• Filogenetik yo‘nalish
  • "axborot tizimlari va texnologiyalari"




    Download 2,34 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet12/17
    Sana13.02.2024
    Hajmi2,34 Mb.
    #155675
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
    Bog'liq
    PSIXOLOGUYA

    bosqichi umumlashtirish bilan bog‘liqligi ko‘rsatib o‘tiladi. Bunda bolaning birinchi 
    umumlashtirishlari amaliy faoliyatdan ajralmasdir, bu bolaning o‘zaro o‘xshash jismlar bilan 
    bajaradigan bir xildagi harakatlarida o‘z ifodasini topadi. Bu intilish bola hayotining dastlabki 
    yilining oxiriga kelib namoyon bo‘la boshlaydi. Jismlarning alohida xossalarini bilgan holda ikki 
    yoshli bola ma’lum amaliy masalalarni echa oladi. Xuddi shunday, bir yoshu uch oylik bola 
    narsalar solingan og‘ir qutini joyidan surish uchun narsalarning yarmini olib tashlaydi, so‘ngra 
    zarur harakatni amalga oshiradi.
    Bola tafakkuri rivojlanishining keyingi bosqichi nutqni egallab borishi bilan bog‘liq. Bola bilib 
    olgan so‘zlar unga umumlashtirishni amalga oshirishda tayanch bo‘ladi. Ular tez orada bola 
    uchun umumiy ma’noga ega bo‘lib, bir jismdan ikkinchisiga oson ko‘chiriladi. Lekin ko‘p 
    hollarda jism va hodisalarning qandaydir alohida belgilari bola o‘sha jismlarga nisbatan 
    qo‘laydigan birinchi so‘zlar ma’nosini bildiradi. Xuddi shunday, ko‘pincha «olma» so‘zi bolalar 
    tomonidan barcha dumaloq shakldagi yoki qizil rangdagi jismlar bilan solishtiriladi.
    Bola tafakkurining navbatdagi bosqichida bola bir xildagi jismni bir necha so‘zlar bilan atashi 
    mumkin. Bu hodisa bolada ikki yosh atrofida kuzatiladi va solishtirish tafakkur operatsiyasining 
    shakllanishidan dalolat beradi.
    Bayon etilgan ma’lumotlar asosida maktabgacha yoshdagi bola tafakkurining bir nechta 
    ahamiyatli bo‘lgan xususiyatlarini aniqlashimiz mumkin. Xuddi shunday, bola tafakkurining 
    ahamiyatga ega bo‘lgan xususiyati bolaning birinchi umumlashtirishi harakat bilan 
    bog‘liqligidan iborat. Bola harakatlanib, fikr yuritadi. Bola tafakkuriga xos bo‘lgan xususiyat – 
    tafakkur aniqligida namoyon bo‘ladigan ko‘rgazmaliligidir.
    Bola maktab yoshiga etganida unda fikrlash imkoniyatlarining taraqqiyoti kuzatiladi. Bu hodisa 
    yosh o‘zgarishlari bilan birga, birinchi navbatda, maktabda ta’lim olishda bola echishi zarur 
    bo‘lgan intellektual masalalar bilan ham bog‘liqdir. Tushunchalar hosil bo‘lish jarayonida 
    fikrlash operatsiyalarining taraqqiyoti sodir bo‘ladi. Maktab bolani tahlil qilishga, sintezlashga, 
    umumlashtirishga o‘rgatadi, induksiya va deduksiyani rivojlantiradi. Maktabni tugatganida 
    odamda tafakkurni rivojlantirish imkoniyati saqlanib qoladi. Lekin bunday rivojlanish 


    dinamikasi, yo‘nalganligi uning faqat o‘zigagina bog‘liq bo‘ladi.[2]
    Hozirgi kunda fan tafakkurni rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratgan. Amaliyotda 
    tafakkurni rivojlantirishning filogenetik, ontogenetik va tajribaviy yo‘nalishlari 
    mavjud. Filogenetik yo‘nalish insoniyat tarixiy rivojlanish jarayonida inson tafakkuri 
    rivojlanishi va takomillashishini o‘rganishni taqazo etadi. Ontogenetik yo‘nalish bir odamning 
    hayotiy jarayoni asosiy bosqichlarining rivojlanishi bilan bog‘liq. O‘z navbatida, tajriba 
    yo‘nalishi  tafakkurni tajribada tadqiq etish muammolari va aqlning alohida, sun’iy tashkil 
    etilgan sharoitlarda rivojlanish imkoniyati bilan bog‘liq.
    Nima uchun ba’zilar yuqori tafakkur egasi bo‘ladi-yu, boshqa birovlar qanchalik urinmasin 
    yetuklikka erisha olmaydi. Tafakkur darajasi naslga bog‘liqmi? Yetuk tafakkurga ega bo‘lish 
    uchun kuchli xotiraga ega bo‘lish kerakmi? Xotira bilan tafakkur orasida qanday bog‘liqlik bor? 
    Tafakkur nima uchun pasayadi? Nima uchun aqli zaif bolalar tug‘iladi yoki nima uchun sog‘lom 
    fikrlaydigan odamlar orasida yoshi o‘tgandan so‘ng aqli zaiflashib boradiganlar bo‘ladi?

    Download 2,34 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




    Download 2,34 Mb.
    Pdf ko'rish