=[qiymat1, qiymat2, ]




Download 1.51 Mb.
Sana29.02.2024
Hajmi1.51 Mb.
#164554
Bog'liq
13 Ro\'yxat1
2 Ona plata bilan tanishish uning turini, imkoniyatlarini aniqlash, Beydjik shabloni 1-kurslar uchun, Microsoft-Cloud-Platforms-Office-365-Azure-for-Education-сжатый.en.uz (1), 1, 6 - Laboratoriya ishlari ATM, ЛАБ РУС 11 (6), Hayvonlar biogeotsenologiyasi

3.1.1. Ro’yxat, uning umumiy ko’rinishi va ular ustida amallar bajarish

Ro’yxat (list) – bu tartiblangan elementlar to’plami. Ro’yxatdagi elementlarni izlab topish ushun har bir element o’z tartib raqami yoki indeksiga ega bo’ladi. Ro’yxatlarni yaratish uchun kvadrat qavslar [ ] ishlatiladi, uning ichida ro’yxat elementlari vergul bilan ajratilgan holda yoziladi. Ro’yxatda elementlarning indeksi 0 dan boshlanadi, yani, birinchi element 0 indeksga, ikkinchi element 1 indeksga ega bo’ladi va hokazo. Masalan, a=[1,2,3,4,5] ro’yxatdagi elementlar quyidagi indeksga ega. 0- indeksga 1 soni to’g’ri keladi, xuddi shunday, 1-2, 2-3, 3-4, 4-5. Sonlar ro’yxatini aniqlaymiz:




Ro’yxatning ixtiyoriy elementiga uning indeksi bo’yicha murojat qilinadi. Ro’yxatning umumiy ko’rinishi quyidagicha.
A=[qiymat1, qiymat2,….]
bu yerda A ro’yxat nomi.
Ro’yxatda obyektlar faqat bir xil turga mansub bo’lishi shart emas. Bir vaqtning o’zida bitta ro’yxatda satrlar, raqamlar va boshqa turdagi ma’lumotlar obyektlarini qo’yishimiz mumkin. Masalan:




Python dasturlash tilida ro’yxat elementlari ustida quyidagi amallarni bajarish mumkin:

  • x in a – chin(true), agar x element a ro’yxatda bo’lsa, aks holda yolg’on(false);

  • x not in a – chin(true), agar x element a ro’yxatda bo’lmasa, aks holda yolg’on(false)

  • a + b – a va b ro’yxatlarni birlashtiradi;

  • a * n , n * a – ro’yxatni n marta nusxalaydi;

  • len(a) – a ro’yxatdagi elementlar sonini aniqlaydi;

  • min(a) – a ro’yxatdagi eng kichik elementni topadi;

  • max(a) – a ro’yxatdagi eng katta elementni topadi;

  • sum(a) – a ro’yxatdagi sonlar yig’indisini topadi;

  • sorted (a) - a ro’yxat elementlarini saralaydi;

  • del(a[i]) – a ro’yxatning a[i] elementini o’chiradi;

  • for i in list() – perebirayet element sleva napravo.

Bu amallarning bajarilishini aniq misollarda ko’rib chiqamiz.
Rasm emas dastur kodini uzini quyish kerak.

Kompyuterda amallarning bajarilish natijalari

Ro’yxat elementini o’zgartirish uchun unga yangi qiymat berish kifoya, masalan, berilgan ro’yxatdagi ikkinchi (Samarqand) so’zni boshqa (Jizzax) so’zga almashtirish jarayonini ko’rib chiqamiz.



Ro’yxat yaratish uchun list() konstruktor funksiyasidan ham foydalanish mumkin.
a.append(“Samarqand”): a ro’yxatning oxiriga ‘Samarqand’ elementini qo’shadi;
a.insert(i,x): a ro’yxatning i – o’rniga x elementini qo’shadi;
a.clear(): a ro’yxatdagi barcha elementlarni o’chiradi;
a.extend(b): ro’yxat oxiriga b elementlar to’plamini qo’shadi;
a.remove(i): a ro’yxatdagi i elementni o’chiradi;
a.pop([i]): a ro’yxatning i-o’rnidagi elementni o’chiradi;
copy(): ro’yxatdan nusxa ko’chiradi.
a.sort(): a ro’yxatdagi elementlarni o’sib borish tartibida saralaydi.
Bu usullarning bajarilishini aniq misollarda ko’rib chiqamiz.
a.append(‘Samarqand’): a ro’yxat oxiriga ‘Samarqand’ elementini qo’shadi; buning uchun python tilida quyidagi kodni keritamiz.
a=[1,2,3,4,5]
a.append('Samarqand')
print('a=',a)
Dastur natijasi:

a.reverse(): a ro’yxatdagi barcha elementlarni teskari tartibda saralaydi;
a=[1,2,3,4,5]
a.reverse()
print('a=',a)

a.insert(i,'Samarqand'): 'Samarqand') elementini i indeksi bo’yicha ro’yxatga qo’shadi.


a=[1,2,3,4,5]
a.insert(2,'Samarqand')
print('a=',a)

a.clear(): a ro’yxatdagi barcha elementlarni o’chiradi.


a=[1,2,3,4,5]
a.clear()
print('a=',a)

a.extend(b): ro’yxat oxiriga b elementlar to’plamini qo’shadi.


a=[1,2,3,4,5]
b=[6,7,8]
a.extend(b)
print('a=',a)



a.remove(i): a ro’yxatdagi i elementni o’chiradi.
a=[1,2,3,4,5]
a.remove(3)
print('a=',a)

a ro’yxatning i-o’rnidagi elementni o’chiradi
a=[1,2,3,4,5]
a.pop(3)
print('a=',a)

O’sib borish tartibida saralash uchun sort() usuli qo’llaniladi.
a=['Matematika','Fizika','Informatika','Tarix','Iqtisodiyot']
a.sort()
print('a=',a)



for i in list()
list1 = ['dars', 3, 7, 23, 9]
for i in list1:
print(i)

Download 1.51 Mb.




Download 1.51 Mb.