• Aqlning pishiqligi
  •  Tafakkurning individual xususiyatlari va rivojlanishi




    Download 2,34 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet11/17
    Sana13.02.2024
    Hajmi2,34 Mb.
    #155675
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
    Bog'liq
    PSIXOLOGUYA

    5. Tafakkurning individual xususiyatlari va rivojlanishi.
    Insonlar fikrlash faoliyatidagi individual tafovutlar tafakkurning sinchkovlik, tafakkur kengligi, 
    chuqurligi va mustaqilligi, fikrning eguluvchanligi, aqlning sertashabbusligi va tanqidiyligi, 
    mantiqiylik, isbotlanganlik va ijodkorlik kabi sifatlarida ifodalanishi mumkin.[2]
    Aqlning pishiqligi – u yoki bu hodisani ahamiyatga molik munosabatlarda har tomonlama 
    bilishga intilish; tafakkur kengligi – bu savolni yaxlitligicha, shu bilan birga zarur bo‘lgan 
    xususiyatlarni chetda qoldirmay qamrab olish qobiliyati. Tafakkur kengligi inson dunyoqarashi 
    va har bir hodisani boshqa hodisalar bilan turli aloqalarda ko‘rib chiqish qobiliyatida 
    ifodalanadi. Tafakkurning chuqurligi murakkab savollar mohiyatiga kirib borish, asosiy holatni 
    ikkinchi darajalilardan, zaruriyatni tasodifiydan ajratish malakasida ifodalanadi. Tafakkur 


    chuqurligigiga qarama-qarshi sifat bo‘lib hukm va xulosalarning yuzasi hisoblanadi, bunda odam 
    mayda-chuydalarga e’tibor qaratib, asosiysini ko‘rmaydi. Tafakkurning mustaqilligi insonning 
    yangi vazifalarni ilgari surishi va boshqalarning yordamidan foydalanmasdan ularning echimini 
    topish malakasi bilan xarakterlanadi. Fikrning egiluvchanligi masalalarni echishda avvaldan 
    qo‘llanilib kelayotgan usullarning ta’siridan holi bo‘lishda, sharoit o‘zgarganda harakatlarni 
    tezda o‘zgartirish malakasida ifodalanadi. Tafakkurning tezligi – insonning yangi vaziyatda 
    o‘zini yo‘qotib qo‘ymaslik, o‘ylab olgan holda to‘g‘ri qaror qabul qilish qobiliyati. Aqlning 
    sertashabbusligini insonning o‘ylamasdan masalaning bir tomonini ushlab olib, qaror qilishga 
    shoshishi, etarlicha o‘ylanmagan javoblar bildirishida ifodalanadigan shoshqaloqlikdan farqlash 
    lozim. Aqlning tanqidiyligi – bu inson o‘zining va boshqalarning fikrlarini ob’ektiv 
    baholashi,ilgari surilayotgan nizomlar va xulosalarni izchillik bilan har tomonlama tekshirib 
    chiqish malakasi. Tafakkurning mantiqiyligi – tadqiq etilayotgan ob’ektning barcha ahamiyatli 
    tomonlarini hisobga olgan holda mulohazalarning qat’iy izchilligiga rioya qilish 
    qobiliyati. Tafakkurning isbotlanganligi – zarur vaqtda hukm va xulosalarning to‘g‘riligini 
    tasdiqlovchi dalillar, qonuniyatlardan foydalanish qobiliyati. Aql ijodkorligi – ijodkorlik 
    tafakkuriga bo‘lgan qobiliyat. Tafakkurning salbiy sifati uning rigidligi – hodisa mohiyatiga 
    nisbatan xolis bo‘lmagan munosabat, hissiy taassurotning oshirib yuborilishi, bir xil qolipdagi 
    baholarga berilganlik hisoblanadi.[1]
    Inson aqliy rivojlanganligining ko‘rsatkichi sub’ektning tashqi cheklovlar 
    bilan bog‘lanmaganligidir.
    SHunday qilib, odamlardagi tafakkurning individual xususiyatlari eqorida ko‘rib chiqilgan aqliy 
    sifatlarda turli uyg‘unlikda ifodalanadi.
    Tafakkur shakllanishi va rivojlanishida bir nechta bosqichlarni ajratib ko‘rsatish mumkin. 
    Hozirda mavjud bo‘lgan tafakkur taraqqiyotining bosqichlarga bo‘linishiga nisbatan 
    yondoshuvlarning ko‘pchiligida inson tafakkuri rivojlanishining dastlabki 

    Download 2,34 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




    Download 2,34 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Tafakkurning individual xususiyatlari va rivojlanishi

    Download 2,34 Mb.
    Pdf ko'rish