Oraliq nazorat ishi bilet №22 Tafakkurning mantiqiy shakllari va qonunlari




Download 28.01 Kb.
Sana05.03.2024
Hajmi28.01 Kb.
#167005
Bog'liq
Oraliq nazorat ishi
№10, Oraliq nazorat ishi2

Oraliq nazorat ishi
BILET №22
1. Tafakkurning mantiqiy shakllari va qonunlari.
2. Falsafa tarixida estetik qarashlar evolutsiyasi.
Javoblar
1. Psixologiya fani mantiq fani bilan birgalikda tafakkurning mantiqiy shakllarini o‘rgandi. Tafakkurning mantiqiy shakllari -tushuncha, hukm va xulosa chiqarishlardir.
TUSHUNCHA shunday bir fikrki, bu fikrda voqelikdagi narsa va hodisalarning umumiy, muhim, farq qiladigan belgilari aks ettiriladi. Masalan, odam tushunchasi uning mehnat faoliyati, mehnat qurollarini ishlab chiqarish, nutq, inson ongi va shular kabi nihoyatda muhim belgilarni o‘zida mujassamlashtirgan. Mana shu belgilar bilan odam hayvonlardan farq qiladi.
Tushunchalarning mazmuni HUKMlarda aks ettiriladi. Hukm narsa va hodisalar o‘rtasidagi mavjud bog‘lanishlarning yoki shu narsa va hodisalarga xos bo‘lgan xususiyat va belgilari o‘rtasidagi bog‘lanishlarni o‘zida aks ettiruvchi tafakkur shakli.
Hukmlar ob`ektiv voqelikni qanday aks ettirishlariga qarab CHIN va YOLG‘ON bo‘lishi mumkin.
Chin - "Toshkent O‘ZBEKISTONning poytaxti".
Yolg‘on - "Hech qanday uchburchak o‘tkir burchakka ega bo‘la olmaydi".
Hukmlar UMUMIY, JU`ZIY va YAKKA bo‘ladilar. Umumiy hukmda aks ettirilgan xususiyat va bog‘lanishlar biror sinfdagi barcha narsalarga taalluqli bo‘ladi. "Barcha metallar elektr tokini o‘tkazadilar". Ju`ziy hukmlarda tasdiqlash yoki inkor qilish faqat ayrim narsalargagina taalluqli bo‘ladi. "Ba`zi o‘quvchilar a`lochilardir". YAkka hukmlarda tasdiqlash yoki inkor qilish faqat bitta narsaga tegishli bo‘ladi. "Salimov A. a`lochi o‘quvchi". Hukmlar ikkita yo‘l bilan hosil qilinadi:
1) bevosita usul bilan, bunda idrok qilayotgan narsalar ifodalanadi;
2) bavosita usul bilan, ya`ni xulosa chiqarish, mulohaza yuritish yo‘li bilan.
Bir yoki bir necha hukmlar asosida yangi hukm keltirib chiqarish - xulosa chiqarishdir. Masalan, "Barcha metallar elektr tokini o‘tkazadilar", "Mis metall". Ana shu ikkita asosdan yangi hukm - xulosa chiqariladi, "Mis elektr tokini o‘tkazadi".
Xulosa chiqarish ikki usul bilan amalga oshiriladi:
1) induktiv xulosa chiqarish va 2) deduktiv xulosa chiqarish.
Induktsiya - ju`ziy hodisalardan umumiy qoidalarga qarata xulosa chiqarish.
Deduktsiya - umumiy qoidalardan ju`ziy hodisaga, faktga, misolga qarata xulosa chiqarish.
TAFAKKUR JARAYONLARI
Tafakkur jarayoni (fikrlash) o‘ziga xos qonuniyatlarga, qoidalarga bo‘ysunadi. Tafakkur jarayonining mohiyatini tushunish uchun uning qanday kechishini o‘rganish lozim. Tafakkur avvalo analiz, sintez va umumlashtirishdir.
ANALIZ - ob`ektning muayan bir tomonlarini, elementlarini, xossalarini, munosabatlarini va boshqa shuning kabilarni ajratib olib, o‘rganilayotgan ob`ektni fikran bo‘laklarga, qismlarga, elementlarga bo‘lish demakdir. Biron narsani analiz qilish davomida bu narsaning g‘oyat muhim, kerakli va qiziqarli va shu kabi muayan xususiyatlari ajratib olinadi.
SINTEZ. Bir butun narsani analiz qilish natijasida ajratilgan komponentlarni birlashtirish sintezdir. Analiz va sintez jarayonlari hamma vaqt o‘zaro bog‘liqdir.
TAQQOSLASH - narsa va hodisalarni bir-biri bilan solishtirib ko‘rish va ular orasidagi o‘xshashliklar, tafovutlarni topish. Taqqoslash albatta analiz va sintezni taqoza qiladi. Narsa va hodisalarni oldin analiz keyin esa sintez kilmasdan turib ular orasidagi o‘xshashlik va tafovutlarni topib bo‘lmaydi.
Taqqoslash davomida narsalarni UMUMLASHTIRISH amalga oshiriladi. Umumlashtirish o‘xshash tarzidagi umumiylik va muhim belgi tarzidagi umumiylik sifatida amalga oshiriladi. Birinchi umumiylik bo‘yicha kit baliq hisoblanadi (yuzaki belgi), ikkinchi umumiylik asosida esa kit sut emizuvchilar sinfiga kiradi (muhim belgi asosida).
TAFAKKUR TURLARI
Psixologiyada tafakkur turlarining quyidagi sodda va birmuncha shartli klassifiatsiyasi tarqalgandir:
1) ko‘rgazmali-harakat; 2) ko‘rgazmali-obrazli; 3) mavhum (nazariy) tafakkur.
Yuqorida aytib o‘tilganidek formal mantiq fikrlar o‘rtasidagi aloqani tadqiq etadi. Bu aloqa va bog‘lanishlar biz ularni bilishimiz yoki bilmasligimizdan qat'iy nazar mavjud bo‘ladi. Chunki bizning tafakkurimiz borliqning in'ikosidir. Borliqdagi barcha narsa va hodisalar bir-biri bilan bevosita va bilvosita aloqada bo‘ladi. Mana shu aloqadorlik bizning tafakkurimizda in'ikos etadi. Formal mantiq qonunlari tafakkurga xos bo‘lib fikrning to‘g‘ri tuzilishini, uning aniq, izchil, ziddiyatsiz va yetarli asosga ega bo‘lishini ta'minlaydi. Formal mantiq qonunlari ob'ektiv xarakterga ega. Bu qonunlarga rioya qilish to‘g‘ri fikrlashni ta'minlaydi.
1.Ayniyat qonuni. Har qanday fikr mulohaza jarayonida aniq, qat'iy mazmunga ega bo‘lishi lozim. Bu tafakkurga xos xususiyatdir. Ayniyat qonuniga ko‘ra har qanday fikr mulohaza jarayonida o‘ziga aynan bo‘lishi lozim. (A-A dir yoki A q A). Ayniyat qonuniga asosan turli mazmunga ega fikrlar aynan bo‘lmaydi yoki aynan fikrlar aynansiz bo‘lmaydi. Bu qoidani buzish bir fikrni tilda turli xil ifodalashga olib keladi. Masalan, «Osmon ibodatxonasi Pekinda joylashgan» va “Osmon ibodatxonasi Xitoy poytaxtida joylashgan” mulohazalarida predikatlar mazmunan turli xil bo‘lsada, lekin aynan hisoblanadi. Boshqa jihatdan turli ma'noga ega bir so‘zni aynan deyish ham noto‘g‘ri. Masalan, “yuz tuzilishi” da “yuz” so‘zi qiyofa va soni anglatishi mumkin. Biroq ular ikkalasi aynan emas.
Turli mazmundagi tushunchalarni aynan deb qabul qilish shu tushunchalarni bilmasdan yoki ongli ravishda buzib amalga oshiriladi. Bu mantiqda tushunchalarni almashtirish deyiladi. Tildagi omonim va sinonimlar ham ba'zan turli fikrlarning o‘zaro aynanlashtirilishiga olib keladi. Shu bilan birga bir tushuncha turli sohalarda turlicha tushuniladi. O‘zaro munozara jarayonida raqibini aldash yoki chalg‘itish maqsadida ayniyat qonunini ataylab buzib, tushunchalarni almashtirish holatlari ham uchraydi. Bu ta'limot sofistika deb ataladi. Adabiyotdagi ma'lum bir janrlarda turli ma'nodagi bir xil so‘zlar ishlatiladi. Shu bilan birga adabiyotdagi o‘xshatish, bo‘rtirish, kichraytirish uslublarida ham ayniyat qonuni buziladi, lekin bu adabiy uslubning o‘ziga xos jihatidir. Ayniyat qonuni tafakkurning barcha element va shakllariga xos bo‘lgan umumiy mantiqiy qonundir.
2. Qadimgi Sharqdagi dastlabki estetik g‘oyalar (Somir, Bobilon, Misr). Inson tabiatan bo‘sh vaqtga intilib yashaydi. Chunki bo‘sh vaqt mobaynida u jisman va ruhan dam olishi, kundalik mehnat, qorin to‘ydirish tashvishidan forig‘ bo‘lish imkoniga ega. Bo‘sh vaqt insonda o‘yin hissi uyg‘onishining asosiy omilidir. San’atning vujudga kelishida o‘yinning ahamiyati katta ekanligi hammaga ma’lum. Demak, estetik anglash va estetik faoliyatning tadrijiy rivojida mehnat bilan birga bo‘sh vaqt ham asosiy omil hisoblanadi. Ichki osoyishtalikni, mehnat va bo‘sh vaqtga asoslangan muayyan tartibni jamiyatda qonun darajasiga ko‘tarish esa davlat paydo bo‘lganda ro‘y berishi mumkin. Davlat qanchalik o‘z vazifasini adolatli va mukammal bajarsa, bu jamiyat farovonligiga olib keladi. Farovon jamiyat esa o‘z a’zolarining bo‘sh vaqtini ta’minlay oladi va pirovard natijada estetik anglash va estetik faoliyat taraqqiyoti uchun yetarli imkoniyat yaratib beradi. Shunday qilib, davlatchilik tizimi paydo bo‘lishi bilan insonning badiiy-estetik taraqqiyotida yangi davr boshlandi. Ana shu davr ibtidosini biz Mesopotamiya-Qo‘sh daryo (Dajla va Frot daryolari) mintaqasida, xususan, Somir davlatida ko‘rishimiz mumkin.
Somir insoniyat tarixidagi hozirgacha bizga ma’lum bo‘lgan ilk qudratli davlat bo‘lgan. Shubhasizki, miloddan avvalgi IV ming yillikda bu davlatning qudrati uning madaniyatida, fuqarolarining badiiy estetik darajasida hamda badiiy-estetik faoliyatida namoyon bo‘lgan. Somirliklar birinchi bo‘lib yozuvni kashf etdilar va giltaxtachalarga qamish qalamlar bilan ilk rivoyat va ilk nasihatlarni yozib qoldirdilar. Shuni alohida ta’kidlash joizki, hech bir qadimgi madaniyatdan bizning davrimizgacha bu qadar ko‘p sonli yozma hujjatlar yetib kelgan emas. San’at namunalarining ko‘pligi jihatidan Somirni ancha orqada qoldiradigan Misr madaniyati ham yozma yodgorliklar borasida Somirga yon beradi. Chunki misrliklar yozib qoldirgan minglab papiruslar chirib, yonib yo‘qolib ketgan, somiliklarning giltaxtalardagi yozuvlari esa saqlanib qolgan hozir ham ularni qumlar ostidan topib, sharxlash davom etmoqda.
Bobilon so‘z san’atida «Enuma elish» («Osmonda qachonki...») dostoni, Agushayya, Gilgamesh, Adan, Etana, «Ishtarning qa’rga tushishi» haqidagi epik dostonlar, «Iztirobda qolgan haqgo‘y», «Xo‘jayinning qul bilan suhbati» singari diniy-falsafiy dostonlar muhim ahamiyatga ega. Ularning hammasidagi asosiy g‘oya – hayot va mamot o‘rtasidagi kurashdan iborat. «Xo‘jayinning qul bilan suhbati», «Tushkunlik haqidagi suhbat» deb atalgan dostonlar ular orasida kulgililik tabiatiga ega ekanligi bilan alohida ajralib turadi. Unda xo‘jayinning har bir buyrug‘i oqil ekanini maqollar va matallar bilan asoslashga intilgan qul oqil, quv xizmatkor obrazi tasvirlangan. Bu suhbat-aytishuv deyarli oxirigacha kulgililik bilan yo‘g‘rilgan. Faqat uning nihoyasidagina hayot joniga tekkan xo‘jayin «Endi nima yaxshi?» deb so‘raganida qul: «Bo‘ynimni mening sindirmoq va bo‘yningni sening sindirmoq va daryoga tashlamoq, ana bu yaxshi. Kim shuncha balandki, osmonga etsa, kim shuncha ulkanki, yerni to‘ldirsa!», — deydi. G‘azablangan xo‘jasi qulga o‘ldiraman, deb do‘q uradi. Doston-suhbatda so‘nggi so‘z qulga beriladi va u: «Unda mening xo‘jam mendan uch kun ortiq yashasin», deb o‘zini qutqaradi.
Nafaqat Gilgamesh kabi eposlarda, balki deyarli barcha Qadimgi Bobilon shoirlari ijodida insonning toabad shaxsiy o‘lmaslikka intilishi yuksak badiiy shakllarda o‘z ifodasini topgan, ularda hayot - go‘zallik, o‘lim - xunuklik tarzida qabul qilingan. Shunday qilib, Somir-Bobilon san’ati insoniyat tarixidagi dastlabki estetik g‘oyalarning paydo bo‘lishini ko‘rsatib turadi.
Estetik tafakkur taraqqiyotiga qadimgi Misr madaniyati juda katta hissa qo‘shgan. Barcha qadimgi xalqlar qatori misrliklar ham go‘zallikni hayotda deb bilganlar va uni foydalilik mezoni bilan o‘lchaganlar. Chunonchi, quyosh ma’budi Atonga (milodgacha XV asr) bag‘ishlangan alqovlardan birida shunday deyiladi;
Sening go‘zalliging o‘zi hayotdir,
Umr bag‘ishlaydi har bir yurakka.
Ma’lumki, Nil toshqini qadimgi Misr farovonligining asosi bo‘lgan. Farovonlik esa, ular fikricha, go‘zallikdir. Shuning uchun misrliklar Nilni ilohiy daryo sifatida talqin etadilar. Unga atalgan alqovlarning birida u barcha go‘zallliklarning «bunyodkori» deb ta’rif etiladi.
Yer yayraydi u yoyilgan chog‘ida,
Quvonadi bor jonzot.
Barcha tishlar ochilar,
Yaraqlaydi har bir tish.
To‘kin rizq-u non keltirib, u butun
Go‘zallikni yaratar.
Qadimgi Misr san’atining juda ko‘p turlari ana shu manfaatli go‘zallik asosida vujudga kelgan. Chunonchi, ma’budlar uchun qurilgan ibodatxonalar, ma’budlarning va o‘limidan keyin ma’budga aylangan fir’avnlarning haykallari ulardan shafqat, mo‘l hosil, rizq-u-ro‘z so‘rash maqsadida bunyod etilgan bo‘lsa, xalq amaliy san’ati buyumlari esa kundalik hayotni go‘zallashtirish uchun xizmat qilgan. Ayni paytda ba’zi san’at turlari manfaatsiz go‘zallikning namunasi sifatida diqqatni tortadi. Ayollarning go‘zal bezaklari, taqinchoqlari, diniy-badiiy qissalar, ertaklar shular jumlasidan.
Qadimgi SHarq xalqlarining estetik qarashlari («Avesto», Hindiston, Xitoy).
Sharq xalqlari taraqqiyoti tarixida qadimgi Eronzamin va Turonzamin aholisi yaratgan madaniyat katta o‘rin tutadi. Eronliklar va turonliklar o‘rtasidagi aloqalar ko‘pincha tinch-totuvlikka asoslangan emas. To‘maris, Shiroq haqidagi qadimgi voqelikka asoslangan afsonalar, keyinchalik Firdavsiy «Shohnoma»sidan o‘rin olgan buyuk turk xoqoni Alp Er To‘nga-Afrosiyobning Siyovush, Kaykovus, Kayxusrav bilan bo‘lgan munosabatlari buning dalilidir. Ayni paytda, bu qadimgi ikki mintaqa orasida madaniy, ma’rifiy aloqalar yo‘lga qo‘yilganligi shubhasizdir. Xususan, mashhur zardushtiylikning muqaddas kitobi «Avesto»ning taqdiri bunga misol bo‘la oladi. Bundan 3 ming yil avval qadimgi Xorazmda Spitoma urug‘idan dunyoga kelgan Zardusht dastlab o‘z o‘lkasida Axuramazda dinini targ‘ib etishda ko‘p qiyinchiliklarga duch kelgach, o‘zga yurtlarga bosh olib ketadi. Sakastana yurtida Kaviy Vishtaspa saroyida panoh va uzlat topadi. «Avesto» gotlarini Zardusht badiha yo‘li bilan omma orasida qo‘shiq qilib aytgan. Bu turkum she’rlar-«got»larda o‘sha hayotiy lavhalar o‘z aksini topgan. «Got» so‘zi aslida «goh» ya’ni «kuy», «qo‘shiq» degan ma’noni anglatadi. Bu so‘z mumtoz musiqa merosimizda «Dugoh», «Segoh», «Chorgoh» kabi atamalar tarkibida saqlanib qolgan.
Qadimgi «Avesto»dan bizgacha etib kelgan qismlar «Yasna», «Vedevdat», «Yasht», «Visparat» kitoblaridir. Zardusht ijod qilgan gotlardan 17 tasi «Yasna» kitobiga kirgan. Ayrim parchalar yashtlar ichida ham uchraydi. Aynan ana shu gotlar orasida qadimgi turonliklar va eronliklarda estetik tasavvurlarning qanday shakllanganligini ko‘rish mumkin.
Qadimgi hind eposi «Mahobxarat»da tasvirlanishicha, Yudhishtir tomonidan ruhlarga atab o‘tkazilgan qurbonlik bayramida turli mamlakatlardan, jumladan Turondan shaklar, tohar va qang‘ilar davlatining elchilari qatnashadilar. Bu elchilar keltirgan sovg‘a-salomlar ichida xalq amaliy san’ati taraqqiyotidan dalolat beruvchi, o‘z davri estetik didini aks ettiruvchi jundan, paxtadan, ipakdan to‘qilgan matolar, nafis kiyim-boshlar, temir uchli nayzalar, oyboltalar, kesgir bolta va teshalar bo‘lgani aytiladi.
Taxminan milodgacha bo‘lgan II ming yillik o‘rtalarida Shimoliy-g‘arbiy Hindistonga, hozirgi Panjob mintaqasiga g‘arbdan Hindukush dovonlari orqali o‘zlarini oriylar deb atagan jangovar qabilalar kirib kela boshladilar. Ular nafaqat harbiy iste’dodga, balki shoirlik qobiliyatiga, dunyoning qandayligi, uning qanday bo‘lishi kerakligi haqidagi o‘z qarashlariga ham ega edilar. Ularning alqovlari, sharqiyalari eng qadimgi hind yodgorligi «Rigveda»ga asos bo‘ldi. «Veda»-muqaddas bilim, «Rigveda»-alqovlar vedasi demakdir. «Rigveda» o‘sha davr kishisining o‘zi va atrof muhit: ma’budlar, iblislar, devlar, fazo, ijtimoiy turmush axloqiy va estetik qadriyatlar haqidagi bilimlarni o‘z ichiga oladi.
Eng keng yoyilgan nuqtai nazarga ko‘ra, Hindistonga bostirib kirgunlariga qadar oriylar O‘rta Osiyoning Amudaryo va Sirdaryo bo‘ylab Orol hamda Kaspiy dengizigacha bo‘lgan mintaqalarida yashaganlar. Zero «Rigveda» va «Avesto»ning tili bir-biriga nihoyatda yaqin. Yaqinlik ba’zan shu darajadaki, ikki matn bir qadimiy matnning ikki xil variantiga o‘xshaydi: faqat tovushlar mosligining qonun-qoidalarigina har xil. Buning ustiga «Rigveda» tili keyingi davrda sanskritda yozilgan she’rlar va mumtoz eposlar tilidan ko‘ra, «Avesto» tiliga yaqin. «Rigveda»dagi qator mifologik personajlarning «Avesto»da mavjudligini ham aytib o‘tish lozim; nomlar o‘xshashligidan tortib, syujetlar o‘xshashligigacha uchratish mumkin. Bundan tashqari, har ikki diniy tizimda sig‘inish obyekti umumiy; «Rigveda»da ham, «Avesto»da ham olovga sig‘inish e’tiqodiy asos sifatida namoyon bo‘ladi. Bunday o‘xshashliklar juda ko‘p.
«Rigveda»da so‘zning ahamiyati alohida o‘rin tutadi. Ma’budlarni e’zozlashda so‘z ibodat va qurbonlik kam hisoblangan emas. So‘z poklovchi, muqaddas omil hisoblangan, «Rigveda»da u ma’buda Voch («voc»–«so‘z», «nutq» degani) timsolida jonlantirilgan.
Sharqiya-alqovlarni shoir-kohinlar-rishilar yaratganlar. Rishilar san’ati bizning hozirgi baxshi-shoirlarimiz san’atiga o‘xshash vorisiylik tabiatiga ega bo‘lgan, otadan o‘g‘ilga o‘tgan. Oriylarning Hindiston ichkarisiga kirib boraverishi bilan tabaqaviy to‘siqlar yo‘qola borgan; rishilar uchun zot emas, iste’dod birinchi o‘ringa chiqqan.
«Rigveda»da oriylar jamiyatidagi shoir ilohiy karomatga dahldor, ma’budlar alqagan donishmand tarzida namoyon bo‘ladi. Shoir ma’buddan ana shu karomatli onlarni baxshida etishni so‘raydi. Donishmandlik, bu bir zum namoyon bo‘luvchi manzara. Unga erishishning usuli - ko‘rishdir. Shoir ichki nigoh, savqi tabiiy bilan, uning haqiqatning ilohiy manzarasini haqiqat nogoh yoritib yuboradigan nuri orqali ko‘radi. Bir manzara o‘rnini ikkinchisi egallaydi va bu manzara-karomatlar almashinuvi zaminida dhi deb nomlangan vedaga xos dunyoni bilish yotadi.
Dhi-«fikr, tasavvur, qarash, tushuncha; intuitsiya (fahm), bilish, aql, bilim, san’at, ibodat», shuningdek, «ko‘z o‘ngiga keltirish, fikrlash» ma’nolariga uyqash. Shoir dhira-«dhi» egasi, donishmand, iste’dod egasi» deb atalgan. Shoirlar ma’budlardan dhi ato etishlarini so‘raganlar. Dhi tufayli shoirlar ma’budlar odamlar orasidagi vositachiga aylanganlar. Zero shoir-«doimo ma’budlar olami bilan uchrashuv» timsolidir. Ma’budlar olami esa mutloq go‘zallik maskani Vedalardagi tasavvurga ko‘ra, shoirlar o‘zlari yangi manzaralar yaratmaydilar, balki oddiy bandalar ko‘rolmaydigan ma’budlar dunyosiga tegishli manzaralarni so‘zga aylantiradilar. Bunda ilhomning o‘rni muhim. Ilhomgina shoirga ilohiy so‘z ustidan hukmronlik qilish imkonini beradi. Shu bois shoirning muvaffaqiyati Voch bilan bog‘liq. Voch deydi: «Kimni suysam o‘shani-qudratli, o‘shani-brahman, o‘shani-rishi, o‘shani-donishmand qilaman. Zero shoir-baxshining «So‘z bilan ko‘rmoqchiman iloh Agni siyratini», deyishi bejiz emas.
«Rigveda»-she’riy matn. Uning she’riy o‘lchovi hijolarning muayyan soniga asoslangan. Ayni paytda uzun va qisqa hijolar farqlanadi. «Rigveda»da 1028 sharqiya-alqovlar mavjud. Uzoq zamonlardan buyon Hindistonda bu sharqiyalar musiqa jo‘rligida ijro etilishi odat tusiga kirgan. Chunonchi, «Samoveda» - butunasicha musiqaga solingan «Rigveda» sharqiyalaridan iborat.
Qadimgi Xitoy estetikasi deganda, biz odatda, miloddan avvalgi VII asrdan milodning V asrigacha bo‘lgan davrni nazarda tutamiz. Mana shu davrda Xitoyda, garchand estetik tafakkur mustaqil fan maqomiga ega bo‘lmasa-da, lekin asosiy falsafiy-estetik tushunchalar shakllangan edi. Biroq, dastlabki nafosatga doir tasavvurlar, g‘oyalar, tushunchalar bundan ancha avval «Shutszin»(«Tarixlar kitobi»-miloddan avvalgi XII asr), «SHitszin («Qo‘shiqlar kitobi»-miloddan avvalgi XI-YI asrlar), «Itszi» («O‘zgarishlar kitobi»- miloddan avvalgi YIII-YII asrlar) deb nomlangan yodgorliklarida uchraydi.
Download 28.01 Kb.




Download 28.01 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oraliq nazorat ishi bilet №22 Tafakkurning mantiqiy shakllari va qonunlari

Download 28.01 Kb.