• Test va og‘zaki imtihondagi tafovut nimadan
  • Ushbu maqolani ham o‘qing: Gidrotsefaliya qanday kasallik
  • "axborot tizimlari va texnologiyalari"




    Download 2,34 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet15/17
    Sana13.02.2024
    Hajmi2,34 Mb.
    #155675
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
    Bog'liq
    PSIXOLOGUYA

    Tafakkur va xotira 
    Savol: Hamma kuchli xotira sohibi bo‘lishni orzu qiladi. Xotira va tafakkur orasida qanday 
    bog‘liqlik bor? Tafakkur kuchli bo‘lishi uchun xotira kuchli bo‘lishi shart deyishadi. Shu 
    to‘g‘rimi?
    JavobYo‘q! Noto‘g‘ri. Xotira tafakkur rivojlanishining dastlabki bosqichlarida asosiy 
    ahamiyatga ega. Xotira ham tafakkurga o‘xshagan murakkab jarayonlardan iborat. Uning turlari 
    ham ko‘p. Masalan, operativ yoki qisqa muddatli xotira (asosan, eslab qolish uchun mas’ul 
    bo‘lgan) yoshlarda kuchli bo‘lsa, semantik xotira (ma’no va tushunchalarga mas’ul xotira) katta 
    yoshdagilarda kuchli ifodalangan bo‘ladi. Ba’zilarda ko‘rish, ba’zilarda eshitish, ba’zilarda ta’m 
    bilish xotirasi kuchli bo‘ladi.
    Xotirasi kuchli odamning tafakkuri ham kuchli bo‘ladi, degan aqida har doim ham haqiqatga 
    to‘g‘ri kelavermaydi. Umumlashtirib oladigan bo‘lsak, talabaning xotirasi institutdagi domlaning 
    xotirasidan, maktab o‘quvchisining xotirasi esa talabaning xotirasidan kuchli. Biroq maktab 
    o‘quvchisidan talabaning tafakkuri, talabaning tafakkuridan institutda dars beradigan domlaning 
    tafakkuri yaxshi rivojlangan. Oddiy qilib aytganda, xotira elementlari – bu osh qilish uchun 
    to‘plangan masalliqlar (sabzi, go‘sht, guruch va h.k) bo‘lsa, tafakkur osh qilish jarayonining 
    o‘zini bildiradi. Oshga qanday masalliqlar kerakligini hamma biladi, biroq hamma ham osh 
    qilishni maromiga yetkaza olmaydi.
    Test va og‘zaki imtihondagi tafovut nimadan? 


    Savol: Talabalar test savollarini bir zumda yodlab yaxshi baholar olishadi, biroq og‘zaki savol-
    javoblarda qiynalishadi. Bu nima bilan bog‘liq?
    Ushbu maqolani ham o‘qing: Gidrotsefaliya qanday kasallik?
    Javob: To‘g‘ri! Aksariyat talabalar 1000 ta testni bir kunda yodlab olishadi va ertasi kuni 
    kompyuter orqali qabul qilingan imtixondan muvaffaqiyatli o‘tishadi. Chunki bu yerda qisqa 
    muddatli xotira ishga tushadi. Qisqa muddatli xotiraning vazifasi axborotni qisqa muddat 
    saqlashdan iborat. Vazifa bajarilganidan keyin miyada xotira izlari o‘chirilsin, degan komanda 
    izga tushadi. Agar 5 baxo olgan talabadan uni ogohlantirmasdan 3 kundan keyin xuddi shu 
    savollarni kompyuterga qo‘yib yana imtixon olsangiz, u imtixondan o‘ta olmaydi. Shu bois ham 
    unga qisqa muddatli xotira deyishadi. 
    Ma’lumki, imtixonlar og‘zaki usul bilan ham qabul qilinadi. Og‘zaki imtixondan o‘tish uchun 
    talabaga semantik xotira zarur. Semantik xotira – bu deyarli tafakkur degani. Semantik xotira 
    shakllanishi uchun barcha xotira mexanizmlari (ayniqsa, uzoq muddatli xotira) izga tushadi. 
    Shuning uchun og‘zaki imtixon bilan kompyuterda test orqali topshirilgan imtixon baholari 
    orasida katta tafovut bo‘ladi. O‘qituvchilar orasida pedagogik kengashlarda bo‘ladigan 
    tortishuvlar ham mana shundan kelib chiqadi. Tez fursatda yodlab olinadigan 1000 ta testdan, 
    semantik xotirani ishga soluvchi 100 ta test afzal! Bu haqda institutda dars beradigan pedagoglar 
    o‘ylab ko‘rishsa yaxshi bo‘lardi.

    Download 2,34 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




    Download 2,34 Mb.
    Pdf ko'rish