasayishiga demensiya deb aytiladi. Demensiya
Alsxaymer kasalligining asosiy belgisidir. Bolalarda uchraydigan aqliy zaiflikka oligofreniya
deyiladi. Oligofreniya tug‘ma bo‘ladi yoki turli bosh miya kasalliklari sababli rivojlanadi.
Qarindosh-tuqqanlar orasida turmush qurish ham tuzatib bo‘lmas aqliy zaif bolalar tug‘ilishiga
sababchi bo‘ladi.
|
| |